|
Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish
|
bet | 17/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)Kerakli asboblar va reaktivlar: suv hammomi, termostat, gaz-suyuqlik xromatografiyasi АТ 6890 («Agilent Technologies»), invertaza ferment preparati, saharoza eritmasi, etil spirti, izoamilol. Mazkur ishda ob’ekt sifatida transferaz faollikka ega bo’lgan invertaza fermenti tanlab olinishi mumkin.
Invertazani transferaz foalligini aniqlash quyidagi tartib asosida olib boriladi. 10%li saxaroza va 25-40%li etil spirit eritmalaridan iborat eritma ikki portsiyaga ajratiladi. Birinchisiga 1-2 ml fermentning buferdagi eritmasi va ikkinchisiga shuncha miqdordagi suv hammomida inaktivatsiyalangan ferment eritmasi qoshiladi bu solishtirma yoki control vazifasini o’taydi. Ikkala eritmaga oz miqdorda izoamilol yoki izobutanol spirtlariqo’shiladi. Faollikni aniqlash hona sharoitida pH 5.0 da olib boriladi. Fermentning transferaz faolligi muhitdagi sivush spirtlarini miqdorini kamayishi bilan aniqlanadi. Muhitdagi sivush spirtlari miqdori gaz-suyuqlik xromatografiya usulida olib boriladi.
Fermentni transferaz faolligi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi.
S1 – S2
А= –––––––– * 1000
t
bunda
S1 – o’rganilayotgan namunadagi izoamil yoki izobutil spirti miqdori (mM);
S2- Solishtirmadagi izoamil yoki izobutil spirti miqdori (mM);;
t – inkubatsiyalash vaqti, min;
1000- millimolni mikromolga aylantirganda kelib chiquvchi son.
Transferaz faollikni birligi sifatida 1 mkM sivush spirtini 1 minutda optimal sharoitda alkilfruktozidga konversiyalash uchun zarur bo’lgan ferment miqdori qabul qilindi. Invertazaning optimal sharoiti 25C da pH 6 ga ega 0.05M atsetat buferi, 1 ml eritmadagi 10 mM saharoza va 30 mM izoamil spiritidir.
11-mashg’ulot
SO'LAKDAGI AMILAZA FERMENTINING AKTIVLIGIGA pH NING TA'SIRI
Kerakli asboblar va reaktivlar: 10 marta suyultirilgan so’lak amilazasi, kraxmalning 1% li eritmasi, kaliy jod, 0.07 mol/l fosfat buferining turli pH dagi eritmasi (pH diapozoni 5.4-8.0), distillangan suv. Probirkalar, stativlar, pipetkalar va shisha oynachalar.
Ma’lumki barcha fermentlar yuqori samarada fermentative reaksiyani olib borishi uchun optimal pH muhiti talab qilinadi. Mazkur mashg’ulotda kraxmalni monosaxaridlargacha parchalash hususiyatiga ega amilaza fermenti ob’ekt sifatida olingan.
Amilazaga ta’sir qiladigan optimal muhitni amilazani karxmalga ta’siri natijasida o’rganish mumkin. Optimal muhitda amilaza kraxmalni to’liq parchalaydi. pH optimalmuhitdan siljigan vaqtda esa substratning parchalanishi susayadi. Kraxmalga yod eritmasini tomizganda u ko’k rangga kiradi. Kraxmal parchalanganda esa rang hosil bo’lmaydi.
1. Ishni boshlashdan oldin 1 ml so’lakka 9 ml distillangan suv qo’shilib 10 marta suyultiriladi. So’ng probirkaga 1 ml 1% li kraxmal eritmasidan va 1:10 nisbatda suyultirilgan amilazadan 0.5 ml olib aralashtiriladi va 36-40C da 10 daqiqa ushlanadi. Vaqti-vaqti bilan eritmadan bir necha tomchi olib yod eritmasidan tomiziladi. Kraxmal parchalanganini sariq rang hosil bo’lganligidan bilish mumkin. Agar ferment normal ishlab tursa 10 daqiqa ichida kraxmal to’liq parchalanadi.
2. Amilazani optimal muhitini topish uchun qator probirkalarga trli pH ko’rsatkichiga ega fosfat buferlari quyib chiqiladi. Uni quyidagicha tasvirlash mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Biokimyodan laboratoriya mashg’ulotlari 1-mashg’ulot laboratoriya mashg’ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish
|