• Wordda hujjat yaratish tartibi
  • Atn muharrirlari (Word, Google Docs, LibreOffice (Writer), SoftMaker FreeOffice) bilan ishlash texnologiyasi. Ishdan




    Download 75,28 Kb.
    bet2/3
    Sana16.09.2024
    Hajmi75,28 Kb.
    #271281
    1   2   3
    Bog'liq
    1-Amali Matn muharrirlari

    Word matn muharririning asosiy imkoniyatlari:
    “Word” (So’z) - hozirgi zamon matnli prosessorlaridan biridir. Word dasturi bilan ishlaganda unga har xil diagrammalar, tasvirlar, grafiklar, “Paintbush” yoki boshqa biror grafikli muxarrirda chizilgan rasmlar, hamda jadvalning biror bo’lagini qo’yish mumkin. Wordning samarali va qulay tomoni shuki, u “Write” matn muxarriri bajara olmaydigan, matnni ikki va undan ortiq kolonkalarga ajratish, matnni ramka ichiga yozish va bu ramka chizig’ining soyali va soyasiz ko’rinishini xosil qilish, bir nechta ishchi oynalar tuzish va xokazo ishlarni bajara oladi.
    Word – bu matnli va grafikli axborotlar ustida yuzlab amallarni bajaruvchi, matn muxarrirlarining ichida mukammal dasturlardan biri bo’lib xisoblanadi. Word yordamida juda tez va yuqori sifatda istalgan xujjatni oddiygina yozuvdan to murakkab nashrdagi asl maketgacha tayyorlash mumkin.
    Birinchidan, Word zamonaviy kompyuter texnologiyalarida ko’zda tutilgan an`anaviy amallarni matnlar ustida so’zsiz bajarish imkoniyatiga ega:

    • Formatlashtirilmagan alfavit-raqamli axborotlar to’plami va modifikasiyasi

    • Turli xil o’lchamli va stilli “True Type” shriftlarni qo’llagan xolda belgilarni formatlash betlarni formatlash

    • Xujjatni butunligicha formatlash

    • To’g’ri yozilganlikni tekshirish, sinonimlar tanlash va so’zlarni avtomatik ravishda ko’chirish.

    Ikkinchidan, Word matn muxarririda “Windows” ning boshqa ilovalarida tayyorlangan matnli fragmentlarni, jadvallarni, rasmlarni xujjatga kiritish imkonini beradigan yangi texnologiya imkoniyatlari mavjud.
    Uchinchidan, Word – bu maxsus nashriy sistemalarga xos bo’lgan saxifalashning ko’pgina amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan va bosmaxonada keyingi nusxalash uchun asl nusxalar yasaydigan, umumqo’llaniladigan dasturlardan biridir.
    Wordda hujjat yaratish tartibi:

      1. “Pusk” tugmasi bosiladi, ochilgan menyudan “Все программы” (yoki Программы) bandi tanlanadi. Yana menyu ochiladi, undan Microsoft Office va keyingi menyudan Microsoft Word bandlari tanlanadi. (Buni keyinchalik qisqacha Pusk- Все программы - Microsoft Office -Microsoft Word deb beramiz.).

    Bunda ekranga yozish uchun qog’oz beriladi.

      1. Menyudan “Vid” bandini tanlang.

      2. Ochilgan menyudan “Панел инструментов” bandini tanlang.

      3. Keyingi menyudan “Стандарные” bandini tanlang. Bunda ekrandagi “Меню” qatoridan keyingi asboblar paneli o’chadi.

      4. Yana 2-3 qadamlarni qaytaring. Ekrandagi o’chgan qator yana joyiga qaytadi.

      5. Menyudan Вид-Линейка bandlarini tanlang. Bunda ekrandagi gorizontal lineyka o’chadi.

      6. 6 bandni yana qaytaring. Линейка joyiga qaytadi.

      7. 5-6 qatorli matnni tering. Albatta matnning sarlavhasini ham yozing.

      8. Menyudan «Файл» - «Сохранить как» bandlarini tanlang.

      9. Ekranga ochilgan «Сохранение документа» oynasining «Имя файла» (Fayl nomi) bo’limiga klaviatura orqali o’z ismingizni tering va oynadagi “Сохранить” tugmasini bosing.

      10. Menyudan «Файл» - «Выход» bandini tanlang yoki sarlavhalar qatorining o’ng tomonida joylashgan x tugmasini bosish orqali matn muharriri ishini tugating.

      11. Пуск-Все программы- Microsoft Office - Microsoft Word banlarini tanlab Word dasturini ishga tushiring.

      12. Menyudan «Файл» -«Открыть» bandlarini tanlasangiz va ekranga “Открытие файла” muloqot oynasi chaqadi.

      13. Oynadagi ro’yxatdan ochilishi kerak bo’lgan fayl ustida sichqoncha tugmasini bir marta bosing va oyna quyidagi “Открыть” tugmasini bosing. Ekranga fayl ochiladi.

      14. Matn kursorini sarlavhaning birinchi simvoli oldiga olib kelib sichqonchaning chap tugmasini bosib turgan holda sarlavhaning oxirgi simvoligacha tortiladi va qo’yib yuboriladi. Bunda matn qopa rangga bo’yaladi, ya’ni belgilanadi.


    Rasm. Formatlash asboblar paneli 1-shriftlar o’lchami, 2-to’qroq shrift, 3 -matnning ikki
    tomonini tekislash tugmasi

      1. Sichqoncha kursorini asboblar panelining J tugmachasiga olib kelib, chap tugmasi bir marta bosiladi.(1rasm 2 raqamli tugma).

      2. Sichqoncha kursorini varaqning belgilanmagan eriga olib kelib, yana bir marta bosiladi (bunda belgilash bekor qilinadi).

      3. Menyudan «Правка» - «Выделить все» . (Butun matn belgilanadi).

      4. Asboblar panelidagi ikki tomonni tekislash tugmasini bosing.( 1rasm 3 raqamli tugma).

      5. Matnning bir qatorini belgilang.

      6. Matndan nusxa olish. Buning bir nechta usuli bor:

    1. Menyudan « Правка» -«Копировать» yoki

    2. «Standart asboblar panelidan ikkita qog’oz rasmli tugmachani sichqonchaning chap tugmasi bilan bir marta bosish orqali (2 rasmdagi 1raqamli tugma)

    2-Rasm. Standart asboblar paneli.


    1-Nusxa olish tugmasi, 2-olingan nusxani qog’ozga qo’yish tugmasi

      1. Matn kursorini yangi abzastga keltirish. Buning uchun (Enter) tugmasini bosish kerak.

      2. Matnning nusxasini qo’yish. Buning хam bir nechta usuli bor a) menyudan "Правка" - "Вставить" yoki b) "Standart" asboblar panelidan papka va qog’oz rasmli tugmachani bosish bilan amalga oshiriladi. (2 rasm, 2 raqamli tugma). Bu tugmani 3 marta bosing.

      3. Birinchi qatordagi yozuv o’lchamini 14 va rangini qizil rangga bo’yang.

    Buning uchun birinchi qatorni belgilang (15 punkt). 1 - rasmda ko’rsatilgan 1 raqamli tugmani sichqonchaning chap tugmasi bilan bosib, ochilgan ro’yxatdan 14 sonini tanlang va enter tugmasini bosing. Bunda shriftlarning kattaroq bo’lganini ko’rasiz. Shriftlarning rangini o’zgartirish uchun "Rasm chizish" asboblar panelidagi A rasmli tugmacha yonidagi uchburchakni bosing (3 rasm, 1 raqamli tugmacha) va kerakli rangni sichqoncha kursorini olib borib tanglang va chap tugmasini bosing. Rang o’zgartirishning ikkinchi usuli: Menyudan «Форматt» - «Шрифт» - «Цвет» bandlari tanlanadi.

      1. Belgilashni bekor qiling (17 punkt).

      2. Shu tarzda qolgan qatorlardagi yozuvlar o’lchamlarini 24, 36, 48 va rangini ko’k, yashil va binafshaga o’zgartiring.


    3- rasm. "Rasm chuzush" asboblar paneli. 1- Shruftlarnung rangini o’zgarturush.

      1. Menyudan «Файл» - «Выход» bandini tanlang yoki sarlavхalar qatorining o’ng tomonida joylashgan x tugmasini bosish orqali matn muharririda ishni tugating. Ekranga chiqqan muloqot oynasida “Да” tugmasini bosing.


    Download 75,28 Kb.
    1   2   3




    Download 75,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atn muharrirlari (Word, Google Docs, LibreOffice (Writer), SoftMaker FreeOffice) bilan ishlash texnologiyasi. Ishdan

    Download 75,28 Kb.