|
Olingan natijalarni rasmiylashtirish
|
bet | 11/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)Olingan natijalarni rasmiylashtirish. Xromatografiya usulining asoslanishini, turini hamda olingan natijalarni daftarga yozib, tegishli xulosa chikaring. Aminokislotalarni aniqlashning ahamiyatini eslab qoling.
6-MASHG’ULOT. (4-SOAT)
OQSILNI MIQDORINI LOURI va biuret USULlarI BO'YICHA ANIQLASH
Kerakli asbob va reaktivlar: fotoelektrokolorimetr, 50 va 10 ml li o'lchov silindrlari, 2 va 10 ml li darajalangan pipetkalar, A — reaktivi, V — reaktivi, Folin reaktivi, kristall holidagi albumin.
Oqsilni miqdor jihatdan aniqlash usullari ichida eng keng tarqalgani va yuqori sezgirlikka ega bo'lgani Louri usulidir.
Louri usuli bir vaqtning o'zida ikki xil, ya'ni biuret reaksiyasi hamda tirozin va sisteinlarga xos Folin reaktivi bilan beradigan rangli reaksiyaga asoslangan. Fosfovolframat va fosfomolibden kislotalari aralashmasi (Folin reaktivi) qaytarilganda yuqoridagi aminokislotalarning radikallari bilan birikib, ko'k rangli kompleks hosil qiladi. Bu qaytarish reaksiyasida mis sulfatning ishqordagi eritmasi oqsil bilan hosil qilgan misli kompleksi ishtirok etsa kerak. Louri usuli suyultirilgan eritmalarda, ion almashinuv xromatografiyasi va molekulyar elaklarda oqsillarni fraksiyalashda oqsil miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Tajriba. Kalibrlash egri chizig'ini chizish.
Ishning bajarilishi. Ishni boshlashdan oldin 49 ml A eritmaga 1 ml V eritma aralashtiriladi. 1 ml eritmada 20 dan 400 mkg gacha oqsil (kristall holatdagi tuxum yoki qon zardobi albumini, kazein yoki boshqa) bo'lgan standart eritmalar seriyasi tayyorlanadi. Agar kristall holatdagi oqsil bo'lmasa, qon zardobi yoki hasharotlar gemolimfasidan (avval oqsil miqdori refraktometrik usulda aniqlab olinadi) foydalanish mumkin. 5 ta seriyadagi standart eritmalar tayyorlangach, har biridan 1 ml dan olib, A va V eritmalar aralashmasidan 4 ml dan quyiladi. Suyuqliklar yaxshilab aralashtirilgach, 10 minutga xona temperaturasida qoldiriladi. So'ngra aralashmaga tezlikda pipetka yordamida 0,4 ml Folin reaktividan qo'shib, bir soatcha (30—90 minutgacha) rang rivojlanishi uchun qoldiriladi. Shundan keyin fotoelektrkolorimetr yoki spektr fotometrda 750 nm da optik zichlik aniqlaniladi. 5 seriya standart oqsil eritmalari bilan Louri reaksiyasi bajarilgandan so'ng grafik tuziladi. Ordinata o'qiga optik zichlik, absissa o'qiga oqsil miqdori qo'yilib, FEK ko'rsatkichi bo'yicha nuqtalar belgilanadi va ularni tutashtirib egri chiziqqa aylantiriladi. Etalon sifatida 4 marta qayta kristallangan tuxum albumini olingan (A. E. Gurvich bo'yicha) (1- rasm).
oqsil miqdori (mkg)
|
| |