210
Pol yuzasi silliq, gorizontal va sirg‘anchiqmas bo‘lishi lozim. To‘p bilan
o‘ynaladigan sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan zallarda derazalar va chiroqlarni
to‘p zarbasidan shikastlanishini oldini oluvchi mustahkam konstruksiyalar ko‘zda
tutilishi zarur. Ushbu konstruksiyalarning poldan 1,8 metr balandlikkacha bo‘lgan
qismida turtib chiqqan joylar va botiqliklar, deraza o‘rinlari va o‘yiqlari
bo‘lmasligi kerak. Sport zalining sport uskunalari olib kiriladigan eshiklari,
shuningdek uskunalar saqlanadigan inventar xonalariga o‘tish yo‘llarining eni
1,8 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Inventar xonalariga o‘tish yo‘llarini
to‘ldirmaslikka yo‘l qo‘yiladi. Engil atletika yoki futbol bo‘yicha o‘quv-mashq
mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zallar qoshida, shuningdek bitta
binoda uchta va undan ortiq boshqa vazifalar uchun mo‘ljallangan sport zallari
mavjud bo‘lganida yakka tartibda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish
uchun 12x6x4 m o‘lchamli umumiy xona ko‘zda tutilishi zarur.
Sportning har xil turlari uchun sport zallarining parametrlari quyidagi jadval
bo‘yicha qabul qilish tavsiya etiladi.