Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 


215 
 
14.1-rasm. Moskvadagi (Rossiya) 
Xalqaro musiqa uyi, arxitektorlar 
Yu.Gnedovskiy, V.Krasilnikova, 
S.Gnedovskiy,
 
 
 
 


216 
14.1. Kinoteatr binolari 
Kinoteatrlar yil bo‘yi faoliyat ko‘rsatuvchi (bitta zalli, ko‘p zalli) va mavsumiy 
(yozgi ochiq va yozgi yopiq) bo‘lishi mumkin. 
Kinoteatrning asosiy xonasi – tomoshabinlarga film ko‘rish uchun qulay 
sharoitlarni ta’minlab beruvchi tomosha zalidir. Zalning shakli – to‘g‘ri 
to‘rtburchakli, trapetsiyasimon yoki yarim aylana. Kinoteatrlar tarkibida kafe va 
klub faoliyatini yuritish hamda bolalar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan universal 
zallar mavjud bo‘lgan kompleks shaklida ham loyihalashtirilishi mumkin. Bugungi 
kunda, ya’ni kinoga bo‘lgan qiziqishning yangicha ko‘rinishi qayd etilayotgan 
davrda, kinoteatr binolari xuddi boshqa jamoat binolari kabi, birinchi navbatda, 
yuqori darajada texnologik jihozlanganlik va universallik kabi xususiyatlarga ega 
bo‘lishi lozim. Tomosha zalining bosh fasadga nisbatan joylashuvi – kinoteatrlarni 
kompozitsiyasi bo‘yicha tasniflashning umumiy alomatidir. Chuqur, ya’ni tomosha 
zali binoning chuqur ichkarisida joylashgan kompozitsion yechimda zalning 
bo‘ylama o‘qi fasad tekisligiga perpendikulyar, frontal kompozitsion yechimda 
esa – parallel bo‘ladi. Bu kompozitsion yechimlar tomosha zalining birinchi yoki 
ikkinchi qavatda joylashishiga qarab gorizontal va vertikal yechimlarga ajratiladi. 
Ta’kidlash zarurki, bunday klassifikatsiya umumlashtirilgan bo‘lib, turlicha 
ifodalangan kompozitsion yechimlarni tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish