|
Genni kiritish va uning resipiyent o‘simlik genomidagi ekspressiyasi
|
bet | 2/2 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 26,68 Kb. | | #249507 |
Bog'liq 7-laboratoriya gen muhandisligiGenni kiritish va uning resipiyent o‘simlik genomidagi ekspressiyasi.O‘simliklar genomiga begona genlarni ko‘chirib o‘tkazish muammosi begona genlarni ikki pallali va ba’zi bir pallali o‘simliklar genomiga ko‘chirib o‘tkazish imkonini beruvchi tuproq agrobakteriyalari Agrobacterium tumefaciens tarkibidagi Ti – plazmidlarining aniqlanishi bilan birmuncha yengillashdi. So‘nggi vaqtlarda o‘simlik hujayralari transformasiyasida bioballistik transformasiya usuli, ayniqsa, bir pallali o‘simliklar uchun keng qo‘llanilmoqda. Begona genni resipiyent o‘simlik genomiga ekspressiyasini amalga oshirish va avlodlarda belgining nasldan – naslga turg‘un o‘tishini ta’minlash muhim masala hisoblanadi. Kiritilgan genni ekspressiya bo‘lishi bir qator sabablar: genni o‘simlik genomiga integrasiya bo‘lgan joyi, promotor qismining metillanish izchilligi, kiritilgan genning xususiyatlari va h.k. larga bog‘liq.
Transformant hujayralar regeneratsiyasi va transgen o‘simliklarni tanlash. Transformant hujayralardan yetuk o‘simlikni regenerasiya bo‘lishi hujayralar totipotentligiga bog‘liq, ammo bu har doim ham amalga oshavermaydi. Totipotentlik belgisi ikki pallali o‘simliklar: tamaki, kartoshka, lavlagi, soya, raps, beda, pomidor, sabzi, karam va ba’zi mevali daraxtlarda yaqqol ifodalangan. Bir pallalilar, ayniqsa, boshoqdoshlarda bu belgi kuchsiz ifodalangan bo‘lib, ularda hujayradan yetuk o‘simlikni regenerasiyasi jarayoni juda qiyinchiliklar bilan kechadi. Hozirgi vaqtda g‘alla ekinlariga mansub ba’zi o‘simliklar makkajo‘xori, sholi, bug‘doy, suli kabilarni regeneratsiya qilish usullari ishlab chiqilgan.
Shuni qayd etish lozimki, ko‘plab o‘simliklarni regenerasiya qilish bo‘yicha yildan yilga bir qator takomillashtirilgan usullar ishlab chiqilmoqda va rivojlantirilmoqda.
|
| |