Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
 
 


193 
XII-BOB. BANK BINOLARI VA KOMPLEKSLARI 
12.1. Bank binolari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari 
Bank binolarining tipologik shakllanishi bank ishi rivolanishidagi asrlar 
davomida ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. 
Ma’lumki, banklar paydo bo‘lishiga qadimdan mavjud bo‘lib kelgan pul-tovar 
munosabatlar sabab bo‘lgan. Antik va feodal davrlarda bank – to‘lovlarni amalga 
oshirishda vositachi, pulni almashtirish, ya’ni sarroflik funksiyalarini bajargan. U 
davrning tipologik banki – sarrof rastasi yoki do‘koni (ital. Banko – do‘kon, rasta). 
Bobil va Yunonistonda bank operatsiyalari bilan kohinlar korporatsiyasi 
shug‘ullangan, pul saqlashning eng ishonchli joyi sifatida ibodatxonalardan 
foydalanilgan, ya’ni bank funksiyalarini ibodatxonalar bajargan. Ma’lumki, 
Delfadagi Appolon, Efesdagi Artemida ibodatxonalarida, shuningdek Afinadagi 
bir nechta yirik ibodatxonalarida omonat qabul qilish va qarz berish ishlari 
yuritilgan. Shunday qilib,bank binosi boshqa funksional vazifalar uchun 
mo‘ljallangan jamoat binolari asosida shakllangan va bank qurilishidagi 
arxitekturaga ularning ta’siri kuchli bo‘lgan. 
Qadimgi bank ishi Rim imperiyasi emirilishidan keyin batamom tugatilgan, 
lekin, ta’kidlash zarurki, aynan Rim imperiyasi davrida bu faoliyat o‘zining eng 
yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi. O‘rta asrlarda bank ishining ijtimoiy 
o‘zgarishlarga bo‘lgan reaksiyasi kuchayib borishini kuzatish mumkin edi. Bu kabi 
munosabatlar yillar o‘tib yanada rivojlandi va hozirgi kunlarga qadar saqlanib 
kelmoqda. Har bir asrlar almashinuvi, har bir o‘zgarishlar davri banklarga bo‘lgan 
ehtiyojni avvaliga keskin oshirib yuborgan, keyin esa kuchli pasayish ro‘y bergan. 
O‘rta asrlarda bank ishi yana rivojalana boshladi, banklarga bo‘lgan ehtiyoj yana 
kuchayib ketdi. Nafaqat xususiy banklar ko‘paydi, balki shahar ma’muriyati 
nazorati ostida faoliyat ko‘rsatadigan banklar ham paydo bo‘la boshladi. Bu 
banklar kapitalizm davrida aksionerlik korxonalar shaklidagi bankirlik firmalariga 
aylandi. Bu davrda bank binosi ma’muriy binolarga bo‘lgan tipologik talablarga 
javob beruvchi binolarga aylandi.


194 
Aynan o‘sha davrda bank pul mablag‘larini saqlash, kredit berish, pul bilan 
bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish, veksellar hisobini yuritish, pul va 
qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, oltin va xorijiy valyuta bilan bog‘liq operatsiyalar 
kabi funksiyalar bilan shug‘ullanuvchi muassasa sifatida to‘liq shakllandi. Nihoyat, 
aniq funksional vazifaga ega bo‘lgan yangi turdagi jamoat binosiga – bank 
binosiga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ldi. Universal turdagi tijorat banki esa, o‘sha 
davrda Evropadagi banklarning asosiy turi sifatida e’tirof etilgan. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish