• Yig`ilish qaror qiladi
  • Yig`ilish raisi: Sh.Jalilova Yig`ilish kotibi: M.Sattorova
  • Quva tumani 14-sonli dmttda o`tkazilgan yig`ilish bayoni




    Download 16.6 Kb.
    Sana09.06.2023
    Hajmi16.6 Kb.
    #71515
    Bog'liq
    Yig`ilish bayoni ochiq dars N.Mamaziyayeva


    Quva tumani 14-sonli DMTTda o`tkazilgan yig`ilish
    B A Y O N I
    2022-yil oktabr Guliston MFY

    Yig`ilishda qatnashdilar:


    DMTT direktori: Sh.Jalilova
    DMTT uslubchisi: M.Sattorova
    Pedagoglar: 11 nafar

    Kun tartibida



    1. Tayyorlov III guruh tarbiyachisi Mamaziyayeva Nasbaxonning savodga o`rgatish faoliyat taxlili.

    ESHITILDI:



    Yig`ilishni tashkilot direktori Sh.Jalilova boshlab ko`riladigan masalaga to`xtaldi. Tayyorlov III guruh tarbiyachisi N.Mamaziyayeva faoliyatiga to`xtaldi. Bugungi o`tkazilgan ochiq faoliyat haqida pedagoglarga so`z berdi. Tayyorlov guruh tarbiyachisi O`.Xo`janazarova faoliyat haqida o`z fikrlarini bildirdi. Faoliyat davomida yangi axborot texnologiyalardan foydalanganligi, tarqatma materiallari hamda ko`rgazmalari yetarli bo`lganligini aytdi. Faoliyat davomida tarbiyachi ko`proq didaktik o`yinlardan foydalanganligi bu bolalarni diqqatini yanada ko`proq jalb qilganligini aytdi. Tayyorlov II guruh tarbiyachisi N.Xo`jamnazarova ham so`zga chiqib faoliyat haqidagi fikrlarini bildirdi. Tarbiyachi N.Mamaziyayeva faoliyatni yaxshi olib borganligi, bolalar mavzuni to`liq o`zlashtirganliklari hamda ko`rgazmalardan to`liq foydalanganligini ta`kidlab o`tdi. Tarbiyachi o`z tavsiyalarini berdi. Bu tavsiyalar bolalarga yangilik bo`lgan o`yinlarni tashkil etish. Yangicha yondashuvlar asosida faoliyatni tashkil etish. Tarbiyachi M.Qirg`izova faoliyatni yaxshi deb baxoladi. Kichik guruh tarbiyachisi X.Boymatova ham so`zga chiqib faoliyatni tahlil qildi. U o`z so`zida faoliyatdan qoniqqanligini bildirdi, shu bilan birga tarbiyachi N.Mamaziyayevaga o`z tavsiyalarini berdi. Markazlar faoliyatida bolalar o`zlari bajargan ishlarini o`zlari tahlil qilishlarini aytdi. “So`zdan so`z yasa” o`yini unga juda manzur bo`lganligini alohida takidladi. Barcha tarbiyachilar fikr mulohazalarini jamlagan holda DMTT uslubchisi M.Sattorova bugungi faoliyatni tahlil qildi. Tarbiyachi N.Mamaziyayeva faoliyatga yaxshi tayyorgarlik ko`rgan, ko`rgazmalari tarqatma materilallari bor, lekin faoliyat davomida bolalar nutqiga kam e`tibor berdi. Mashg`ulot davomida o`tkazilgan o`yinlar bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish maqsadida bo`lganligini aytib o`tdi. Bundan tashqari mashg`ulot davomida bolalarga ko`proq savollar berib ularni eslab qolishlariga xotirasini mustaxkamlashga yordam berishini alohida ta`kidlab o`tdi. Kelgusi faoliyati davomida hamma fikr va tavsiyalarni inobatga olgan holda ish olib borilsa kelajakda bundanda yaxshi natijalarga erisha olishligini aytdi. Barcha pedagog xodimlarni fikriga asoslanib mashg`ulot yaxshi deb topildi.

    Yig`ilish qaror qiladi:

    1. Tayyorlov guruh tarbiyachisi N.Mamaziyayevani ochiq mashg`uloti tahlili haqida xodimlar fikrlari asos qilib olinsin.

    2. Yig`ilish ishtirokchilari fikrlariga aosolanib mashg`ulot yaxshi deb topilsin.

    3. Yuqoridagi qarorlarni bajarilishini nazorat qilish muassasa direktori zimmasiga yuklatilsin.



    Yig`ilish raisi: Sh.Jalilova
    Yig`ilish kotibi: M.Sattorova
    Download 16.6 Kb.




    Download 16.6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quva tumani 14-sonli dmttda o`tkazilgan yig`ilish bayoni

    Download 16.6 Kb.