• Asoslarda kislorod atomi vodorod va metall atomi orasida ularning har biri bilan bog‘ hosil qilgan holda joylashadi.
  • Asoslarning toifalanishi
  • Fizik xossalari.
  • Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 38-mavzu




    Download 2.24 Mb.
    Sana27.09.2023
    Hajmi2.24 Mb.
    #84461
    Bog'liq
    Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi. 7 - sinf
    asl, Buxoro tarixi, tarmoq xavsizligi 3

    Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi

    7-sinf Kimyo darsligi asosida 38-mavzu

    Reja:

    • Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi
    • Asoslarning toifalanishi
    • Asoslarning olinishi va xossalari
    • Eng muhim asoslarning ishlatilishi

    Asoslar deb metall atomi va bir yoki bir necha gidrokso guruhlardan tashkil topgan murakkab moddalarga aytiladi (ammoniy gidroksid NH4OH ham shu moddalar guruhiga kiradi).


    Asoslar

    Asoslarda kislorod atomi vodorod va metall atomi orasida ularning har biri bilan bog‘ hosil qilgan holda joylashadi.

    Asoslarning nomlanishi.


    Asoslarning nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + gidroksid» shaklida yasaladi: kaliy gidroksid – KOH, bariy gidroksid – Ba(OH) c– Al(OH)3.

    Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil gidroksidlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda gidroksid so‘zi yoziladi: vismut (III)-gidroksid – Bi(OH)3, mis (II)gidroksid – Cu(OH)2.

    Metall atomi nomiga gidroksoguruh sonining yunoncha sonlarda ifodalanishini qo‘shib ham gidroksidlarni nomlash mumkin: Ca(OH)2 – kalsiy digidroksid; Bi(OH)3 – vismut trigidroksid


    Metall atomi
    Kalsiy digidroksid

    Asoslarning toifalanishi


    Asoslar fizik xossasi, ya’ni suvda erishi va erimasligiga qarab ishqor va suvda erimaydigan asos hamda kimyoviy xossalariga ko‘ra yana amfoter asoslarga ham bo‘linadi.

    Asoslarning olinishi


    Ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining suv bilan ta’sirlashishi natijasida olinadi
    Na + 2H2O = 2NaOH + H2 ; Ca + 2H2O = Ca(OH)2 + H2.

    Suvda erimaydigan asoslar tuzlarning suvdagi eritmasini ishqorlar bilan ta’sirlashishi natijasida olinadi: NiSO4 + 2NaOH = Ni(OH)2¯ + Na2SO4; FeCl3 + 3KOH = Fe(OH)3¯ + 3KCl

    Fizik xossalari.


    Asoslar – turli ranglarga ega bo‘lgan qattiq moddalardir: KOH, NaOH, Ca(OH)2 – oq rangli, Ni(OH)2 – yashil rangli, Fe(OH)3 – qo‘ng‘ir rangli moddalar va h.k.

    Ishqoriy va ishqoriy yer metallar (berilliy va magniydan boshqa) gidroksidlari suvda eriydi. Qolgan asoslar suvda erimaydi yoki juda yomon eriydi.

    Oq tusli, suvda juda yaxshi eriydigan, hatto havodagi suv bug‘larini ham tortib olib suyuqlanadigan (gigroskopik) qattiq modda.

    Natriy gidroksid sanoat miqyosida ko‘p ishlab chiqariladi. Sanoatda uni osh tuzi (natriy xlorid tuzi) eritmasidan elektroliz (elektr toki yordamida parchalash) yo‘li bilan olinadi.


    Natriy xlorid tuzi
    Natriy gidroksid
    Elektr toki yordamida parchalash

    Natriy gidroksid – kimyo sanoati uchun eng muhim xomashyolardan biridir: neftni qayta ishlash mahsulotlarini tozalashda; sovun, qog‘oz ishlab chiqarishda hamda sanoatning boshqa ko‘plab sohalarida qo‘llaniladi


    Download 2.24 Mb.




    Download 2.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asoslarning tarkibi, tuzilishi va nomlanishi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 38-mavzu

    Download 2.24 Mb.