• Mavzu
  • Tarbiyachi
  • Haydovchi” Mashinam yangi, Qip-qizil rangi. Minaman shoshmay, Yo`ldan adashmay. San’at markazi Applikatsiya
  • Qo‘shimcha
  • Mavzu: “Men haydovchi bo`laman” Maqsad




    Download 9,37 Mb.
    Sana04.12.2023
    Hajmi9,37 Mb.
    #111146
    Bog'liq
    To’ychiyeva Iroda


    Fargona viloyati Uzbekiston tumani Yaypan shaxar “Yulduzchalar ziyosi,, MTM tayyorlov guruxi tarbiyachisi
    To’ychiyeva Irodaning “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida “ Men haydovchi bo`laman ” mavzusida tashkillagan ta’limiy

    faoliyat ishlanmasi




    ( Noyabr oyining 2-haftasi)
    Mavzu: “Men haydovchi bo`laman”
    Maqsad: Bolalarni haydovchi kasbi haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Ularning faoliyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirish. Bolalarga yo`l harakati qoidalari bilan tanishtirishni davom ettirish.
    Markazlar: Avtomobil turargohi, o`yin va o`yinchoqlar markazlari.

    Faoliyatning borishi:
    Tarbiyachi: Bolajonlar bugungi mashg`ulotimizni sayr tariqasida olib boramiz. (Sayr vaqtida bolalar bilan avtomobillar turargoxi markaziga sayr qilishadi, sayr davomida bolalarga ko`cha harakat qoidalariga rioya qilishlariga ahamiyat berishlari to`g`risida ko`rsatmalar beriladi).
    Tarbiyachi: Bolajonlar avtobus, damas, yuk mashinasini boshqaruvchilarni kimlar deb ataymiz?


    Bolajonlar javobi: Haydovchilar
    Tarbiyachi: Haydovchi kasbi haqida bilganlarizi aytib beringchi!
    Bolalar javobi: Transportlarni boshqaruvchi insonlarni haydovchilar deymiz, ular havo, suv, yer trasnportlarini boshqaradi.
    Tarbiyachi: Judayam to`g`ri. (Bolalar javobini umumlashtirib haydovchilik kasbiga ta’rif beradi) Bolajonlar transport boshqaruvchilarini biz haydovchilar deb ataymiz. Haydovchilar vazifalariga ko`ra yuk tashish, yo`lovchilik qilish bilan farqlanadi. Haydovchilar nafaqat o`z mashinalarini boshqaradi balki uning ozodaligini, mashinani ichki mehanizimini yaxshi ishlashini ham ta’minlab, nosozlikni oldini olib turadilar. Chunki haydovchilar, yo`lovchilar havfsizligiga javobgardirlar. Haydovchilar yo`lovchilarni uzog`ini yaqin qilib, ularning manzillariga eltib qo`yadilar. Yuk tashuvchi mashinalarning haydovchilari insonlarning uy-ro`zg`or ishlarida nixoyatda kerakdir. Ayniqsa qurilish jixozlarini tashishda yuk tashuvchi mashinalar eng qulay hisoblanadi.
    Tarbiyachi: Bolajonlar qaysi biringizni ota-onangiz haydovchi bo`lib ishlaydi?
    1- Bola: Mening dadam avtobus haydaydi

    2-Bola: Mening akam yuk mashina haydaydi

    3-Bola: Mening dadamni damazi bor

    Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga ham haydovchilik kasbi yoqadimi?
    Bolalar javobi: Ha yoqadi men ham katta bo`lsam mashina haydayman
    Tarbiyachi: Bolajonlar haydovchilar uchun yo`l harakatini kim tartibga solib turadi?
    Bolalar javobi: Yo`l harakati nazoratchisi, svetafor tartibga solib turadi.


    Tarbiyachi: Haydovchilik kasbi juda ham mas’uliyatli kasbdir. Chunki haydovchilar insonlar hayoti uchun javobgar hisoblanadi. Nima uchunligini tushunib oldinglarmi?
    Bolalar javobi: Ha
    Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar sizlar yaxshi tushunib olibsizlar. To`g`ri haydovchilar yo`lovchilarni, piyodalarni hayotini muhofazasini har doim o`ylab, diqqat e’tiborli bo`lishlari lozim.
    Bolajonlar hozir biz sizlar bilan “Diqqat” o`yini o`ynaymiz.
    Bolalar doira shaklida turib oladilar. Boshlovchi bola tanlab olinib bolalarga to`pni birin-ketin otadi va shunday deyish kerak. “Havo transporti” kim to`pni qo`lga olsa, o`sha bola havo transporti turlarini aytishi lozim yoki bo`lmasa yerda yuruvchi transport to`p qo`liga tekkan bola yerdagi transportni sanab o`tishi kerak. Kimki transportni nomini ayta olmasa u o`yindan chiqadi. O`yin oxirida faol bola aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Faoliyatyakunida tarbiyachi bolalarga haydovchilik kasbi haqida she’r o`qib beradi.
    Haydovchi”
    Mashinam yangi,
    Qip-qizil rangi.
    Minaman shoshmay,
    Yo`ldan adashmay.
    San’at markazi
    Applikatsiya: «Qayiqlar ko‘l bo‘ylab suzmoqdalar».
    Maqsad: chiroyli kompozitsiya yasaydilar, ularni nafis elimlaydilar, qaychidan ehtiyotlik bilan foydalanishadi, jadvallar bilan ishlaydilar.
    Jihoz va materiallar: zangori va kulrang qog‘oz, rangli qog‘ozlar to‘plami, mo‘yqalam, elim, salfetkalar.
    Faoliyatning borishi:
    1.Transport turlari xususida suhbat, suratlar tomosha qilish.
    2. SHe’r o‘qish.
    3. Applikatsiya yasash.
    4. Ish o‘rnini tozalash.
    5. Ishlar ko‘rgazmasi.
    Qo‘shimcha: Badiiy adabiyotlar o‘qish, illyustratsiyalar ko‘rish.
    Nimaga e’tibor qaratiladi: elimlash ishlarini nafis bajarish. Qo‘l va barmoq bo‘g‘inlari kichik motorikasini rivojlantirish.

    Download 9,37 Mb.




    Download 9,37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: “Men haydovchi bo`laman” Maqsad

    Download 9,37 Mb.