Mehmonxona binolarining konstruktiv yechimlari




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
11.4. Mehmonxona binolarining konstruktiv yechimlari
 
Mehmonxonaning turar joy qismi, odatda, turar joy binolariga xos bo‘lgan 
konstruktiv tizimlar va parametrlar asosida loyihalashtiriladi; binoning jamoat qismini 
konstruktiv tizimi jamoat binolariga xos konstruktiv parametlardan foydalangan holda 
bajariladi. Turar joy nomerining konstruktiv o‘lchamlari, odatda, mavjud konstruktiv 
tizimlardan foydalanishga asoslangan loyihaviy yechimga ega mehmonxona sxemasi 
uchun asosiy modul bo‘lib xizmat qiladi. Mehmonxonalarni qurishda qo‘llaniladigan 
ko‘tarib turuvchi konstruksiyalar yirik panelli, karkasli, monolit betonli, hajmli 
bloklardan, mahalliy qurilish materiallaridan (g‘isht, tabiiy tosh va h.k.) bajarilishi 
mumkin. Binoning konstruktiv sxemasi ishlatilayotgan qurilish materillarining turiga 
muvofiq bo‘lishi zarur. 
Mehmonxonaning g‘ishtin binolari, odatda, 9-10 qavat balandlikda qilib 
quriladi. Bunday holatlarda, asosan, 4,8; 5,4; 6,0: 6,3 va undan kattaroq qadamli 
ko‘ndalang ko‘tarib turuvchi devorlar qo‘llaniladi. Yirik panelli binolarning 
balandligi 25 qavatgacha bo‘lishi mumkin, bunda ko‘ndalang devorlar qadami, 
odatda, katta bo‘lmaydi, chunki ko‘ndalang devorlar qadami katta (6,3 va undan 
katta) bo‘lsa, u holda nomerlararo tovush izolyatsiyasini bajarish murakkablashadi. 
Osmon o‘par mehmonxona binolari, odatda, monolit variantlarda bajarilib, bunda 
karkasli konstruksiyalardan foydalaniladi. Bugungi kunda qurilayotgan osmon 
o‘par binolarning aksariyatida ventilyatsiya qilinadigan ko‘p qatlamli osma 
fasadlar qo‘llaniladi. Binoning jamoat qismini qurishda aksariyat hollarda karkasli 
konstruksiyalar ishlatiladi. Karkasli binolarning ko‘pchiligi – ko‘p qavatli. Karkas 
kolonnalarining qadami 4,8 dan 7,2 metrgacha qilib, har 60 sm dan keyingi 
gradatsiyada qabul qilinadi. Hozirgi kunda karkassiz, monolit beton konstruksiyali 
binolarni qurish keng tarqalib, rivojlanib bormoqda. Bu kabi binolar konstruktiv 
turiga qarab monolit va yig‘ma-monolit konstruksiyalarga ajratiladi: yig‘ma-
monolit konstruksiyalarda ichki ko‘tarib turuvchi devorlar monolit qilib, tashqi 


192 
devorlar 
va 
orayopmalar 
esa – turli 
variantlarda 
bajariladi; 
monolit 
konstruksiyalarda barcha devorlar va orayopmalar – monolit temir betondan 
bajariladi. Tashqi devorlar o‘rnida yig‘ma beton panellar, yog‘och karkasli 
asbotsement panellar, vibrog‘ishtli panellar yoki donali materiallar (g‘isht va tabiiy 
tosh), vitrajlar (po‘lat, alyuminiy, yog‘och yoki boshqa bog‘lanishlar bilan) 
qo‘llanishi mumkin. Monolit imorat bunyod etishning karkassiz tizimlari ko‘p 
qavatli mehmonxona binolari qurilishida qo‘llaniladi. Bunday tizim murakkab 
geologik sharoitlarda ratsional monoblok binolar qurish imkoniyatini beradi. 
Me’moriy-fazoviy yechimlarning keng imkoniyatlari orayopmalarni qattiqlik 
yadrolari bo‘yicha ko‘tarishda qo‘l keladi va orayopmalarni rejadagi ko‘rinishini 
o‘zgartirishga, mehmonxona binosining turar joy qismidagi jamoat xonalari 
joylashtirilishi bo‘yicha yechimlarni oson hal qilishga yordam beradi. Bunda 
umumiy foydalanishdagi xonalar binoning istalgan qavatida joylashtirilishi 
mumkin bo‘lib, bu maqsadda qavatlarning eng maqbullari tanlanadi. Hajmli 
bloklardan qurilgan mehmonxonalarning ham variantlari mavjud bo‘lsada, 
aksariyat 
hollarda, 
turli 
konstruktiv 
yechimlarning 
afzal 
jihatlarini 
mujassamlashtirgan 
kombinatsiyalangan 
loyihalar 
bo‘yicha mehmonxona 
binolarini qurish keng tarqalgani. Bunda metall va yig‘ma temir-beton, monolit va 
yig‘ma monolit, karkasli tizim va sxemalar, qattiqlik yadrolari yoki qirralarining 
engil bloklar bilan birga, soyabonsimon tuzilmalar va orayopmalarning vantali 
osmalar bilan birga qo‘llanilishini uchratish mumkin. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Mehmonxona binolarining konstruktiv yechimlari

Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish