198
12.3. Bank binolari yer uchastkalari
Bank binolari uchun yer uchastkalarining maydoni xodimlar soniga bog‘liq
holda 0,4-0,6 gektar qilib qabul qilinadi. Bank hududi balandligi 2,5 m bo‘lgan
to‘siq bilan o‘ralishi zarur. Uchastkada xodimlar va mijozlarning avtomashinalari
uchun to‘xtash joyi ko‘zdatutilishi lozim (100 ta ish joy uchun 20 to‘xtash joyi, har
bir operatsion joy uchun 5 ta to‘xtash joyi). Uchastkaga inkassatorlar mashinasi
kirishi uchun qulay kirish yo‘li tashkil etilgan bo‘lishi kerak.