• Ishning bajarilishi.
  • 17-MASHG’ULOT QALQONSIMON BEZ PREPARATI TARKIBIDAGI YODNI ANIQLASH
  • a) YOG'LARNING AKROLEIN REAKSIYASI




    Download 397,5 Kb.
    bet24/32
    Sana13.12.2023
    Hajmi397,5 Kb.
    #117673
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
    Bog'liq
    Biokimyodan laboratoriya mashg printga (2)

    a) YOG'LARNING AKROLEIN REAKSIYASI
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Chigit yoki kungaboqar moyi; 2. Kaliy gidrosulfat tuzi; 3. Probirkalar; 4. Pipetkalar; 5. Shtativ; 6. Pichoq; 7. Elektr plitka yoki gaz gorelka.
    Yog' tarkibida gliserin bo'lganligi uchun ham yog'lar akrolein reaksiyasini beradi. Akrolein o'zining tabiati jihatidan qo'lansa hidli to'yinmagan aldegid bo'lib, odatda u gliserindan olinadi.

    Glitserin Akrolein
    Reaksiya tenglamasidan ko'rinib turibdiki, gliserin molekulasidan 2 molekula suv ajralishi bilan akrolein hosil bo'ladi. Gliserin molekulasidan suvni tortib olishda, kaliy gidrosulfatdan foydalaniladi.
    Ishning bajarilishi. Toza yuvib quritilgan pro-birkaga 2—3 tomchi paxta yoki kungaboqar moyidan solib, uning ustiga pichoq uchida 0,2—0,3 g kaliy gidrosulfat tuzi qo'shiladi va elektr plitkada quyuq oq bug' chiqqunga qadar qizdiriladi. O'tkir qo'lansa hidning (ehtiyotkorlik bilan hidlang!) paydo bo'lishi, akrolein hosil bo'lganligidan dalolat beradi.
    b) MOYLARNING RANGLI REAKSIYALARI
    Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Paxta yoki kungaboqar moyi; 2. 1 % li osmiy kislota; 3. Chinni kosacha; 4. Mikroskopning buyum oynasi.
    Ishning bajarilishi. Mikroskopning buyum oynasi ustiga yoki chinni kosachaga 1— 2 tomchi moy tomizib, uning ustiga osmiy kislotaning 1% li eritmasidan 1 tomchi tomizilsa, qora rang hosil bo'ladi. Osmiy (VIII)-oksid (OsO4) kuchli oksidlovchi xossaga ega bo'lganligidan u yog'lar bilan shiddatli reaksiyaga kirishadi. Natijada moy oksidlanadi, osmiy (VIII)-oksid esa qaytarilib, qora tusli osmiy (IV)-oksid OsO2 ga o'tadi. Olingan natija daftarga yozib olinadi.
    17-MASHG’ULOT
    QALQONSIMON BEZ PREPARATI TARKIBIDAGI YODNI ANIQLASH

    Тироксинни ишқорий мухитда гидролизлаш натижасида калий йодид хосил бўлади. Унга калий йодад таъсир эттирилганда йод ажралади. Ажралган йодни крахмал таъсирида хосил бўлган кўк ранг орқали билиш мумкин. Уни қуйидагича ифодалаш мумкин.


    5KJ + KJO3 + 6HCl – 3J2 + 6KCl + 3H2O


    J2 + крахмал – кўк ранг

    Download 397,5 Kb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




    Download 397,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    a) YOG'LARNING AKROLEIN REAKSIYASI

    Download 397,5 Kb.