Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
 


179 
XI-BOB. MEHMONXONA BINOLARI 
Insoniyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan belgilab berilgan bugungi 
hayot tarzining sur’ati ilm-fan, biznes, hordiq chiqarish va madaniyat kabi 
sohalardagi integratsion jarayonlar yanada kuchayishini taqozo etadi. Bu esa, o‘z 
navbatida, belgilangan maqsadlarga eng samarali ravishda etishish uchun imkon 
qadar qulay yashash sharoitlari yaratilishini talab qiladi. Bugungi kunda bu 
funksiyani turli qulayliklar va sig‘imga ega, turli vazifalar uchun mo‘ljallangan 
mehmonxona komplekslari bajarmoqda. Xizmat ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lgan 
yangi mehmonxonalardagi reprezentativ va maishiy xonalar hajmining ortishi – ular 
tarkibining sifatiy o‘zgarishi – odatiy holat sifatida qabul qilinmoqda, natijada
aksariyat mehmonxonalar ko‘p funksiyali konglomeratlarga aylanib bormoqda. 
Bu kabi konglomerat tarkibiga kiruvchi umumfoydalanish uchun mo‘ljallangan 
turli xonalar kongress, majlis va shunga o‘xshash ommaviy tadbirlarni o‘tkazish 
uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlari yaratilgan to‘plam sifatida qabul qilingan. 
Ushbu to‘plam tarkibiga quyidagilar kiradi: konferens-zallar yoki universal turdagi 
zallar va ular atrofida shakllanuvchi umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan 
xonalar, shuningdek restoran va barlar, ko‘ngil ochar xarakterga ega xonalar, qo‘shib 
qurilgan va ochiq basseynlar, dam olish, ko‘ngil ochar, savdo, maishiy xizmat 
ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar uchun ko‘plab xonalar va, albatta, 
bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, axborot sohasida xizmat ko‘rsatishga 
mo‘ljallangan alohida majmualar. Bu kabi konglomeratni o‘z ichiga olgan 
mehmonxonalarning namunasi sifatida “kongress-otel” yoki “konferens-otel”, 
shuningdek ishbilarmon kishilar uchun mo‘ljallangan “biznes-otel” deb nomlanuvchi 
mehmonxonalarni keltirish mumkin. Ulardagi jamoat qismning o‘ziga xos 
xususiyatlaridan biri, bu majlislar, simpoziumlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan 
zallar, aloqa bo‘limlari va bank, teletayp, teleks va kompyuter xonalari, shuningdek 
basseyn, sauna, kegelban kabi hordiq chiqarish va ko‘ngil ochar xonalarning 
mavjudligidir. Mamlakatimizdan mehmonxonalar fondi bir turda emas. Turli 
davrlarda qurilgan mehmonxonalar arxitekturasi, sig‘imi, qavatliligi, jihozlanishi va 


180 
uskunalari, xonalar fondining tarkibi va sifati, xonalar to‘plami va maydoni bo‘yicha 
farqlanadi. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish