168
Maktab
binosining pavilon ko‘rinishidagi turi o‘quvchilar yoshini hisobga olib
turib birlashtirishning maksimal darajasi ta’minlanishiga imkoniyat yaratadi.
Bunda
bloklarni funksional vazifalar bo‘yicha ajratishga, gigienik talablarni maksimal tarzda
hisobga olishga erishiladi. Pavilon ko‘rinishidagi sxema iqlimi issiq hududlar uchun
qo‘llaniladi.
Maktab binosining markazlashgan-blokli turi amaliyotda keng qo‘llaniladigan
namunaviy loyihalarga asoslanadi. Maktab binosining
perimetrli turi yopiq hovli
atrofida shakllantiriladi. Umumta’lim
muassasasining rivojlangan markazli loyihasi
yirik maktablar qurilishida qo‘llaniladi, bu turdagi o‘quv
muassasalarining loyihasi
o‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini oqilona tashkil qilish imkoniyatini
beradi. Ichki hajmi yirik bo‘lgan
kompakt (ixcham) turga mansub o‘quv
muassasalari. Maktab binolarining o‘ta kompakt (ixcham) va rejalashtirilishi
o‘zgaruvchan bo‘lgan turi maydonlardan samarali foydalanishni ta’minlab, an’anaviy
turdagi maktab binolaridagi yacheykali strukturani o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Umuman olganda, maktab binolarining kompozitsion
rivojlanishida uchta asosiy
yo‘nalishni ajratish mumkin: markazlashtirilgan,
markazlashtirilmagan, rivojlangan
markazli tizim.