• Ishning borishi.
  • 2-jadval. Murasige-Skuga boʻyicha boshlangʻich eritmalar tayyorlash
  • Laboratoriya ishi Organ, to‘qima va hujayralarni in vitro o‘stirish texnikasi




    Download 17,94 Kb.
    Sana22.05.2024
    Hajmi17,94 Kb.
    #249508
    Bog'liq
    8-laboratoriya in vitro


    Laboratoriya ishi 8.
    Organ, to‘qima va hujayralarni in vitro o‘stirish texnikasi


    Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: 1 litrli kimyoviy stakanlar 4 ta , boshlang‘ich eritmalarni saqlash uchun og‘zi yopiladigan shisha idishlar, penitsillin idishlari 10 dona, 1-100 ml pipetkalar, texnik va analitik tarozilar, elektroisitgich, turli xil kimyoviy moddalar.
    Oʻsimlikdan ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitida oʻsimliklarga kerakli hamma makroelementlar: azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, oltingugur, magniy, temir va mikroelementla: bor, rux, mis, kobalt, marganes, yod, molibden, shuningdek vitaminlar, uglevodlar, fitogarmonlar EDTA (etilen–diamin-tetrasirka kislotasi ) yoki uning natriyli tuzi kiritilishi kerak. Ajratilgan hujayra va toʻqimalar oʻstiriladigan ozuqa muhitining asosiy tarkibiy qismini uglevodlar tashkil qiladi, uglevod manbai sifatida saxaroza yoki glyukozaning 20-40 g/l miqdori qoʻllaniladi. Kallusli toʻqimalar olishda ozuqa muhitlari tarkibiga auksin (hujayra dedifferensirovkasini yuzaga keltiruvchilar) va sitokinin (dedifferensiyalangan hujayralarning boʻlinishini induksiyalovchi) kiritilishi kerak. Auksin manbai sifatida ozuqa muhitlarda 2,4 dixlorfinoksisirka kislotasi (2,4 –D) 1-10 mg /ml; indolilsirka kislotasi (ISK ) 1-30 mg/l, naftilsirka kislotasi (NSK) 0,1-2 mg/ l kabilar ishlatiladi. Sun’iy ozuqa muhitlarida sitokinin manbai sifatida kinetin, 6-benzilaminopurin (6- BAP) va zeatin (0,001–10 mg/l) qoʻllaniladi. Qattiq ozuqa muhitini tayyorlashda 5-7% agardan foydalaniladi. Makro va mikrotuzlar hamda vitaminlarning eritmalari yuqori miqdordagi boshlangʻich eritma holida tayyorlanib, ularni koʻp marta suy oʻltirib ishlatilish mumkin. Har xil turlarga mansub oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarini oʻstirishda turli tarkibdagi ozuqa muhitlaridan foydalaniladi. Koʻpincha Murasige-Skuga, Uayt, Gamborgat (V -5) ozuqa muhitlari ishlatiladi. Murasige–Skuga ozuqa muhitlaridan turlicha modifikatsiyalar bilan apikal meristemalar oʻstirishida va oʻsimliklarni mikrokoʻpaytirishda foydalanilishi mumkin.
    Ishning borishi. Kartoshka apikal meristemalarini oʻstirish uchun modifikatsiyalangan Murasige-Skuga ozuqa muhitlarini tayyorlash. Ozuqa muhitlari tarkibi 4-jadvalda berilgan. Avvalo makro–mikrotuzlar va vitaminlarning boshlangʻich eritmalarini tayyorlash kerak. Odatda Murasiga-Skuga ozuqa muhitlari quyidagi birikmalardan tayyorlanadi:
    1. NH4NO3, KNO3, KH2PO4, MgSO4 7H2O (MgSO4 choʻkmaga tushishini oldini olish uchun, qizdirmasdan oxirida solinadi).
    2. CaCl2 eritmasi.
    3. Temir xelati eritmasi (FeSO4 va Na2 EDTA eritmasi birgalikda qaynagunga qadar qizdirilganda temir xelati xosil boʻladi). 4. Mikroelementlar eritmasi.
    Boshlangʻich eritmalar uchun kerakli tuzlar miqdori va boshlangʻich eritmalarning ozuqa muhiti uchun kerakli miqdorlari 4–jadvalda keltirilgan.
    1–jadval

    Ozuqa muhitining tarkibiy qismlari, mg/l

    Mineral elementlar ................MS
    Saxaroza………………20000
    Glyukoza ……………………20000
    Kazein gidrolizati ………..…1000
    Mezo-inozit ……………...…….100
    Tiamin………….......……………1
    Piridoksin …………….......…...1
    Adenin …………….....………40
    Vitamin B12 ………….……0,015
    MS*-Murasige–Skugada berilishi boʻyicha

    GK……………
    Nikotin kislotasi…………..2
    Folin kislotasi…..……….0,5
    Kenitin …………….....…0,5
    Ca pantotenat …………….10
    Riboflavin……………….0,5
    Biotin……………………….1
    Aktivlangan ko‘m…….10000
    Agar –ag…………….....7000
    pH–5,7-5,8

    2-jadval.
    Murasige-Skuga boʻyicha boshlangʻich eritmalar tayyorlash.

    Ozuqa muhitining tarkibiy qismlari

    Qoʻshimchalar

    Makrotuzlar, boshlangʻich eritma uchun g/lKNO3 33
    NH4NO3 33
    CaCl2 (suvsiz 8,8
    Yoki SaCl2 2H2O 13,8
    MgSO4 (7 H2 O)7,4
    Yoki suvsiz
    KH2PO4 3,6

    1. litr ozuqa muhiti uchun 50 ml boshlangʻich eritma olinadi.

    1 litr ozuqa muhiti uchun 50 ml boshlangʻich eritma olinadi



    Mikrotuzlar mg/l 100 ml
    Boshlangʻich eritma uchun
    HBO3 620
    MnSO4 . 4H2O2230
    ZnSO4 860
    KI 83
    Na2M0O4 .2 H2O 25
    CuSO4 .5 H2O 2,5
    CaCl2 . 6H2O2,5

    100 ml boshlangʻich eritma uchun, mg
    Fe–xelat557Na2 EDTA745

    Download 17,94 Kb.




    Download 17,94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi Organ, to‘qima va hujayralarni in vitro o‘stirish texnikasi

    Download 17,94 Kb.