• Qatiy taqiqlanadi
  • Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash uchun texnika xavfsizligi yo`riqnomasi
  • Zaxarli va o`yuvchi kimyoviy moddalar bilan ishlash vaqtida
  • Elektroasboblar bilan ishlash uchun texnika xavfsizlagi yo`riqnomasi
  • 1 – laboratoriya mashg`uloti Laboratoriya mashg`ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish. Kafedra laboratoriyalarida ishlash xavfsizlik qoidalari




    Download 14,34 Kb.
    Sana27.01.2024
    Hajmi14,34 Kb.
    #146921
    Bog'liq
    laboratoriya xavfsizligi


    1 – laboratoriya mashg`uloti
    Laboratoriya mashg`ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish.
    Kafedra laboratoriyalarida ishlash xavfsizlik qoidalari
    Kafedrada olib boriladigan ishlar elektr toki, gaz, zaxarli reaktivlar, portlash xavfi bo`lgan uskunalar, shisha idishlar, asboblar bilan amalga oshirilganligi sababli maxsus qonun-qoidalarga rioya qilish talab etiladi. Ushbu qonun – qoidalarga rioya qilish nafaqat shaxsiy xavfsizlikni, balki atrofdagi insonlarni xavfsizligi uchun ham zarur.
    Qat'iy ta'qiqlanadi:
    1. O`quv laboratoriyalarda xalatsiz ishlash.
    2. O`quv laboratoriyalarida chekish va ovqat iste'mol qilish.
    3. Stol ustiga portfel va sumkalarni qo`yish.
    Laboratoriya xonalari yoriq bo`lib, poli linolium bilan qoplangan bo`lishi kerak. Laboratoriya stollariga o`tkazilgan elektr ma'nbasi va gaz o`tkazgichlari linolium yoki plastik materiallar bilan qoplangan bo`lishi kerak.
    Kimyoviy reaktivlar bilan ishlash uchun texnika xavfsizligi yo`riqnomasi
    Xavfsiz holda ishlash va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida quyidagi texnika havfsizligi qoidalariga rioya qilish darkor.
    1. Zaxarli moddalar bug`i va gaz bilan ishlash faqat mo`rili shkaflarda olib boriladi.
    2. Gaz va elektr ma'nbalarini sozligini doimiy ravishda kuzatib borish lozim.
    3. Yonib turgan gaz ma'nbalarini qoldirib ketish man etiladi. Faqat laboratoriya mashg`ulotlari vaqtidagina yoqish mumkin.
    4. Ish joyi toza va ozoda bo`lishi kerak.
    Zaxarli va o`yuvchi kimyoviy moddalar bilan ishlash vaqtida:
    1. Kislota, asoslar va formalinni quyish paytida voronkadan foydalanish, ko`zoynak taqish va rezina qo`lqop kiyish zarur.
    2. Zaxarli moddalarni shkaflarda va qutilarda saqlash mumkin emas.
    3. Zaxarli moddalarni butun idishlarda, ustiga nomlari yozilgan holda saqlash zarur.
    4. Zaxarli gazlarni hidlashdan ehtiyot bo`lish zarur.
    5. Kislotali eritma tayyorlashda kislota suvga quyilish kerak. Aksincha qilish man etiladi.
    6. Kislota, asoslar va boshqa moddalar bilan kuygan taqdirda zudlik bilan sovuq suvda uzoq muddat yuvib, so`ngra tibbiy bo’limga murojat qilish kerak.
    7. Kimyoviy kuyish vaqtida kaliy permanganatning 2% eritmasi bilan yuvib tashlash lozim bo`ladi. So`ngra ushbu eritmadan jaroxatlangan yuzaga marli yordamida kompres qilish lozim bo`ladi.
    8. Kislota bilan kuyish paytida natriy gidrokorbanatning 1% li eritmasi bilan, asoslar bilan kuyganda 1% li sirka kislotasi bilan yuvish kerak. Kislota yoki asos ko`zga tushgan taqdirda 2% li borat kislota eritmasi bilan yuvish darkor.
    Elektroasboblar bilan ishlash uchun texnika xavfsizlagi yo`riqnomasi
    1. Asbob – uskunalar bilan ishlashga faqatgina asbobning pasportini o`rganib chiqqan, elektroasboblarning ekspluatasion qoidalarini, qamda kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini biladigan shaxslarga ruxsat beriladi.
    2. Indikasiya "ko`zchasi" yonmayotgan asbob bilan ishlash man etiladi.
    3. Elektroasboblarni ustiga ventilyasiyaga to`sqinlik qiladigan predmetlarni qo`yish, asboblarning ichiga tushib ketishi natijasida qisqa tutashuv vujudga keltiruvchi metal buyumlarni qo`yish ta'qiqlanadi.
    4. Asboblar ishlash paytida yerga ulangan himoyalovchi sim bilan ta'minlangan bo`lishi kerak. Yerga ulangan himoyalovchi sim ("Zazemlenie") ning sifatini ham vaqti-vaqti bilan tekshirib turish kerak.
    5. Elektroma'nbaga ulanib turgan asbobda ta'mirlash ishlarini olib borish ta'qiqlanadi.
    6. Izolyatsiyasi buzilgan elektroasboblarni ishlatish ta'qiqlanadi.
    7. Tok o`tadigan qismlarga ho`llangan qo`lni tekkizish mumkin emas.
    Download 14,34 Kb.




    Download 14,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 – laboratoriya mashg`uloti Laboratoriya mashg`ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish. Kafedra laboratoriyalarida ishlash xavfsizlik qoidalari

    Download 14,34 Kb.