• Asosiy vazifasiga ko‘ra
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    12.4-rasm. Bank binosi loyihasi. 


    204 
    12.5-rasm.Universal tipdagi bank xonalarining funksional zonalashtirishi sxemasi: 
    A – operatsionchilar zonasi; B – mijozlar zonasi; 1 – axborot-ma’lumotnoma zali; 
    2 – operatsiyalar zali; 3 – kassa zali; 4 – operatsion kassalar; 5 – mijozlar pulni 
    qayta hisoblashi uchun mo‘ljallangan kabinalar; 6 – kassa ortidagi maydon;
    7 – ombor oldi xonasi №1; 8 – qimmatbaho buyumlar saqlanadigan ombor;
    9 – ombor oldi xonasi №2; 10 – individual seyflar ombori; 11 – pullarni qayta 
    yuklash xonasi; 12 – pullarni qayta hisoblash xonasi; 13 – pullarni qabul qilish-
    topshirish xonasi; 14 – Inkassatsiya mashinalarini yuklash-tushirish boksi;
    15 – kassir xonasi; 16 – inkassator xonasi; 17 – qo‘riqchilar xonasi; 18 – qurol 
    saqlanadigan xona; 19 – qurol o‘qlash va tozalash xonasi; 20 – ofislar. 


    205 
    Fibrobeton qobiq 
    Ko‘rish yo‘lagi 
    12.6-rasm. Qimmatbaho buyumlarni saqlash bloki: 
    1 – ombor oldi xonasi; 2 – qimmatbaho buyumlar saqlanadigan ombor. 
     
     


    206 
    XIII-BOB. SPORT INSHOOTLARI 
    13.1. Sport inshootlarining klassifikatsiyasi 
    Sport inshootlari quyidagi turlarga bo‘linadi: 
    - ochiq va yopiq; 
    - yozgi va qishki; 
    - hajmli va yassi; 
    - universal va ixtisoslashtirilgan. 
    Asosiy vazifasiga ko‘ra: 
    - o‘quv mashg‘ulotlari va mashqlar uchun; 
    - namoyishlar uchun; 
    - jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun; 
    - bolalar sporti uchun ixtisoslashtirilgan inshootlariga ajratiladi. 
    Shaharsozlik alomati bo‘yicha aholi yashaydigan hududda aholiga xizmat 
    ko‘rsatishning bosqichma-bosqich prinsipiga muvofiq sport inshootlari 
    umumshahar, tumanlararo, mikrotuman inshootlariga ajratiladi. Undan tashqari
    sanoat, shahar atrofi va ko‘kalamzorlashtirilgan zonalardagi sport inshootlari ham 
    bo‘lishi mumkin. 
    Tekis ochiq sport inshootlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
    - sport inshootining markaziy yadrosi (asosi); 
    - stadion; 
    - sport o‘yinlari uchun maydonchalar: 
    - badminton uchun 15x8 m; 
    - basketbol uchun 28x16 m; 
    - voleybol uchun 24x15 m; 
    - gorodki uchun 30x15 m; 
    - tennis uchun 40x20 m; 
    - engil atlektika va konkida yugurish uchun yo‘lakchalar. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish