|
e) oqsillarni alkaloid reaktivlari bilan cho'ktirish
|
bet | 5/32 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 397,5 Kb. | | #117673 |
Bog'liq Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)e) oqsillarni alkaloid reaktivlari bilan cho'ktirish
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Pikrat kislota; 3. To'yingan tannin eritmasi; 4. 1% va 10% li asetat kislota eritmasi; 5. 5% li kaliy ferrosianid eritmasi; 6. Probirkalar; 7. Pipetkalar; 8. Shtativ.
Oqsillar ham xuddi alkaloid moddalari kabi simob (II) yodid, vismut (III) yodid, kaliy ferrosianid va, shuningdek, tannin, pikrat kislota ta'siridan cho'kmaga tushadi. Oqsil molekulasidagi azot gruppasi alkaloidlar tarkibidagi gruppaga o'xshash bo'lganidan, bu reaktivlar oqsil tarkibidagi azot asoslari bilan birikib, kompleks birikmalar hosil qiladi. Bunday holda oqsillar musbat (g`) zaryadlanib kation, alkaloid moddalar esa manfiy (-) zaryadlanib, anion ko'rinishida bo'ladi. Shuning uchun ham oqsillarni bu reaktivlar bilan cho'ktirishda muhit kislotali bo'lishi kerak. Mabodo, muhit ishqoriy bo'lsa, bu reaktivlar ta'sirida cho'kma hosil bo'lmaydi.
Ishning bajarilishi. Uchta probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil eritmasi solinadi. So'ngra birinchi va ikkinchi probirkalarga 2—3 tomchidan 1 % li asetat kislota tomiziladi. Birinchi probirkaga 2—3 tomchi tannin, ikkinchi probirkaga 2—3 tomchi pikrat kislota qo'shiladi. Uchinchi probirkaga esa 2—3 tomchi asetat kislotaning 10% li eritmasidan va 2—3 tomchi kaliy ferrosianid eritmasidan tomiziladi. Hamma probirkalarda cho'kma hosil bo'ladi. Agar tajrtbada asetat kislota o'rniga, 2—3 tomchi ishqor eritmasi tomizilsa, cho'kma hosil bo'lmaydi.
j) Oqsillarni yuqori harorat ta'sirida cho'ktirish
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. 1 % va 10 % la asetat kislota eritmasi; 3. Natriy xloridning to'yingan eritmasi; 4. 10% li natriy gidroksid eritmasi; 5. Probirkalar; b. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka.
Hamma oqsillar ham yuqori harorat ta'sirida iviydi, ya'ni cho'maga tushadi. Ammo turli oqsillarning yuqori harorat ta'siridan cho'kmaga tushishi bir xilda bo'lmaydi. Masalan, bir xil oqsillar 50—55°C da koagulyasiyaga uchrasa, bir xillari qisqa muddatli qaynatishda ham o'zlarining nativ (boshlang'ich) xususiyatini saqlab qoladi. Shunga qaramasdan, ko'pchilik oqsillar yuqori harorat ta'sirida o'zining aktiv xususiyatini yo'qotadi, ya'ni denaturasiyaga uchraydi. Denaturasiyaga uchragan oqsil o'zining biologik aktivligini yo'qotibgina qolmay, balki u eruvchanligini ham yo'qotadi. Demak, oqsillar yuqori haroratda qizdirilganda iviydi, cho'kmaga tushadi, ya'ni denaturasiyalanadi.
Oqsillarning cho'kmaga tushishi muhitdagi pH ga qarab o'zgaradi. Masalan, kuchli ishqoriy yoki kislotali muhitda yuqori harorat ta'sirida oqsillarning cho'kmaga tushishi kuzatilmaydi. Chunki bunday sharoitda oqsil molekulalari kuchli manfiy yoki kuchli musbat zaryadga ega bo'ladi.
Ishniig bajarilishi. Beshta probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil eritmasi solinadi. Agar birinchi probirkadagi oqsil eritmasi qizdirilsa, cho'kma tushadi. Ikkinchi probirkadagi oqsil eritmasi ustiga 2—3 tomchi 1 % li asetat kislotadan tomizib qizdirilsa, cho'kma hosil bo'ladi. Bunga sabab, oqsil o'zining izoelektrik nuqtasiga yaqin sharoitda bo'lganligidir. Uchinchi probirkaga 10% li asetat kislotadan 0,5 ml solab qizdirilsa, cho'kma tushmaydi. Agar to'rtinchi probirkadaga 2—3 ml oqsil eritmasi ustiga 10% li asetat kislotadan 0,5 ml solib, undan keyin aralashma ustiga 4—5 tomchi natriy xloridning to'yingan eritmasidan tomizib qizdirilsa, cho'kma tushadi. Beshinchi probirkadagi oqsil eritmasiga 0,5 ml natriy gidroksid qo'shib qizdirilsa, cho'kma tushmaydi. Hatto qaynatilsa ham cho'kma hosil bo'lmaydi. Bu natijalar daftarga yozib olinadi va ulardan tegishli xulosalar chiqariladi.
|
| |