181
Bu kabi bo‘linishlar uchun asosiy mezon sifatida
nomerlar fondining sifatiy
tarkibi xizmat qiladi: bir, ikki o‘rinli va sig‘imi ko‘proq bo‘lgan nomerlar – bir
xonali, shuningdek ko‘p xonali lyuks nomerlar va apartamentlarning foizda
ifodalangan o‘zaro nisbati. Nomerlar fondining sifati shuningdek apartamentlardagi
nomerning pardozlanishi, mebellar bilan jihozlanishi va
texnik uskunalanishi bilan
ham tavsiflanadi .
Ushbu daraja belgilanishining ikkita asosiy usuli mavjud bo‘lib, birinchisida
statistik ko‘rsatkichlar, ya’ni vannaxonasi va sanitariya bo‘lmasi bo‘lgan
nomerlarning
aniq belgilangan nisbati, umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan
xonalarning funksional tarkibi (basseyn, sauna va shu kabilarning bor yoki yo‘qligi)
bo‘yicha belgilanadi; ikkinchisida – material
bazaning sifatiga emas, balki dinamik
omillarga, ya’ni servis xizmatining sifatiga qarab belgilanadi.