• Ishning bajarilishi.
  • g) Oqsillarni mineral kislotalar bilan cho'ktirish




    Download 397.5 Kb.
    bet4/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397.5 Kb.
    #117673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)
    Oila tarbiyasi asoslari, 1699013696, Инфографика, 659f95a96ca76 (2)
    g) Oqsillarni mineral kislotalar bilan cho'ktirish
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Sulfat, xlorid va nitrat kislotalari; 3. Probirkalar; 4. Shtativ; 5. Pipetkalar.
    Konsentrlangan mineral kislotalar (NS1, N2SO4, HNO3 va boshqalar) ta'sirida oqsillar cho'kmaga tushadi, chunki mineral kislotalar ta'sirida oqsillarning zarrachalari degidratlanadi. Oqsil cho'kmasi, ortiqcha reaktiv (HCl, N2SO4) ta'sirida eriydi. Bunga sabab, oqsil zarrachalarining qayta zaryadlanishidir.
    Ishning bajarilishi. Dastlab uchta probirka olib, ularning biriga 2 ml sulfat kislota, ikkinchisiga 2 ml xlorid kislota, uchinchisiga esa 2 ml nitrat kislota solinadi. Keyin probirkalarni qiya tutgan holda kislotaga teng miqdorda oqsil eritmasidan sekin-asta quyilsa, ikkala suyuqlik chegarasida halqa holdagi oq cho'kma hosil bo'ladi. Agar xalqa holdagi cho'kma (1 - 2 probirkalar) chayqatilsa, halqa erib ketadi. Mabodo cho'kma erimasa, shu reaktivlardan yana bir oz qo'shiladi. Erigan oqsil eritmasi ustiga 5 n li natriy gidroksiddan tomizilsa, qayta cho'kma hosil bo'lishini kuzatish mumkin. Uchinchi probirkada ham cho'kma hosil bo'ladi. Ammo hosil bo'lgan cho'kma, probirka chayqatilganda ham, ortiqcha kislota qo'shilganda ham erimaydi. Olingan natijalar daftarga yozib olinadi va tegishli xulosa chiqariladi.
    d) Oqsillarni organik kislotalar bilan cho'ktirish
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1. O'simlik oqsili; 2. Uchxlorasetat kislotaning 3% li eritmasi; 3. 20% li sulfosalisilat kislota; 4. Probirkalar; 5. Pipetkalar; 6. Shtativ.
    Organik kislotalar ta'sirida ham oqsillar cho'kmaga tushadi. Ammo har xil organik kislotalar ta'sir qilish xususiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Oqsillarni cho'ktirishda ko'proq uchxlorasetat kislota ishlatiladi, chunki bu kislota ta'sirida faqat oqsillargina cho'kmaga tushib, ularning parchalanishidan hosil bo'lgan yuqori molekulalar moddalarga ta'sir qilmaydi va ular eritmada qoladi. Bu usul oqsil azotini va eritmada qolgan boshqa azotli birikmalarni aniklashda keng qo'llaniladi.
    Ishning bajarilishi. Ikkita probirka olib, ularning har biriga 2—3 ml dan oqsil eritmasi quyiladi. Birinchi probirkadagi oqsil ustiga 4—5 tomchi uchxlorasetat kislotadan, ikkinchi probirkaga esa sulfosalisilat kislotadan 4—5 tomchi tomiziladi. Har ikkala probirkada cho'kma hosil bo'ladi. Olingan natijalar daftarga yozib olinadi.

    Download 397.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




    Download 397.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    g) Oqsillarni mineral kislotalar bilan cho'ktirish

    Download 397.5 Kb.