|
Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish
|
bet | 9/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)5-MASHG’ULOT (4-SOAT)
QOG’OZ XROMOTOGRAFIYASI USULI BILAN AMINOKISLOTALARNI AJRATISH
Gidrolizat tarkibidagi aminokislotalar aralashmasini ajratish va ayrim aminokislotalarning sifat va miqdorini aniqlashda qog'ozda o'tkaziladigan: taqsimlovchi xromatografiya usuli keng qo'llaniladi. Bu usul M. S. Svetning 1903 yilda taklif qilgan xromatografiya analizining o'zgartirilgan ko'rinishidir.
Aminokislotalarni ajratish ularni ikkita aralashmaydigan eritmada (biri suv, ikkinchisi suv bilan to'yintirilgan organik eritma) erish xususiyatini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda xromatografiya usulining quyidagi xillari mavjud: adsorbsion usul aminokislotalarning turli adsorbentlarda adsorbsiyalanishiga bog'liq: ion almashtiruvchi xromatografiya usuli aminokislotalarning zaryadiga qarab kationit yoki anionitlardan foydalaniladi. Affin xromatografiya — xususiy bog'lanish holatiga ega bo'lgan fermentlar, immunoglobulinlar, reseptor va gormonlardan foydalanib tegishli birikmalar ajratiladi.
Aminokislotalar aralashmasini qog'oz xromatografiya usuli bilan ajratish.
Ushbu usul maxsus tayyorlangan xromatografiya — filtr qog'ozida o'tkaziladi. Namlangan kameraga joylashtirilgan xromatografiya qog'ozi 20 — 22 % suvni ushlab qolish xususiyatiga ega. Demak, suv harakatlanmaydigan faza, chunki u qog'ozga shimilgan, harakatlanuvchi faza sifatida organik erituvchilardan foydalaniladi. Ularga suv bilan to'yintirilgan izopropil, izobutil, butil spirtlari, fenol va boshqalar kiradi. Xromatografiya qog'oziga bir tomchi aminokislota aralashmasidan tomiziladi, qog'ozning ikkinchi uchi tegishli organik erituvchiga tushiriladi. Erituvchi qog'oz bo'lakchasi bo'ylab shimila boshlaydi va erigan aminokislotani o'zi bilan birga yo'naltiradi. Aminokislotalarning qog'oz bo'lakchasidagi harakatlanish tezligi uning eruvchanligiga bog'liq. Aminokislota suvda qancha yaxshi erisa, organik erituvchida shuncha yomon eriydi va organik erituvchiga nisbatan harakatlanish tezligi sust bo'ladi. Shu yo'l bilan aminokislotalar turli masofada taqsimlanadi.
Aminokislotalarni xromatografiya qog'ozida harakatlanishiga qarab; yuqoriga, pastga va doira bo'ylab harakatlanuvchi xromatografiya turlari tafovut qilinadi.
Aminokislotalarning xromatografiya qog'ozida taqsimlanish masofalari α-aminokislotalar uchun o'tkaziladigan ningidrin reaksiyasi yordamida aniqlanadi. Aralashmadagi muayyan aminokislotani aniqlash uchun xromatografiya qog'oziga guvoh aminokislotalar tomiziladi va shu aminokislotalarning masofasiga ko'ra tegishli aminokislota aniqlanadi. Shuningdek, tegishli aminokislota taqsimlanish koeffisiyentiga ko'ra aniqlanishi mumkin.
1-rasm.
Pastga (a) va yuqoriga (b) yo'naltirilgan xromatografiya kameralari.
a) 1-kamera; 2-qog'oz; 3-kameraning qopqog'i; 4-kemacha uchun moslama; 5-kemacha; 6-eritma solingan idish. b) 1 -qog'oz; 2-kamera.
2-rasm. Aylana xromatogramma uchun kamera.
Bunda a—aminokislotalarning tomizilgan joydan o'tgan masofasi,
b - eritmaning o'tgan masofasi. Masofalar mm da o'lchanadi.
Koeffitsiyent Rf har qanday aminokislota uchun tajriba o'tkazilayotgan sharoitda xususiy kattalikdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish
|