186
3. Ovqatlanish xonalari guruhi quyidagiardan iborat:
- restoran;
- evropa taomlari restorani – oliy razryadli mehmonxonalar uchun;
- milliy taomlar restorani – oliy razryadli mehmonxonalar uchun;
- kafe;
- ekspress-kafe, kafeteriy;
- qavatdagi bufet;
- nonushtalar zali, “shvedcha stol”.
4. Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari guruhi tarkibiga quyidagi
savdo xonalari kiradi:
gazeta va jurnallar, suvenirlar,
tamaki mahsulotlari,
parfyumeriya, gul,
dori-darmon, qandolat mahsulotlari sotiladigan do‘konlar yoki
kiosklar. Maishiy xizmat ko‘rsatish xonalariga quyidagilar kiradi:
- sartaroshxona;
- sport anjomlarini ta’mirlash xonalari;
- har bir qavatdagi dazmollash xonalari;
- poyafzal ta’mirlash ustaxonasi;
- prokat punktlari;
- fotolaboratoriyalar;
- tibbiy punkt.
Turar joy xonalari
Jamoat xonalari
11.3-
rasm. Mehmonxonadagi turar joy va noturar joy xonalar joylashuvining
variantlari 1 – qo‘shilgan; 2 – qo‘shilgan-birlashtirilgan; 3 – birlashtirilgan;
4 – pavilonli.
187
5. Turistik-sog‘lomlashtirish vazifalar uchun mo‘ljallangan xonalar
guruhi:
- metodik kabinet;
- instruktorlar xonasi;
- prokat va saqlash punktlari;
- reabilitatsiya markazlari;
- trenajyorlar zali;
- psixologik zo‘riqishdan xoli qilish kabineti;
- suzish basseyni.
6. Dam olish va anjumanlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq turizm uchun
mo‘ljallangan xonalar guruhi:
- kinozal;
- zal qoshidagi ishchi xonalar;
- kutubxona, qiroatxonasi bilan;
- garderob, hojatxona, kassa joylashgan vestibyul;
- bilyardxona;
- videosalonlar;
- dam olish uchun xoll;
- artistlar uchun pardozxona.