• 14.10 -rasm.
  • Toshkent arxitektura qurilish instituti




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet104/128
    Sana26.01.2024
    Hajmi18,93 Mb.
    #146151
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
    Bog'liq
    Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    14.9-rasm.Kichik zallar sxemalarining namunalari: 
    a – tomoshabinlar o‘rinlarining ko‘chma seksiyalari asosida bajariladigan zal 
    transformatsiyasi; b – sahnasi transformatsiya qilinmaydigan zallar; v – kreslolari 
    aylanadigan zallar. 


    233 
    14.10-rasm.Sahna turlari: 
    1 – chuqur portal; 2 – chuqur uch portalli; 3 – chuqur portalsiz; 4 – panoramali; 5 –
    halqasimon; 6 – uch tomonli; 7 – markaziy. 
    14.3. Sirk binolari 
    Sirkning tomosha zali diametri 13 metrga teng manej, amfitetar, qubba, 
    estrada, orkestr xonasi, yoritish lojalari va ko‘prikchalardan iborat. Qubba 
    markazida, manejning qoq tepasida 20 metr balandlikda holqa o‘rnatilgan bo‘lib, 
    gimnastik apparaturani osish va mahkamlash uchun kolosnikli panjara montaj 
    qilinadi. Tomoshabinlar o‘rinlari joylashtirilgan amfiteatr manejni uzluksiz halqa 
    shaklida o‘rab turadi. Amfiteatr nishabligi manej har bir joydan aniq ko‘rinishi 
    sharti bilan belgilanadi va tomoshalar uchun mo‘ljallangan inshootlar orasida 
    qiyaligi eng katta hisoblanadi Manej poli va amfiteatrning birinchi qatori bir 
    sathda joylashgan. Orkestr uchun xona bosh o‘tish yo‘li tepasining artistlar o‘tish 
    yo‘li qarama-qarshisidagi tomonida estrada ko‘rinishida loyihalashtiriladi. 
    Orkestr uchun xona tepasida yoritish lojasi joylashtiriladi. Bu artistlarning 
    manejga chiqish yo‘liga yo‘naltirish bilan izohlanadi. 


    234 
    Halqasimon yoritish ko‘prikchasi manej va qubba osti yoritilishini 
    ta’minlovchi projektorlar o‘rnatilishi uchun xizmat qiladi. Sirk tomoshalari 
    texnologiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgani sababli ishlab 
    chiqarish xonalarining joylashtirilishida bir qator talablarga rioya qilish lozim. 
    Hayvonlar saqlanadigan xonalar tabiiy yoritiladi, ular faqat manej poli sathida 
    joylashtirilishi mumkin. Sirkning me’moriy kompozitsiyasi ikkita asosiy 
    yo‘nalishdagi tuzilmaga ega: tomoshalar namoyish etiladigan asosiy hajm va bosh 
    kirish yo‘li tomonidan unga yondosh qilib qurilgan ishlab chiqarish xonalari bloki; 
    yagona ixcham hajmli yechim. 

    Download 18,93 Mb.
    1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




    Download 18,93 Mb.
    Pdf ko'rish