|
Soft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, Maс os, ios operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari toʻplamidir. Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval
|
Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 175,05 Kb. | | #112886 |
Bog'liq Microsoft Office
Microsoft Ofes
Reja;
soft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, Maс OS, iOS operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari toʻplamidir.
Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval, maʼlumotlar ombori va boshqalar bilan ishlash imkonini beruvchi dasturiy taʼminotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek VBA tilida yozilgan skriptlar va makroslarni qoʻllay oladi.
Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan.
Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻgʻri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Windows dasturlarining quyidagi versiyalari mavjud: Windows-3.X, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, Windows-2002, Windows NT, Windows XP va hokazo.
Office dasturlar toʻplamini esa quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim.
Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi:
- Microsoft Word — har xil koʻrinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga moʻljallangan matn muharriri.
- Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va AbiWord.
- Microsoft Excel — har koʻrinishdagi hisob—kitobli maʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan elektron jadvalli dastur.
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida).
Microsoft PowerPoint — maʼlumotlarni taqdimot, reklama
qilishga moʻljallangan taqdimot dasturi.
Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote.
Microsoft Access— maʼlumotlar ombori (bazasi) bilan
ishlashga moʻljallangan dastur.
Oʻrnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, LibreOffice Base, Kexi.
- Microsoft Publisher — har xil koʻrinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga moʻljallangan muharrir dastur.
- Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan foydalanishga moʻljallangan dastur va hokazo Uning tarkibiga taqvim, ish rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi.
- Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution, Claws Mail, Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy maʼlumotlar dispetchiri — Mozilla, Lotus Organizer и Novell Evolution.
- Microsoft InfoPath — maʼlumot yigʻish va uni boshqarish dasturi.
- Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur.
- Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur.
- Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor.
- Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur.
- Microsoft Query — maʼlumotlar omboridan maʼlumot oluvchi va koʻrib chiquvchi dastur.
- Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun moʻljallangan dastur.
- Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qoʻllab quvvatlovchi dastur.
- Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish uchun vosita.
- Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash
- https://uz.wikipedia.org/wiki/Microsoft_Office
- https://www.microsoft com/en-us/microsoft-365/microsoft-office
- https://www.microsoftcom/ru-ru/microsoft-365/microsoft-office
- https://www.goskills.com/Microsoft-Office
Foydalanilgan adabiyot va internet saytlar
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Soft Office — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows Phone, Android, Maс os, ios operatsion tizimlari uchun yaratilgan idora dasturlari toʻplamidir. Ushbu toʻplam tarkibiga turli xildagi hujjatlar: matn, jadval
|