|
Atn muharrirlari (Word, Google Docs, LibreOffice (Writer), SoftMaker FreeOffice) bilan ishlash texnologiyasi. Ishdan
|
bet | 1/3 | Sana | 16.09.2024 | Hajmi | 75,28 Kb. | | #271281 |
Bog'liq 1-Amali Matn muharrirlari
Amali Matn muharrirlari (Word, Google Docs, LibreOffice (Writer), SoftMaker FreeOffice) bilan ishlash texnologiyasi.
Ishdan maqsad: Matn protsessorlari yordamida kasbiy faoliyatga doir hujjatlarni yaratish, formatlash va tahrirlashni o’rganish.
Ishning nazariy qismi.
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o'zgartirish kerak bo'lsa uni qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi. Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq.
Matn muharrirlari haqida tushuncha:
Shaxsiy kompyuterlar paydo bo’lgandan buyon foydalanuvchilar uchun kundalik yumushlarini u yoki bu tartibda yengillashtirib beruvchi yuzlab dasturlar yaratildi. Ma`lumki inson ish faoliyati davomida ko’plab matnlarni qayta ishlashiga to’g’ri keladi. Kompyuterning yaratilishi bu borada katta imkoniyatlarni ochib berdi. Masalan: “Microsoft”, “MultiEdit” va shu kabi dasturlar ish yuritishni ancha yengillashtirdi.
Eng ko’p tarqalgan dasturlar majmui “Microsoft Office” bilan tanishamiz.
Majmua tarkibiga kuyidagi dasturlar kiradi: “Microsoft Word” – universal matn muxarriri. “Excel” – elektron jadvali.
“Access” – ma`lumotlar bazasi tizimini boshkarish.
“Power Point” – zamonaviy reklamaning eng asosiy dasturi.
Matnli prosessorlarni yozish uchun quyidagi ikki guruh taxrirlagichlar
ishlab chiqilgan. Birinchi guruh har xil darajali qiyinchilikdagi xujjatlarni tuzadi, hamda aniq vositali formatlash va grafiklarni o’z ichiga oladi. Bu guruhning tipik vakili “WINWORD”. Matnli prosessorlarning ikkinchi
ishlashga moslashtirilgan. Bu guruhga “ReadMe”, “Write”, “Bloknot” kabi programmalar kiradi. “Bloknot” eng sodda matnli muxarrirlardan biri, uning imkoniyat darajasi “Norton Commander” dagi {F4} kabi, ya`ni fakaq taxrirlab bo’ladi, shriftlarni o’zgartirib bo’lmaydi. ”Bloknot” ning imkoniyat darajasi juda past.
|
| |