|
MONOSAXARIDLARGA XOS SIFAT REAKSIYALARI
|
bet | 19/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)MONOSAXARIDLARGA XOS SIFAT REAKSIYALARI
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, suv hammomi (80°C li), pipetkalar, α-naftolning spirtdagi 10% li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, Selivanov reaktivi, fruktozaning 1 % li eritmasi, ribozaning 1 % li eritmasi, Orsin reaktivi, difenilamin eritmasi, dezoksiriboza yoki DNKning 1% li eritmasi.
1-tajriba. Uglevodlarni α-naftol yordamida aniqlash. Bu reaksiya hamma uglevodlar uchun xosdir. Uglevodlar konsentrlangan sulfat kislota ta'sirida furfurol yoki uning hosilalariga aylanadi. Hosil bo'lgan mahsulot 2 mol α-naftol bilan kondensasiyalanib rangli kompleks hosil qiladi.
Ishning bajarilishi. Tekshirilayotgan eritmadan 2 ml yoki tarkibi uglevodli qattiq moddadan 0,1 g olib, 1 ml suvda eritiladi, ustiga α - naftolning 10% spirtli eritmasidan 2 tomchi tomiziladi va probirka devoridan ohistalik bilan 1 ml konsentrlangan H2SO4 quyiladi. Sulfat kislotaning zichligi katta bo'lgani uchun probirka tagiga cho'kib, suyuqlik ikki qavatga bo'linadi. Xuddi shu ikki kavat chegarasida binafsha rang (xalqa) hosil bo'ladi.
2-tajriba. Fruktozani rezorsin yordamida aniqlash. Fruktozaga xlorid kislota qo'shib qizdirilganda oksimetilfurfurol hosil bo'ladi, bu mahsulot rezorsin bilan pushti-qizg'ish rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya ketogeksozalarni aldogeksozalardan farqlashga imkon beradi.
Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib, ularga rezorsinning 20% li xlorid kislotadagi 0,05% li eritmasidan 3 ml dan quyiladi, ularning biriga 0,5 ml fruktoza, ikkinchisiga 0,5 ml glyukoza eritmasidan quyiladi. Har ikkala probirka 80° li suv hammomiga 8 minut solib qo'yiladi. Bu vaqtda fruktozali probirkadagi suyuqlik qizil rangga kiradi.
3-tajriba. Pentozalarni Orsin reaktivi yordamida aniqlash. Pentozalar kislotali muhitda temir (III)-xlorid ishtirokida Orsin reaktivi bilan yashil rangli kompleks hosil qiladi. Bu reaksiya pentozalarning kislota ta'sirida furfurolga aylanishini tasdiqlaydi.
Ishning bajarilishi. Probirkaga 1 ml riboza yoki tekshiriluvchi eritma quyilib, unga teng hajmda Orsin reaktividan qo'shiladi. Aralashma qaynayotgan suv xammomida 20 minut qizdiriladi. Agar tekshirilayotgan suyuqlikda pentoza yoki uning hosilasi bo'lsa, probirkadagi eritma yashil rangga kiradi.
4-tajriba. Dezoksiribozani difenilamin yordamida aniqlash. 2-dezoksipentozaga aromatik amin (difenilamin) qo'shib asta-sekin qizdirilsa, ko'k rangli kompleks birikma hosil bo'ladi. Bu reaksiya yordamida DNK molekulasidagi dezoksiribozani ham aniqlash mumkin.
Ishning bajarilishi. 1 ml dezoksiriboza yoki DNK eritmasiga 2 ml difenilamin eritmasi qo'shiladi, so'ngra 10 minut qaynatiladi. Bu vaqtda reaksion aralashma barqaror ko'k rangga kiradi.
|
| |