207
Sport inshootining markaziy yadrosi – atrofi engil atletika yo‘lakchasi bilan
o‘ralgan sport o‘yinlari uchun maydon. Yugurish yo‘lakchasi sektorlarida yoki
uning to‘g‘ri uchastkalarining tashqi perimetridan tashqarida sakrash va sport
snaryadlarini uloqtirish sektorlari joylashtiriladi.
Stadion – o‘quv mashg‘ulotlari, mashqlar va sport musobaqalarini o‘tkazish
kabi murakkab funksiyalarga ega sport kompleksi; uning tarkibiga quyidagilar
kiradi: tomoshabinlar uchun o‘rinlari bo‘lgan sport yadrosi, sport o‘yinlari uchun
maydonchalar, har xil sport turlari uchun yordamchi hududlar va xonalarga ega
ochiq va yopiq sport inshootlari. Ochiq sport inshootlarini loyihalashda sport
yadrosi va stadioni maydoni, shuningdek sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan
maydonchalarning bo‘ylama o‘qi janubdan shimolga yo‘naltirilishiga qat’iy rioya
qilish zarur.
Yopiq sport inshootlari:
- sport zallari (tomoshabinlar uchun o‘rinlarsiz) va sport korpuslari;
- yopiq tennis kortlari;
- yopiq basseynlar;
- yaxmalaklar;
- sport saroylari;
- yopiq stadionlar;
- tirlar.
208
13.1-rasm.
Nijniy
Novgorod
shahridagi
(Rossiya) “Dinamo” stadioni O‘quv-metodik
markazi, arxitektorlar A.Xaritonov, E.Pestov,
A.Gelfond, konstr. N.Leporskaya, 1990.
2-qavat rejasi.
|