• Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Assalomu-aleykum hurmatli seminar a’zolari!




    Download 33.84 Kb.
    bet1/9
    Sana18.10.2023
    Hajmi33.84 Kb.
    #88497
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Э Ъ Л О Н-Р.Abdulxayev
    4. Oʻzgaruvchilari ajralgan differensial tenglamalar. Taʼrif 1-fayllar.org

    E’LON!

    Assalomu-aleykum hurmatli seminar a’zolari!

    2023 yil 7 oktabr soat 12:00 da Namangan muhandislik-texnologiya institutining Majlislar zalida (1-bino, 1-qavat) PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04 – raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarining majlisi o’tkaziladi.
    Kun tartibi:
    01.04.10 – “Yarimo’tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo’yicha Abdulxayev Abrorbek Abdulloxon o’g’lining «Kremniy asosidagi metall-shisha-yarimo’tkazgich strukturalarining elektrofizik parametrlariga tashqi omillarning ta’siri» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi muhokamasi.
    Taqrizchilar: f-m.f.d., prof.: I.N. Karimov (AndDU)
    f-m.f.d., prof.: K.E.Onorqulov (FarDU)

    Dissertatsiya ishi Namangan muhandislik-texnologiya institutida bajarilgan.



    Ilmiy raxbar: f-m.f.d., prof. O.O.Mamatkarimov.

    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
    Jahonda, zamonaviy elektronikaning bazaviy elementlari hisoblangan metall-dielektrik-yarimoʻtkazgich (MDY) strukturalar asosidagi maydon tranzistorlari, xotira elementlari, integral mikrosxemalar ishchi xarakteristikalarining turli taʼsirlarga chidamli va barqaror boʻlishini taʼminlash masalalariga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda fan va texnikaning rivojlanishi ixcham va tashqi taʻsirlarga chidamli xamda o'ta sezgir bo'lgan yarim o'tkazgichli asboblar yaratishni talab qilmoqda. Bu borada, jumladan dielektrik va yarimoʻtkazgich chegara boʻlimi sohalarida roʻy beradigan fizik jarayonlar mexanizmlarini yanada oydinlashtirishga qaratilgan tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Jahonda, yarimo’tkazgichning asosiy materiali hisoblangan kremniyga asoslangan tuzilmalarni yaratish hamda yarimo’tkazgich-dielektrik strukturalarning elektrofizik hossalariga har tomonlama bosimni, o’ta yuqori chastotali ishlovni, ultratovushli hamda termosiklik ishlovlar ta’sirini o’rganish bo’yicha juda keng ko’lamli ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu yo’nalishda jumladan, MDY strukturalar asosidagi qurilmalar integratsiya darajasini oshirish; dielektrik yarimoʻtkazgich chegara sohasida zaryad tashuvchilar shakllanish tezligi va miqdorini katta aniqlikda boshqarish; MDY asosli qurilmalarning turli xil tashqi taʼsirlarga chidamliligini taʼminlash bo’yicha tadqiqotlar ustuvor hisoblanmoqda. Shu bilan birga kremniy asosidagi metal-shisha-yarimo’tkazgich strukturalarning elektrofizik parametrlariga tashqi omillarning ta’sirini tadqiq etish dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda.
    Mamlakatimizda ilm – fan rivojiga, xususan, yarimo’tkazgich-dielektirik asosidagi ilmiy izlanishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yurtimizda ilm-fanni yuksaltirish va uni yanada amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur fundamental tadqiqotlar negizida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, xususan “Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish”1 kabi bir qator vazifalar belgilab berilgan. Shuningdek, ion sintezi asosida yangi fazani shakllantirish, uch qatlamli strukturalar sirt xossalarini tadqiq etish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi PQ-4779-son “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hamda 2021 yil 19 martdagi PQ-5032-son “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorlari, 2022 yil 9 sentyabrdagi PF-220-son “Energiya tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

    Download 33.84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 33.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Assalomu-aleykum hurmatli seminar a’zolari!

    Download 33.84 Kb.