222
Tomoshalarni namoyish etish kompleksi xonalari.
Teatr
binosining
funksional-rejali
yechimining
asosiy
maqsadi –
tomoshabinlar spektaklni tomosha qilishi va o‘zlashtirishi
hamda ijodiy jamoa
spektaklni tayyorlashi va namoyish etishi uchun qulayliklar kompleksini
yaratishdan iboratdir.
Tomosha zalining sig‘imini, teatr turi va vazifalariga bog‘liq holda,
quyidagicha qabul qilish tavsiya etiladi:
dramatik teatr – 500-800 o‘rinli;
musiqa-dramatik teatr – 500-1000o‘rinli;
musiqali komediya teatri – 800-1200 o‘rinli;
opera va balet teatri – 1200-1500 o‘rinli.
Teatrlarning boshqa sig‘imlari loyihalash topshirig‘i bilan belgilanadi.
Tomosha zalining maydoni bir o‘rin uchun 0,7 m
2
hisobidan qabul qilinadi.
Tomosha zalining maydoni (balkon, loja va yaruslarni ham qo‘shib hisoblaganda)
sahna, sahna oldi yoki orkestr o‘rasining to‘suvchi konstruksiyalari chegarasi bilan
belgilanadi.
Teatr tarixida teatr tomoshalarini tashkil etishning ikkita tizimi shakllangan:
ochiq va
chuqur. Antik davrlarda shakllangan birinchi
tizimda tomoshabinlar va
sahnadagi voqealarni yagona zalda birlashtiriladi. Bunda tomoshabinlar sahnaning
uch tomonida joylashadilar. Renessans va barokko davrlarida shakllangan ikkinchi
tizimda sahnadagi voqealar tomosha zalidan portal ramasi bilan ajratiladi. Bugungi
kunda sahnadagi voqealarni namoyish etishning yangi shakllarini yaratishga
qaratilgan izlanishlar natijasida tezkor transformatsiyalarni
bajarish texnikasiga
asoslangan ko‘plab uslublar qo‘llanilmoqda.
Portal yoki chuqur sahna.
Chuqur sahnada namoyish etilayotgan spektakl tomoshabin tomonidan aynan
tomosha sifatida qabul qilinadi, sahnadagi
voqealar boshqa muhitda, tomosha
zalidan ajratilgan “boshqa dunyoda” kechadi. Portal
sahna va tomosha zali
o‘lchamlari va shaklini belgilovchi parametr sifatida o‘yin maydonchasining
o‘lchamlari xizmat qiladi. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki,
dramatik spektakllarning
223
faol ko‘rinishlari kengligi 8 metrdan 14 metrgacha, chuqurligi 5 metrdan 10
metrgacha bo‘lgan maydonchada ro‘y beradi. Balet
ishtirokidagi musiqali
teatrlarda o‘yin maydonchasining o‘lchamlari 12x12 metrdan kam bo‘lmasligi
zarur. Dramatik teatrdagi portal kengligi 10-14 metrga, opera va balet teatrda esa –
14-16 metrga teng bo‘ladi.