• Toshkent-2023 Reja: Aksiz solig’i Aksiz solig’i solishdan maqsad
  • Soliqlar va soliqqa tortish




    Download 113.52 Kb.
    bet1/3
    Sana14.03.2024
    Hajmi113.52 Kb.
    #172402
      1   2   3
    Bog'liq
    aksiz
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

    SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH ” fanidan

    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: Aksiz solig’i


    Bajardi: HBA-91i guruhi
    talabasi Jalilova Shaxnoza
    Tekshirdi:  Umirov X. I.
    Toshkent-2023


    Reja:

    1. Aksiz solig’i

    2. Aksiz solig’i solishdan maqsad

    3. Aksiz solig’i bo’yicha o’zgarishlar


    1. Aksiz solig’i
    Aksiz (fransuzchaaccise — qirqib olmoq) — keng isteʼmol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim isteʼmol tovarlari: qandgugurttuztamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan maʼlum foiz hisobida koʻrinishlarida boʻladi. Aksiz davlat byudjetida daromadlarning muhim qismini tashkil etadi. Aksiz qadimgi Rimda kelib chiqgan. Hozirgi dunyo mamlakatlarida keng rivojlangan. Oʻzbekistonda 1996-yil 1-oktabrdan respublikaning oʻzida ishlab chikarilgan va uning hududiga chetdan keltirilgan tamaki mahsulotlari hamda spirtli ichimliklarni sotishda maxsus Aksiz markalari joriy etilgan.
    Davlat iqtisodiyotni tartibga solish va ichki milliy bozorni rivojlantirishda hamda himoyalashda asosan aksiz solig’iga tayanadi . Davlat soliq tizimi vujudga kelishida to’g’ri ya’ni, bevosita soliqlar shakllanib, keyinchalik davlatning vazifalari kengayib borgandan so’ng bilvosita soliqlar, xususan aksiz solig’i paydo bo’ldi va amaliyotga kiritildi. ’’Aksiz,, so’zi fransuz tilidan kelib chiqqan bo’lib , topib tanlash ma’nosini bildiradi. Aksiz solig’ining asosiy vazifasi mablag’ yig’ishdan iborat. Soliqlar xusasan, aksiz solig’i davlat budjeti daromadlari shakllantirishda asosiy soliqlardan hisoblanadi. Davlat budjeti daromadlari tarkibida eng yuqori soliq tushumlari ushbu soliqlardan tashkil topadi. Davlat aksiz solig’i orqali mamlakat hududiga ayrim tovarlarni ko’proq olib kirish yoki olib chiqish va buning aksini ifodalovchi vazifalarni bajarishi mumkin. Aksizlar- tovarlar uchun qo’yiladigan bilvosita soliqlarning bir turi bo’lib qo’shilgan qiymat solig’idan farqli ma’lum bir chegaralangan tur va guruhdagi mahsulotlarning narxiga qo’shiladi. Aksizlar tovar narxiga qo’shiladi va davlatga uning qiymatidan bir qismini olishga yoki kesib olishga imkon beradi. Ustiga qo’yilgan qo’shimcha narx mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning alohida sharoitlaridan kelib belgilanadi. Aksizni keng va tor ma’noda talqin qilish mumkin. Tor ma’noda bu tushuncha ostida , alohida tovarlarga aksizlar tushuniladi. Keng ma’noda esa aksiz tushunchasi individual aksizlarni ham ,universal aksizlarni ham qamrab oladi. Ular o’rtasidagi farqi uni undirish usuli hisoblanishi va amal qilish sohasiga bog’liq.
    Hozirgi vaqtda soliq tizimida aksizlar davlat moliyaviy resurslarini shakllanib borishi uchun muhim rol o’ynaydi. Alohida tovarlardan aksiz solig’ini undirish zarurligi ulardan budjetni to’ldirishning qo’shimcha manbayi sifatida foydalanishdan tashqari, alohida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi bilan ham bog’liqdir. Ular jumlasiga: 1. Atrof muhit holatiga va inson salomatligiga zarar keltiradigan tovarlarlar iste’molini cheklash , ya’ni alkogol va tamaki mahsulotlari, avtomobil benzini. 2. Yuqori daromad olinadigan aholi iste’moli daromadlarini qayta taqsimlashga bo’lgan ehtiyojlar. 3. Davlat monopoliyasida bo’lgan (neft, gaz ) mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiyadan kelgan yuqori daromadni qayta taqsimlashga bo’lgan ehtiyoj kabilarini kiritish mumkin Aksizlar asosan atrof –muhitga va inson salomatligiga zarar keltiradigan hamda zebziynat buyumlaridan undirila boshlangan. ushbu yondashuvga asosan, gilamlar, billur buyumlar, markali vinolar, tabiiy teridan tikilgan kiyimlar aksiz solig’i undiriladigan tovarlar ro’yhatidan chiqarilgan. Shuningdek,exportga chiqariladigan tovarlardan aksiz solig’i undirilmaydigan bo’ldi, chunki ulardan ustama to’lov sifatida bojxona to’lovlari undiriladi. Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish maqsadida joriy yilda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi. Unga muvofiq, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. 2019 yilda budjet ma’lumotlarining ochiqligini yanada oshirish maqsadida budjet mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatishning yangi tartibi belgilandi hamda ilk bor Davlat budjeti qonun tarzida qabul qilindi.Uchinchidan, davlat xizmatlarini taqdim etish va ma’muriy taomillarni tartibga solishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirildi.

    Download 113.52 Kb.
      1   2   3




    Download 113.52 Kb.