184
11.2. Mehmonxona binolarining funksional bloklari
Mehmonxonalarning barcha xonalari funksional vazifalariga bog‘liq holda 9
ta funksional guruhga bo‘linadi:
- qabulxona-vestibyul guruhi;
- turar joy-yotoq xonalari (nomerlar) va ularga qo‘shilgan xonalar guruhi;
- ovqatlanish xonalari guruhi;
- savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish guruhi;
- turistik-sog‘lomlashtirish vazifalari uchun mo‘ljallangan xonalar guruhi;
- dam olish va anjumanlar o‘tkazilishi bilan bog‘liq turizm guruhi;
- ma’muriyat va boshqaruv xonalari guruhi;
- yordamchi va xo‘jalik vazifalar uchun mo‘ljallangan xonalar guruhi;
- kommunal (muhandislik) ta’minot va vertikal transport guruhi.
1. Qabulxona-vestibyul guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- qabul xizmati va dam olish zonalari joylashgan vestibyul;
- porte va ma’murlar xonasi;
- hujjatlar saqlanadigan xona;
- garderob;
- saqlash kamerasi;
- bagajlarni tushirish va saralash xonasi;
- navbatchi xodimlar uchun dam olish xonasi;
- valyuta ayirboshlash punkti bo‘lgan bank bo‘linmasi;
- pochta bo‘linmasi, telefonlar, teletayp;
- hojatxona;
- bar peshtaxtasi;
- turli vazifalar uchun mo‘ljallangan kiosklar;
- do‘konlar.