|
Mavzu: uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi
|
Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #240152 |
Bog'liq Holmatov H.Ishqorga bardosh beton uchun to\'ldiruvchilar Qurilish materiallari konstruksiyalarini ishlab chiqarish yo’nalishi S19-20 guruh talabasi Holmatov Humoyun Mavzu: ISHQORGA BARDOSH BETON UCHUN TO’LDIRUVCHILAR BETON UCHUN ISHLATILADIGAN TO’LDIRUVCHILAR
Betonda yirik va mayda to’ldiruvchilar qo’llaniladi.Donalari 5mmdan kattaroq yirik to’ldiruvchilarni shag’al va chaqiq tosh turlariga ajratiladi.
- To’ldiruvchilar betonning 85-90 % hajmini egallab ,uning hususiyatlariga,uzoq muddatga chidamliligi va narxiga ma’lum daraja ta’sir ko’rsatadi.
- Donadorlik tarkibi bo‘yicha shlaklar mexanik aralashma bo‘lib, donalari o‘lchami asosan 0,16 - 30 mm dan tashkil topgan yirik va mayda to‘ldiruvchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Barcha yoqilg‘i shlaklarini asosiy, nordon va neytral sinflarga bo‘lish mumkin. Toshko‘mir shlaklari asosan nordon bo‘ladi. Tarkibida 40 % gacha CaO va yuqori miqdorda temir oksidi mavjud bo‘lgan qo‘ng‘ir ko‘mir va slanetslar asosiy shlaklar sinfiga kiradi.
- Kulshlakli to‘ldiruvchilar (O‘zRSt 690-96). Kul va shlaklarning xossalari yoqilg‘ining xili va kuydirish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Antrotsitli va toshko‘mirli shlaklarni donasimon, qo‘ng‘ir ko‘mir shlaklarini esa mayda changsimon ko‘rinishda kuydirilganda eng maqbul g‘ovakli tuzilish hosil bo‘ladi.
- Shlakli pemza suniy g‘ovak to‘ldiruvchilarning samarali xillaridan biri hisoblanadi. Shlakli pemzaning tuzilishi g‘ovaklantiriladigan eritma tarkibi va xossalariga bog‘liq bo‘ladi. Shlakli pemza yuqori haroratli (1200 - 1250 0S) shlak eritmasini suv, havo bosimi va bug‘ yordamida tez sovutish orqali olinadi. Bunda asosan sachratish-transheya, hovuzda sovutish, suv purkash va gidroekran usullari qo‘llaniladi.
- Shlakli pemza yirik to‘ldiruvchi sifatida 5 - 10, 10 - 20 va 20 - 40 mm, mayda to‘ldiruvchi sifatida esa 0,16 - 1,25 va 1,25 - 5 mmli fraksiyalarda tayyorlanadi. Uyma zichligi bo‘yicha esa shlakli pemza shag‘ali 400, 450, 500, 550, 600, 650, 700, 750, 800, 850, 900, qumi 600, 700, 800, 900 va 1000 markalarga bo‘linadi. Shlakli pemza donalaridagi g‘ovakliklar o‘lchami 0,04 - 4,5 mm, g‘ovakligi 50 - 78 %, suv shimuvchanligi 10 - 55 %, sovuqbardoshligi esa 15 sikldan kam bo‘lmasligi kerak. Shlakli pemza o‘rtacha zichligi va mustahkamlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha konstruksiyabop va issiq saqlovchi yengil betonlar uchun arzon va samarali to‘ldiruvchi sifatida qo‘llaniladi.
Betonga kul changini qo‘shilma sifatida kiritish orqali qumning bir qismini almashtirish va sement sarfini kamaytirishga erishish mumkin. Betonga qo‘shiladigan kul miqdori odatda 150 - 250 kg/m3 va undan ko‘proq olinadi. Beton tarkibiga dispersligi 3000 - 4500 sm2 /g bo‘lgan kullar 70 - 90 kg/m3 qo‘shilganda betonning suv talabchanligi amalda o‘zgarmaydi. Kul miqdori 300 kg/m3 va undan ortiq bo‘lganda esa betonning suv talabchanligi har 50 kg kulga 5 - 6 % ortadi. Keramzitbeton ishlab chiqarishda esa kullar mayda to‘ldiruvchi sifatida samarali qo‘llaniladi. Betonning zich tuzilishini hosil qilish uchun mayda fraksiyalar miqdori (0,16 mm dan kichik) massasi bo‘yicha 40 - 50 % tashkil etishi kerak.
Kerazitbeton tarkibiga 180 - 200 kg/m3 kul qo‘shilishi yengil beton qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilaydi, zich va mustahkam tuzilish shakllanishini taminlaydi. Konstruksiyabop issiq saqlovchi keramzitbeton uchun kul miqdori 300 - 450 kg/m3 gacha olinishi mumkin. Ishlab chiqarish tajribalaridan malumki, kulShlakli aralashmalarni beton uchun asosiy to‘ldiruvchi sifatida qo‘llash iqtisodiy jixatdan ancha tejamli hisoblanadi. Chunki shlakli aralashma qum va shag‘alning donadorlik tarkibini yaxshilaydi, changsimon kullar esa faol mikroto‘ldiruvchi vazifasini o‘taydi, qorishmaning bog‘lanuvchanligi va boshqa xossalarini yaxshilaydi va sementdan foydalanish koeffitsienti samarasini oshiradi. Bu esa chiqindisifat kulshlaklarning qo‘llanilish sohasini kengaytiradi. Donalangan yoqilg‘i shlaklari (O‘zRSt 693-96). Toshko‘mirni yoqishdan hosil bo‘ladigan donalangan shlaklarning tarkibi temirli qoldiq birikmalaridan iboratligi bilan tavsiflanadi. Qo‘ng‘ir ko‘mir shlaklari yuqori miqdorda glinozem yoki kalsiy oksidi, kamroq miqdorda temir oksididan iborat bo‘ladi. Slanetsli shlaklar esa yuqori kalsiyli hisoblanadi.
Donalangan yoqilg‘i shlaklari beton qorishmasining reologik va texnik xossalariga sezilarli tasir ko‘rsatadi. Jumladan, beton qorishmaning qulay joylanuvchanligi yaxshilanadi, suyuq beton qorishmasini beton nasoslar bilan tashish mumkin bo‘ladi va h.k. Bunday shlaklar asosidagi betonlar tuzilishi va xossalariga ko‘ra tabiiy to‘ldiruvchilar asosidagi betonlardan farq qiladi. Donalangan shlaklardan tayyorlangan betonlarning buzilishi ham sement toshi (qorishma) bo‘yicha va ham shlak bo‘yicha sodir bo‘ladi. Tuzilishning bunday buzilishi tarkibning bir jinsligidan va to‘ldiruvchining qorishma bilan mustahkam birikkanligidan darak beradi. Tabiiy jinslardan olinadigan to‘ldiruvchilarni donalangan yoqilg‘i shlaklari bilan almashtirish sement sarfining kamayishiga olib keladi (donadorligining sifatliligi hisobiga). Hozirgi paytda donalangan yoqilg‘i shlaklarini beton uchun to‘ldiruvchi sifatida (shuningdek, mikroto‘ldiruvchi) qo‘llash bo‘yicha yetarlicha tajribalar mavjud. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, sanoat korxonalari chiqindilari, xususan, metallurgiya shlaklaridan beton to’ldiruvchilar ishlab chiqarishda foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan to’ldiruvchi va betonning tannarxi kamayadi, chiqindilarni tashish, utilizatsiya qilish xarajatlari kamayishiga, atrof muhit va ekologiya tozaligiga erishiladi, korxonaning iqtisodiyoti o‘sishi ta’minlanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
|
| |