202
3. Qo‘riqlash bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:
- nazorat markazi xonasi;
- qo‘riqchilar xonasi;
- qurol o‘qlash va tozalash xonasi;
- qurol saqlanadigan xona.
4. Ofis xonalari bloki tarkibiga bo‘limlar va bank rahbariyati uchun
mo‘ljallangan xonalar kiradi.
Tajriba
shuni
ko‘rsatayaptiki
mamlakatimizdagi
ofislar – ixtiyoriy
rejalashtirilgan amerikacha ofis-park yoki yo‘lakli sxema bo‘yicha
tashkil etilgan
ana’anaviy evropacha ofislar emas, balki xonalari anfilada tizimida o‘zaro
birlashtirilgan, ya’ni ma’lum darajada bir-biridan ajratilib
qurishga asoslangan
ofislardir:
a) bo‘limlardagi xonalar:
- kredit bo‘limi;
- aholidan omonat qabul qilish bo‘limi;
- yuridik bo‘lim;
- qimmatli qog‘ozlar bo‘limi;
- audit bo‘limi;
- valyuta bo‘limi;
- kartochkalar bilan ishlash bo‘limi;
- iqtisodiy bo‘lim;
- xo‘jalik bo‘limi;
- pensiya bo‘limi.
B) bank rahbariyati xonalari:
- qabulxona;
- bank boshqaruvchisining kabineti;
- uning o‘rinbosarlari kabinetlari.
5. Yordamchi xonalar:
- arxiv;
- blanklar saqlanadigan xona;
203
- xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xonasi;
- dam olish xonasi;
- xo‘jalik anjomlari saqlanadigan omborlar;
- sanitariya bloklari;
- texnik va muhandislik xonalari.
Yordamchi xonalar har bir blok qoshida tanlangan rejalashtirish sxemasiga
bog‘liq ravishda joylashtiriladi. Bank binosining
badiiy obrazi ijtimoiy omillar,
bank joylashgan hududdagi mavjud shaharsozlik vaziyati,
hajmli-fazoviy va
konstruktiv yechimlarga bog‘liq holda shakllantiriladi. Mamlakatimizdagi
zamonaviy bank qurilishida bank binosi tashqi ko‘rinishining ikkita yo‘nalishini
kuzatish mumkin: an’anaviy, tarixiy merosga
murojaat qilish va muayyan
me’moriy uslub alomatlari bo‘lmagan rasional yo‘nalish, ya’ni bank ofis yoki
biznes-markaz sifatida qabul qilinadi. Odatda, birinchi yo‘nalish qo‘llanilganida
salobatli va hashamdor
qiyofaga ega binogavdalanadi, ikkinchi yo‘nalishda esa –
soddaroq, xalq ommasiga yaqinroq bo‘lgan bank binolari tasavvur qilinadi.