12.3-rasm. Nijniy Novgorod shahridagi “Garantiya” bankining binosi, Rossiya,
arxitektorlar E.Pestov, A.Xaritonov, N.Pestova, 1999.
199
12.4. Hajmiy-rejali yechim
Bank binosidagi qavat balandligi – 3,3 m (osma shiftlar uchun – 2,8 m, osma
shipning pastki qismigacha).
Bank xonalari kirish zonalari bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1-guruh – mijozlar va bank xodimlari kirishi mumkin bo‘lgan xonalar;
2-guruh – bank xodimlari kirishi mumkin bo‘lgan xonalar;
3-guruh – bank xodimlarining cheklangan kontingenti kirishi mumkin bo‘lgan
xonalar.
1-guruhga
mijozlar
uchun
mo‘ljallangan xonalar kiradi: axborot-
ma’lumotnoma, operatsion va kassa zallari, kredit bo‘limi, aholidan omonat qabul
qilish bo‘limi, bank rahbariyati bo‘limi.
2-guruhga boshqa bo‘limlarning xonalari, bankka tegishli axborotni ishlash va
saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xonalar va aloqa apparaturasi uchun xonalar kiradi.
3-guruhga – kassa, qo‘riqlash bloki va xavfsizlik xizmati xonalari kiradi.
Bu guruhlarni bir-biridan rejali va konstruktiv tarzda, buzishga qarshi
muayyan darajadagi mustahamlikka ega devorlar bilan ajratish lozim.
12.5. Bank binosining funksional bloklari
Bank binosi normal faoliyat yuritishi uchun uning tarkibida quyidagi
funksional bloklar bo‘lishi lozim:
- hisob yuritish-operatsiyalar bloki;
- kassa bloki;
- qo‘riqlash bloki;
- ofis xonalari bloki;
- hisoblash markazi;
- yordamchi xonalar.
Bank binolari uchun turli funksional, rejaviy va tipologik sxemalar mavjud.
Ularning har birida bir tomondan – mijoz uchun, ikkinchi tomondan esa – bank
xodimi uchun yaratilganeng qulay sharoitlar asos bo‘lib xizmat qiladi
|