Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

10.4-rasm. Rasm, rassomlik va haykaltaroshlik ustaxonalari: 
1 – rasm va rassomlik ustaxonasi; 2 – haykaltaroshlik ustaxonasi; 3 – ombor; 4 – gips 
saqlanadigan xona; 5 – loy, chiqindilar saqlanadigan xona. 


173 
 
10.5-rasm.Torli cholg‘u asboblari, fortepyano, puflab chalinadigan va xalq cholg‘u 
asbolari kabi mutaxassisliklar bo‘yicha yakka tartibda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun 
mo‘ljallangan xonalar: 1, 2 – yakka tartibda mashg‘ulot o‘tkazish uchun xonalar;
3 – yordamchi xonalar. 
10.6-rasm. San’at maktabining xoreografiya bo‘linmasi. Universal zal: 
1 – birlashtirilgan davriy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan universal xona;
2 – dushxonalari va sanitariya bloklari mavjud yechinish-kiyinish xonasi. 


174 
10.7-rasm.150 o‘rinli leksiya auditoriyasining funksional-gabaratli sxemalari. 
 
 
 
 


175 
10.5. O‘quv komplekslarining turlari 
O‘quv kompleksi ta’lim berish darajasi, shakli va kooperatsiyasi bir xil yoki 
turlicha bo‘lgan bir nechta o‘quv muassasasi binolarining funksional, me’moriy, 
tashkiliy yoki hududiy birlashmasidan tashkil topadi. O‘quv kompleksi turli 
shakllarda tuzilishi mumkin. O‘quv muassasalarining funksional vazifalari yoki 
xizmat ko‘rsatish tizimlarining o‘xshashligi asosida birlashtirilishi eng oqilona va 
istiqbolli shakl hisoblanadi. 
O‘quv kompleksida barcha professional o‘quv muassasalari uchun majburiy 
hisoblangan hamda har bir o‘quv kompleksining o‘zagini tashkil etuvchi va 
shakllantiruvchi o‘qitish, amaliyot va xizmat ko‘rsatish kabi funksiyalar 
birlashtirilishi lozim. O‘quv komplekslari o‘z tarkibida turlicha mujassamlikdagi 
o‘quv muassasalariga ega monofunksional o‘quv komlekslari (1-guruh) va tarkibida 
o‘quv muassasalaridan tashqari ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalari 
bo‘lgan polifunksional o‘quv komplekslari (2-guruh), shuningdek xizmat ko‘rsatish 
korxonalari (3-guruh) shaklida bo‘lishi mumkin. Bevosita nazariy o‘qitish bilan 
bog‘liq barcha xonalar (sinflar, kabinetlar, laboratoriyalar, leksiya auditoriyalari, 
kutubxona) majmuasi o‘quv kompleksini tashkil etadi. Amaliyot atamasi o‘z tarkibiga 
kasb-hunarga o‘rgatish va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan 
barcha xona va qurilmalarni (trenajerlar, o‘quv-ishlab chiqarish laboratoriyalar va 
ustaxonalar, poligonlar, sex va uchastkalar) oladi. Ushbu kompleks tarkibiga 
quyidagilar 
kiritilishi 
lozim: madaniyat 
sohasida – konsert 
zallari 
va 
konservatoriyalarning auditoriyalari, o‘quv teatrlari; tibbiyot sohasida – klinikalar; 
pedagogika sohasida – bolalar bog‘chalari, maktablar va boshqa asosiy o‘quv 
muassasalari, o‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish funksiyasi yirik o‘quv komplekslari 
qoshidagi xonalarda, ya’ni ovqatlanish, maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish, 
madaniyat va dam olish xonalarida amalga oshiriladi. Yotoqxonalar ham ushbu guruh 
tarkibiga kiradi. Ko‘p funksiyali tarmoq o‘quv kompleksi – o‘quv muassalari 
tomonidan o‘qitish funksiyasining yagonaligi asosida shakllantiriladigan bino va 
inshootlar majmuasi. Bunday kompleks bir tarmoqqa taalluqli bo‘lsada, lekin ta’lim 
darajasi turlicha bo‘lgan o‘quv hamda malaka oshirish muassasalarini birlashtiradi.


176 
Bu kabi komplekslar birlashtiriluvchi muassasalarning mansubligiga bog‘liq 
ravishda idoralarning o‘quv komlekslariga va yirik korxonlar, ishlab chiqarish 
birlashmalarining o‘quv komplekslariga ajratilishi zarur. Idoraviy o‘quv komplekslari 
muayyan hudud (viloyat, shahar, tuman)da joylashgan korxonalar, muassasalar 
guruhi uchun tegishli ixtisos bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlovchi o‘quv 
muassasalaridan shakllantiriladi. Bu kabi komplekslarga quyidagilar kiradi: 
- tanlangan ixtisos bo‘yicha uzluksiz ta’lim olish va eng iqtidorli o‘quvchilarni 
tanlab olish imkoniyatini beruvchi bolalar musiqa maktabi, musiqa bilim yurti va 
konservatoriyadan iborat madaniyat sohasiga mansub o‘quv kompleksi; 
- o‘quv-pedagogika kompleksi, bunda pedagogika oliy o‘quv yurti bazasida 
maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, kasb-hunar kollejlari birlashtiriladi
OO‘Yu va ko‘rsatilgan o‘quv muassasalarining birlashtirilishi bo‘lg‘usi pedagog 
uchun barcha yoshdagi tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga ta’lim berish va ularni 
o‘qitish jarayonini to‘liq kuzatish va o‘rganish imkoniyatini beradi; 
- savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish o‘quv kompleksi, bunda o‘quv kombinati, 
kasb-hunar bilim yurti va savdo texnikumi kabi muassasalarni birlashtirish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi; 
- agrosanoat o‘quv kompleksi, bunda o‘quv xo‘jaligining umumiy bazasida (er 
va texnika) o‘quv kombinati, kasb-hunar bilim yurti, texnikum va OO‘Yu kafedrasi 
birlashtiriladi. Birlashtirilgan o‘quv komplekslaridagi o‘quv va jamoat binolarining 
taxminiy tarkibi quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilinadi: 

Download 18,93 Mb.
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish