Toshkent arxitektura qurilish instituti




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/128
Sana26.01.2024
Hajmi18,93 Mb.
#146151
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

13.1-jadval 
Sport turi 
Uzunligi, m 
Eni, m 
Balandligi, m 
Akrobatika
36 
18 

Badminton 
15 


Basketbol 
28 
16 

Boks (ring o‘lchamlari 6x6) 
18 
12 

Og‘ir atletika 
18 


Tennis 
36 
18 

Kurash 
24 
14 

Qilichbozlik 
22 
14 

Voleybol 
24 
15 

Badiiy gimnastika 
22 
15 

Ta’kidlash 
zarurki, 
sport 
zalining 
balandligi 
turtib 
chiqqan 
konstruksiyalarning eng pastki qismigacha me’yorlanadi. 
Sportchilar uchun yechinish-kiyinish xonalari sport zallari bilan bevosita yoki 
yo‘lak orqali bog‘langan bo‘lishi zarur. 
Sport zali qoshidagi yechinish-kiyinish bloki tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- kiyim almashtirish xonasi – bir sportchi uchun 2 m
2



211 
- kiyimlarni saqlash uchun garderob – bir sportchi uchun 0,7-0,78 m
2

- dushxonalar – 7 ta sportchi uchun bitta dush; 
- sanitariya bloklari – bir smenada shug‘ullanuvchi 30 ta ayol uchun bitta 
unitaz; bir smenada shug‘ullanuvchi 50 ta erkak uchun 1 ta unitaz va 1 ta pissuar; 
- tambur-shlyuz, oyoq vannasi bilan – bir smenada shug‘ullanuvchi 20 
sportchi uchun 1 ta vanna, bitta vanna o‘lchamlari 1x0,85 m
2

Dushxonalar bevosita yechinish-kiyinish xonalari bilan, murabbiylar 
dushxonalari esa – murabbiylar xonasi bilan bog‘lanishi lozim. Instruktorlar va 
murabbiylar xonalari bir o‘rin uchun 2,5 m
2
hisobidanloyihashtiriladi, lekin bu 
xonalarning maydoni 9 m
2
dan kam bo‘lmasligi kerak. Sport korpus tarkibida bitta 
yoki bir nechta zal, yordamchi xonalar, ba’zida esa basseyn bo‘lishi mumkin. 
Yopiq basseynlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- suzish uchun hovuzlar, o‘lchamlari: 
50x24x1,8-2,3 m; 
25x24x1,2-1,8 m; 
- yechinish-kiyinish xonasi, dushxonalari va sanitariya bloklari bilan; 
- murabbiylar xonalari, dushxona va sanitariya bloklari bilan; 
- texnik xonalar. 
Yopiq va ochiq basseynlar hovuzlarining perimetrlari bo‘yicha kengligi 1,5-
2,0 metrdan kam bo‘lmagan yo‘lakcha ko‘zda tutilishi lozim. Bu yo‘lakchaning 
tramplinlar va sakrash minoralari joylashgan erdagi kengligi, ushbu qurilmalar 
o‘lchamlarini hisobga olgan holda, 4 metrdan kam bo‘lmagan qilib belgilanadi. 
Basseynda shug‘ullanuvchilar uchun dushxonalar o‘tish yo‘llarida joylashtirilishi 
zarur, sanitariya uzellari yechinish-kiyinish xonalari bilan bevosita bog‘lanishi va 
shunday joylashtirilishi kerakki, dushxonalardan o‘tmasdan turib, hovuzlarga 
o‘tish mumkin bo‘lmasligi lozim.Sun’iy muz bilan qoplangan yaxmalaklar va 
konkida yugurish yo‘laklari tarkibiga muzli yuza hosil qilish uchun zarur bo‘lgan 
barcha muhandislik va texnik xonalar majmuasi (freonli qurilmalari uchun 
kompressor xonalari, suvni yomg‘ir kanalizatsiyasiga chiqarib tashlash kanallari va 
hk.) kirishi lozim.


212 
Issiqlik o‘tkazadigan materiallardan tayyorlangan quvurlar bilan yaxlit tarzda 
bajarilgan sovituvchi plita konstruksiyasini hisoblashda muz holatini parvarish 
qiluvchi mashinalardan tushadigan vaqtincha yuklamalar hisobga olinishi zarur. 
Yopiq yaxmalaklar zallari sport zallariga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berishi 
lozim. Ochiq yaxmalaklarda quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak: isinish uchun 
vestibyul, kiyim almashtirish kabinalari – isinish va dam olish joylari, prokat 
xonalari, quritish xonalari, o‘quv sinflari, ma’muriyat xonalari. 

Download 18,93 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   128




Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish