• 7.1. Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar va ularning hisobini yuritish tartibi.
  • 7.3. Banklararo hisob-kitoblar hisobi.
  • 7-mavzu. Hisob – kitob operatsiyalari hisobi (2 soat)




    Download 1,58 Mb.
    Sana21.05.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #246994
    Bog'liq
    Hisob – kitob operatsiyalari hisobi


    7-MAVZU. HISOB – KITOB OPERATSIYALARI HISOBI (2 SOAT)
    Reja:
    7.1. Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar va ularning hisobini yuritish tartibi.
    7.2. Xoʼjalik yurituvchi subektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʼlarini hisobdan chiqarish tartibi.
    7.3. Banklararo hisob-kitoblar hisobi.

    Adabiyotlar: 8, 9, 10, 11, 12, 13, 20, 21, 22, 25, 26, 27, 28



    7.1. Bank plastik kartochkalari bilan hisob-kitoblar va ularning hisobini yuritish tartibi.







    7.2. Xoʼjalik yurituvchi subektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʼlarini hisobdan chiqarish tartibi.
     Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘ida (keyingi o‘rinlarda asosiy hisobvaraq deb yuritiladi) yetarli miqdorda pul mablag‘lari bo‘lganda, mablag‘larni hisobdan chiqarish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mijozning farmoyishiga va boshqa pul-hisob-kitob hujjatlarining kelib tushishi tartibida amalga oshiriladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘ida mablag‘ unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmagan holda, pul-hisob-kitob hujjatlari 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 2-son kartoteka xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda shakllantiriladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzi bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari qo‘yilgan taqdirda, shu qarzdorlik miqdorida oldin davlat soliq xizmati organlari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalari ijrosiz qoldiriladi. Davlat ijrochilari tomonidan banklarga davlat soliq xizmati organlarining ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari raqami, sanasi, summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim qilinadi.
    Banklar shu kunning o‘zida davlat soliq xizmati organlariga ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalari to‘g‘risida elektron xabar beradi. Davlat soliq xizmati organlari shu kunning o‘zida ushbu xabarnoma asosida ijrosiz qoldiriladigan inkasso topshiriqnomalarini banklardan chaqirib oladi.
    Banklar tomonidan davlat ijrochilarining inkasso topshiriqnomalarining to‘lanmagan summasi ijroga qabul qilinadi.
    Ijroga qabul qilingan inkasso topshiriqnomalarining davlat ijrochilariga qaytariladigan nusxasining orqa tomoniga qabul qilingan summa ko‘rsatilib, bank mas’ul ijrochi xodimi tomonidan imzo chekilib, shtamp bosiladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘idagi mablag‘lar unga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun yetarli bo‘lmaganda, asosiy hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi bank 2-son kartoteka paydo bo‘lganligi to‘g‘risida 3-so‘rovnomaning “taqiq” faylini “2” belgisi bilan shakllantirib, Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasiga dasturiy ravishda yuboradi. Ushbu ma’lumotlar Bank depozitorlari milliy axborotlar bazasi orqali barcha boshqa hisobvaraqlar ochgan banklarga uzatiladi.
    Mazkur ma’lumotlar Bank depozitorlarining milliy axborotlar bazasi orqali Davlat soliq qo‘mitasiga axborot tariqasida uzatilib boriladi.
    Hisobvaraq ochgan banklar ushbu ma’lumotnomani amaliyot kuni davomida olganda, shu amaliyot kunidan kechikmagan holda, ma’lumotnomani amaliyot kunidan keyin olganda esa keyingi amaliyot kunida mazkur mijozning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan talablarni qondirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini uning asosiy hisobvarag‘iga memorial order asosida o‘tkazib berishlari shart.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘ida 2-son kartoteka paydo bo‘lgandan so‘ng, uning boshqa barcha ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochilgan banklar tomonidan pul-hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish va asosiy hisobvarag‘iga bo‘lgan to‘lovlardan tashqari boshqa to‘lovlarni amalga oshirish taqiqlanadi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqa hisobvarag‘idan to‘lovlar asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankdan uning 2-son kartotekasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi fayl ma’lumot dasturiy ravishda olingandan so‘ng amalga oshiriladi.
    Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda 2-son kartoteka mavjud bo‘lgan hollarda to‘lovlar quyidagi navbatda amalga oshiriladi:
    a) navbatdan tashqari, hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun to‘lovlar o‘tgan oy davomida uning faqat asosiy hisobvarag‘iga kelib tushgan jami tushumlarning 5 foizi miqdorigacha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga asosan o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmatidan foydalanuvchi hisobvaraq egalari uchun esa 6 foiz miqdorigacha amalga oshiriladi.
    2-son kartoteka paydo bo‘lganda, hisobvaraq egasi tomonidan ariza kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar miqdoriga bog‘liq hisob-kitob bilan birga shu oyning keyingi dekadasi birinchi sanasiga, joriy oyning uchinchi dekadasi va keyinchalik esa keyingi oyning uchinchi sanasigacha bankka taqdim qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, bevosita ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘ta muhim obyektlarni qo‘riqlovchi bo‘linmalar xizmati bo‘yicha xarajatlarni ham hisobga olgan holda zaruriy xarajatlar ro‘yxatini aniqlaydi.
    Hisobvaraq egasi kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar hisob-kitobini va arizani bankka taqdim etgan kunning ertasidan boshlab joriy oy davomida ushbu to‘lovlarni to‘liq yoki bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishi mumkin. Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun mablag‘lar limitining ishlatilmagan qismi joriy oyning oxirgi kunigacha ishlatilishi mumkin va keyingi oyga ishlatish uchun o‘tkazilmaydi.
    Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun to‘lovlar hisobvaraq egasining to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda to‘lov topshiriqnomalarining “to‘lov maqsadi” grafasida “kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar summasi hisobiga”, deb yozilgan bo‘lishi shart.
    Banklar kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limitining to‘g‘ri hisoblanganligi (aniqlashini) va unga rioya qilinishini nazorat qiladi.
    Kechiktirib bo‘lmaydigan ehtiyojlar uchun sarflanadigan mablag‘lar limiti noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlangan taqdirda, ular bo‘yicha taqdim etilgan ariza va to‘lov hujjatlari bank tomonidan ijro uchun qabul qilinmaydi;
    b) birinchi navbatda, mutanosib ravishda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hamda ish haqi to‘lash uchun pul mablag‘lari berilishini nazarda tutuvchi to‘lov (ijrochi) hujjatlari bo‘yicha, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvarag‘idan pul mablag‘larini o‘tkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni to‘lash bo‘yicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha, budjetga to‘lovlar bo‘yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan to‘lovlar bo‘yicha xo‘jalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’minlovchi ijrochi hujjatlar bo‘yicha pul o‘chiriladi;
    v) ikkinchi navbatda, navbatdan tashqari va birinchi navbatdagi to‘lovlar amalga oshirilgandan keyin asosiy hisobvaraqdan quyidagi majburiyatlarning kalendar navbati tartibida bajarilishi ta’minlanadi:
    mazkur bandning “b” kichik bandida nazarda tutilmagan boshqa ijro hujjatlari bo‘yicha inkasso topshiriqnomalari yuzasidan to‘lovlar;
    banklar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Hukumat kafolati ostida berilgan muddatli va muddatida qaytarilmagan kreditlarni (ularning foizlarini ham) qaytarish uchun qo‘yilgan mijozning talabnomalari bo‘yicha to‘lovlar;
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan berilgan budjet ssudasi, kredit liniyasi va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar;
    O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi resurslari hisobidan berilgan kreditlar bo‘yicha qarzlar va ular bo‘yicha to‘lovlar;
    g) uchinchi navbatda, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy hisobvarag‘iga qo‘yilgan boshqa pul talablari yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha to‘lov hujjatlarining kelib tushish sanasiga qarab kalendar navbatida hisobdan chiqariladi.


    7.3. Banklararo hisob-kitoblar hisobi.





    Download 1,58 Mb.




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-mavzu. Hisob – kitob operatsiyalari hisobi (2 soat)

    Download 1,58 Mb.