• Tekshirdi: .
  • Kirish
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlar




    Download 430.18 Kb.
    bet1/17
    Sana02.04.2024
    Hajmi430.18 Kb.
    #185484
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    Angren universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi iqtis
    Педагогик амалиёт кундалиги[1].pdf6879 7, BETLIK рус, 589bea6c6f413, 3-mustaqil ish-genderi.org, informatika-va-axborot-texnologiyalari-fanini-o-qitishda-masofaviy-ta-lim-texnologiyalarining-ahamiyati, 2-mustaqil ish Mavzu. Axborot ta’lim muhitida elektron axborot r



    ANGREN UNIVERSITETI
    IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI “IQTISODIYOT NAZARIYASI fanidan
    KURS ISHI
    Mavzu: Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari
    Bajardi: fakulteti,
    guruhi talabasi
    Umarov X

    Tekshirdi: .





    Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana
    2023 y.




    Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana
    2023 y.

    Kurs ishi himoya qilingan sana
    2023 y.
    Baho



    (imzo)



    (imzo)

    Komissiya aʼzolari:



    ANGREN – 2023

    Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.


    Reja:
    Kirish 3

    1. bob. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar, ularning turlari va qondirish usullari…5

      1. Ishlab chiqarishning iqtisodiy mazmuni 25

      2. Ishlab chiqarishning natijalari 31

    1. bob. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari 34

      1. Ehtiyojlarning turlari va tarkibi, ularning qondirilish darajasi. 38

    Xulosa 41
    Foydalanilgan adabiyotlar 42

    Kirish


    Mavzuning dolzarbligi insonning hayotiy faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan vositalarning aksariyat qismi inson mehnati bilan yaratiladi. Shunga ko‘ra, ehtiyojlarning mavjudligi ishlab chiqarishning uzluksiz ravishda amalga oshirilishini ham taqozo etadi. Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo‘ladigan munosabatlarga yo‘nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlar boshqa fazalardagi munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Mazkur bobda bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Ishlab chiqarish omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so‘ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog‘liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o‘rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo‘shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo‘shilgan mehnat va kapital unumdorligining pasayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g‘oyalar bilan tanishtiriladi.
    Ehtiyojlarning o‘zi ham bir-birini taqozo qiladi. Bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatishni o‘rganish, unga xizmat ko‘rsatish, dastur tuzish kabi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.
    Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan holatlar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va zilzila, suv toshqini, yong‘in kabi tabiiy ofatlar ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
    chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi
    Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.

    Download 430.18 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 430.18 Kb.