• XIV-BOB. TOMOSHALAR KO‘RSATISHGA MO‘LJALLANGAN BINOLAR
  •  Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong‘in xavfsizligi




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

     
    13.3. Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong‘in xavfsizligi 
    bo‘yicha talablar 
    Musobaqalarni 
    tomoshabinlar 
    ishtirokida 
    o‘tkazishga mo‘ljallangan 
    inshootlarda tribunalar – tomoshabinlar o‘tiradigan joylar bo‘lishi ko‘zda tutiladi. 
    Tribunalar qiyaligi – 1:1,5 dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Agar binoda tomoshabinlar 
    evakuatsiyasi uchun qo‘shimcha xavfsizlik sharoitlari ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 
    tribunalarni 1:1,25 qiyalikda loyihalashtirishga yo‘l qo‘yiladi. Tomoshabinlar 
    o‘tiradigan o‘rinlar ko‘ndalang o‘tish yo‘llari bilan ajratilishi lozim. 
    Tribunaning bir qatoridagi o‘rinlar soni: 
    - ikki tomondan to‘ldirilganida – 50 tadan ko‘p emas; 
    - bir tomondan to‘ldirilganida – 25 tadan ko‘p emas. 
    Tomoshabinlarning tribunalardan evakuatsiya qilinishi bir xil qadamda 
    joylashtirilgan lyuklar orqali amalga oshirilishi zarur. Evakuatsiya chiqish 
    yo‘llarning kengligi sport zallaridagi chiqish yo‘llari kengligining yig‘indisidan 
    kam bo‘lmasligi lozim. Evakuatsiya yo‘lining kengligi: 
    - gorizontal o‘tish yo‘llari, pandus va zinapoyalar uchun – 1 metrdan; 
    - yopiq sport inshootlaridagi eshiklar va lyuklar uchun – 1,2 metrdan; 
    - ochiq sport inshootlaridagi lyuklar uchun – 1,5 metrdan kam bo‘masligi 
    zarur. 
    Eng uzoqda joylashgan tomoshabin o‘rnidan chiqishgacha bo‘lgan maksimal 
    evakuatsion masofa – 32 metr. Tomoshabinlarni evakuatsiya qilish yo‘llarining yer 
    uchastkasidagi kengligi 500 tomoshabinga 1 metr hisobidan qabul qilinishi kerak. 


    213 
    XIV-BOB. TOMOSHALAR KO‘RSATISHGA MO‘LJALLANGAN 
    BINOLAR 
    Ma’lumki, san’at va madaniyatning jamiyat hayotidagi roli beqiyos va aynan 
    shu jihat me’moriy loyihalarni yaratishda madaniy hordiq chiqarish va ommaviy 
    tomoshalarni namoyish etish uchun mo‘ljallangan binolar, muassasalar va 
    majmualar doimo alohida o‘ringa ega bo‘lganini shartlab beradi. Turli davrlarda 
    inshootlarning turli shakllari va ko‘rinishlari – qadimgi ibodatxonalar va 
    imperatorlarning saroylari, ijodiy ustaxonalar va akademiyalar, xususiy kolleksiyalar 
    va turfa yo‘nalishli ko‘rgazmalar, teatr, konsert zallari, ochiq arenalar va, nihoyat, 
    shahar yoki qishloq muhiti va tabiiy landshaftining oddiy elementlari – san’at 
    markazlari vazifasini bajarib kelganlar. San’atning kundalik faoliyatini ta’minlash 
    bilan bir qatorda, san’atda yangi yo‘llar, uslublar va yo‘nalishlarni izlash, ularni 
    targ‘ib qilish va sintetik umumlashtirish asosida o‘zaro boyitish imkoniyatlari san’at 
    markazlari rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 
    Bugungi kunda, ya’ni madaniy hayot serqirra va ko‘p yo‘nalishlarga ega bo‘lgan 
    hamda o‘zining doimiy izlanishlari va nobarqarorlik holati bilan ajralib turuvchi 
    davrda san’at markazlarining barcha turlari, shu jumladan kompleksli shakl va 
    ko‘rinishlarining mavjud bo‘lishi o‘ta dolzarb hisoblanadi. Ularni yaratish va 
    kelgusida rivojlantirishga faqat o‘tmish va hozirgi davr tajribasini o‘rganish, anglab 
    etish va tizimlashtirish yo‘li orqali erishish mumkin. 
    Tomosha ko‘rsatuvchi inshootlar qatoriga kinoteatrlar, konsert zallari, klublar 
    teatrlar, sirk, muzey va ko‘rgazmalar kiradi. Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan 
    binolarning turli me’moriy-rejali yechimlari bo‘lsada, ularni yagona kompozitsion 
    asos – bino yadrosida bosh zalning mavjudligi – birlashtiradi. Bu turdagi 
    binolarning ahamiyati va mavqei me’moriy obrazni nafaqat tasavvurning muayyan 
    shakli, balki shaharsozlik masalalarini yechimini topish uchun zarur bo‘lgan 
    ob’yektning noyobligini belgilashdek o‘ta muhim jihatga uzviy bog‘liq ekanligini 
    shartlab beradi. 


    214 
    Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar uchun yer uchastkasini tanlashda 
    xonalarda zarur akustik sharoitlarni ta’minlashni murakkablashtiruvchi shovqinli 
    va vibratsion fonlarimavjud hududlarni istisno qilish lozim. Tomosha ko‘rsatishga 
    mo‘ljallangan binolar uchun yer uchastkalarining maydonlari tasdiqlangan 
    me’yorlarga muvofiq belgilanadi: kinoteatrlar uchun – zaldagi bitta o‘rin uchun 5 
    m
    2
    , konsert zallari va sirklar uchun – sig‘imiga bog‘liq holda 0,7-1,5 gektar, teatr 
    binolari uchun – 1,2-1,7 gektar.Tomosha binosining bosh kirish eshigi oldida 
    maydonning, shuningdek yuk tushirish maydonchalari va xo‘jalik hovlisining 
    mavjudligi yer uchastkasining rejaviy tashkil etilishidagi o‘ziga xos xususiyat 
    hisoblanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan tomoshalar ko‘rsatishga mo‘ljallangan 
    binolarning har bir turini loyihalashtirishda hajmiy-rejali, funksional yechimlarni, 
    va shu bilan birga, badiiylikni ta’minlashga qaratilgan asosiy vazifa hisoblanuvchi 
    tomoshabinlar kompleksi va qolgan xonalarning oqilona va eng maqbul 
    mujassamligining tanlashdan iboratdir. Masalan, kinoteatr xonalari uchta guruhga 
    bo‘linadi: 
    - tomoshabinlar kompleksi; 
    - kinoapparatlar xonasi; 
    - xizmat-xo‘jalik xonalari. 
    Teatrlarning xonalari tomoshabinlar va sahna qismlaridan, sirklarniki –
    tomoshabinlar va ishlab chiqarish xonalaridan, klublardagi xonalar esa –
    tomoshabinlar va klub faoliyatini yuritish bilan bog‘liq xonalar guruhidan 
    iborat.Tomosha ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolarning har bir turi uchun xos 
    bo‘lgan xususiyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Inshootlarda va tomoshabinlar uchun qurilmalardagi yong‘in xavfsizligi

    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish