• Mashg‘ulot maqsdi
  • Laboratoriya ishi 7 Gen muhandisligi bosqichlari Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar




    Download 26,68 Kb.
    bet1/2
    Sana22.05.2024
    Hajmi26,68 Kb.
    #249507
      1   2
    Bog'liq
    7-laboratoriya gen muhandisligi


    Laboratoriya ishi 7
    Gen muhandisligi bosqichlari

    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Laminar boks, termostat, avtoklav, bakterisid lampa, yorug‘likni ta’minlovchi lyuminsensiya lampalar, stellajlar bilan jihozlangan o‘simlik o‘stirish (kultura) xonasi, issiqlikni ta’minlovchi isitish moslamalari, elektron mikroskop, pH-metr, sentrafuga, elektroforez qurilma, ozuqa muhitlar, turli o‘lchamdagi probirkalar, kolbalar, pinset, qaychi, mikro igna, tayyor va vaqtinchalik preparatlar, kimyoviy moddalar va boshqalar.




    Mashg‘ulot maqsdi:Jinsiy gibridizatsiya va tanlashga asoslangan an’anaviy seleksiya usullari o‘simliklarning yangi genotiplarini olish imkoniyatini beradi. Ular yirik hajmdagi qishloq xo‘jalik ekinlarining gibrid va navlari, shuningdek, seleksiyaning nodir nusxalarini olishni ta’minlaydi.
    Rossiyaning mashhur seleksionerlari (P.P.Luk’yanenko, V.S.Pustavoyt, V.S.Remeslo, P.V.Garkaviy, Kirichenko, Kalinenko va boshqalar), hamda respublikamizning yirik seleksioner olimlari (R.R.Shreder, Ya.L.Navroskiy, G.S.Zaysev, S.S.Kanash, A.I. Avtonomov, A.Dadaboyev, N.N.Nazirov, S.Miraxmedov, A.P. Ibragimov, Sh.Ibragimov, Rizmat ota Musaxmuhammedov, O.Jalilov va boshqalar) seleksiya rivojiga munosib hissa qo‘shganlar. Yangi navlarni olishda an’anaviy (klassik), seleksiya usullari bundan keyin ham asosiy usullardan bo‘lib xizmat qiladi. Gen muhandisligi manipulyatsiyalari qishloq xo‘jalik ekinlarining patogenlarga chidamli yangi nav, shakl, liniya va gibridlarini olish va yangi navlarni joriy etish muddatlarini qisqartirish kabi qator muhim muammolarni yechish imkoniyatini beradi.
    Rekombinant DNK lar texnologiyasi prokariot, shuningdek eukariot kelib chiqishga ega genlarni ajratish, bu gen (yoki bir necha genlar) resipiyent o‘simlik xromosomasiga ko‘chirib o‘tkazish va uning ekspressiyasini ta’minlashga sharoit yaratadi. Bu texnologiyani qo‘llash izlanishni birmuncha aniq maqsadli qiladi va genetik apparat bilan manipulyasiya qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
    O‘simliklarning bitta hujayrasidan yaxlit o‘simlik olish mumkinligi, ya’ni totipotentlik xususiyati hayvonlar hujayralariga nisbatan ularning eng muhim afzalligi hisoblanadi. O‘simliklar gen muhandisligidagi natijalar o‘simlik to‘qimalari kulturasi usullari, ayniqsa, turli xil o‘simliklarni regenerasiya qilish uslublarini ishlab chiqishga bog‘liq bo‘ladi.
    Gen muhandisligi texnologiyasi transgen o‘simlik olishning quyidagi bosqichlarini o‘z ichiga oladi:
    1) genni tanlash va uni klonlash;
    2) resipiyent - o‘simlik genotipini tanlash;
    3) genni kiritish va uning resipiyent – o‘simlik genomiga ekspressiyasi;
    4) transformant hujayralar regenerasiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash.
    Genni tanlash va uni klonlash. Genni tanlash,o‘simlikka ho‘jalik ahamiyati qimmatli ma’lum bir belgini o‘tkazish zaruriyatidan kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda, asosan,o‘simliklar transformasiyasi uchun monogen belgilar, ya’ni, pestisidlarga chidamlilik,yoki boshqa xil stress omillarga chidamlilikni belgilovchi genlar keng qo‘llaniladi. Bu belgilarga javobgar genlarning ko‘pchiligi bakteriya genomlaridan ajratib olingan. Keyingi vaqtlarda chidamlilik belgilariga javobgar donor sifatida yovvoyi o‘simlik turlari genomlari tanlanmoqda. Turli xil tur, avlod va hatto oilalarga mansub o‘simliklarning biologik jihatdan bir-biriga mos kelmasligi sababli bunday genlarni resipiyent o‘simliklar genomiga jinsiy gibridizasiya usuli orqali kiritish mumkin emas. Hal etilishi yanada murakkab muammo bir guruh sifat belgilari: urug‘ sifati, qurg‘oqchilik, yuqori va past haroratga chidamlilik belgilarini ajratib olish hisoblanadi.
    Resipiyent o‘simlik genotipini tanlash. Resipiyent sifatida ishlab chiqarish amaliyoti talablariga hosildorligi, urug‘ - mevasi sifati, biotik va abiotik stresslarga chidamliligi bilan javob bera oladigan, lekin faqat birgina salbiy belgi, masalan, zararkunanda hasharotga chidamsiz nav yoki liniyalar tanlab olinadi. Bunday o‘simliklar genomiga hasharotlarni nobud qiluvchi prototoksin oqsili ekspressiyasini ta’minlovchi v bt2 bakteriya genini kiritish tanlab olingan navda hosildorlikni sezilarli oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, resipiyent o‘simlik genotipini tanlashda hujayralarning yaxlit (fertil) yetuk o‘simlikka qadar regenerasiya qilish xususiyati ham inobatga olinadi, chunki bu belgi genotipga ham bir qadar bog‘liqdir.

    Download 26,68 Kb.
      1   2




    Download 26,68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi 7 Gen muhandisligi bosqichlari Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar

    Download 26,68 Kb.