• BITIRUV MALAKAVIY ISHI BMI rahbari: Amaliy san’at va dizayn kafedrasi dotsenti : Isakova M.B
  • Mundarija: Kirish……………………………………………………………………………… I BOB. Mehmonxona binosining metodologik asoslari.
  • II BOB. “Xususiy mehmonxona” binosining me’moriy va interyer yechimlari loyihasi.
  • Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti




    Download 7.01 Mb.
    bet1/12
    Sana10.05.2022
    Hajmi7.01 Mb.
    #20627
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    diplom ishi. PARVINA
    9, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, k g 7-mavzu, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar



    O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI
    KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI

    “Himoyaga ruxsat etilsin”


    Amaliy san’at va dizayn fakultet dekani
    F. A. Mannopov
    « » 2022 yil
    5150900 – Dizayn (Interyerni loyihalash) ta’lim yo’nalishi talabasi

    Eshmamatova Parvina Norqobil qizining


    “Xususiy mehmonxona” binosining me’moriy va interyer yechimlari loyihasi mavzusidagi




    BITIRUV MALAKAVIY ISHI


    BMI rahbari: Amaliy san’at va dizayn kafedrasi
    dotsenti : Isakova M.B

    “Himoyaga tavsiya etilsin”


    Amaliy san’at va dizayn kafedrasi mudiri:
    N.R.Mannopova
    « » 2022 yil

    Toshkent – 2022


    Mazkur bitiruv malakaviy ishi “Amaliy san’at va dizayn” kafedrasida bajarilgan.


    “Amaliy san’at va dizayn” kafedrasida 20 yil ____________ dagi № _________- sonli majlisda hamda “Amaliy san’at va dizayn” fakultetining «___»______ 20___ yildagi № - sonli fakultet Kengashida muhokama etilgan va himoyaga tavsiya
    etilgan.

    Bitiruv malakaviy ishi himoyasi 2022 yil « » iyun soat : da Kamoliddin


    Behzod nomli Milliy rassomlik va dizayn institutida o’tkaziladi.
    Manzil: Yakkasaroy tumani, Askiya ko’chasi 27-uy.

    Mundarija:

    Kirish………………………………………………………………………………




    I BOB. Mehmonxona binosining metodologik asoslari.

    1.1.Loyihalanayotgan ob’yektlarni analogik materiallar orqali tahlil qilish va o’rganib chiqish …………………………………………………………………...


    1.2.Mehmonxona binosining tipologiyasi…………………………………………
    1.3.Mehmonxona binosining arxitektura va qurilish me’yorlariga asosan funksional yechimlari…………………………………………………………………...............
    I-bob bo’yicha hulosa


    II BOB. “Xususiy mehmonxona” binosining me’moriy va interyer yechimlari loyihasi.

    2.1.Mehmonxona binosining me’moriy va interyerlar yechimidagi asosiy tamoyillari…………………………………………………………………………...


    2.2.Mehmonxona binosining badiiy va konstruktiv yechimlari…………………….
    2.3.Mehmonxona binosining interyerlarida uslubiy yechimlarni tahlili…………………………………………………………………………………
    Umumiy hulosalar
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    Ilovalar
    Kirish
    Turizm o’zining ko’p qirrali tarkibi bilan jamiyat hayotining barcha sohalariga faol ta’sir o’tkazib kelmoqda. U iqtisodiyotning ko’pgina jabhalarini rivojlantirishga imkon tug’diradi. Jumladan, transport tarmoqlari, aloqa, yo’l qurilishi, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, kammunal xo’jaligi, maishiy xizmat ko’rsatish, servis sohasi, savdo tarmoqlari va h.k. Turizimni rivojlantirish bir vaqtning o’zida o’ziga xos dam olish, hordiq chiqarish, ko’ngil ochar maskanlar industriyasini tashkil etib, o’z o’rnida sayyohlarga sifatli xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bir qator sohalarni qamrab oladi.
    Turizm sohasi hozirgi kunda jahondagi eng serdaromad sohalardan biri bo’lib, uning iqtisodiyotdagi ulushi tobora ortib bormoqda. Shuning uchun ko’pgina mamlakatlar turizm sohasini rivojlantirmoqdalar. Jumladan mamlakatimizda ham bu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekiston bo’y turistik salohiyatga va turizimni rivojlantirishning barcha imkonyatlariga ega, shu sababli mamlakatimizda turizim sohasini rivojlantirish uchun turli chora tadbirlar, Prezidentimiz qaror va farmonlari ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda. Jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2018 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” PF-5326 sonli farmoni, 2018 yil 6 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo’yicha qo’shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-3509 sonli va “ O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining turizimni rivojlantirish bo’yicha faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3510 sonli qarorlari , 2018 yil 7 fevraldagi “ Ichki turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3514 sonli qarori, 2019 yil 5 yanvardagi “ O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5611 sonli Farmoni shular jumlasidandir. Umume’tirof etilayotgan yuzlab tarixiy yodgorliklarimiz, tog’lar, dasht va cho’llarni o’z ichiga olgan go’zal va betakror tabiati, mamlakatimizda yashayotgan xalqlarning ma’naviy-etnik merosi kabilar dunyoning turli burchaklarida yashayotgan xalqlarni O’zbekistonga jalb qilmoqda. Shu sababli, mamlakatimizda mintaqalar kesimida turizm sohasini rivojlantirishni tadqiq qilish, ularning muammo va kamchiliklarini o’rganish, rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish, mintaqaviy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish kabilar eng muhim masalalar safiga kiradi.
    Shu jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning maqsadi davlatimz kelajagiga mustahkam poydevor qurishdan iboratdir. Bu poydevor sog’lom, yetuk va barkamol shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazish natijasida yaratiladi. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun qabul qilindi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. O'zbekiston buyuk kelajagining poydevori bugun qo'yilmoqda, kelajak arxitekturasining asoslari ham hozirgi yosh avlodning bunyodkorlik mehnati bilan yaratilmoqda. Shu sababli yangi tarixiy davrda O'zbekiston arxitekturasini taraqqiy ettirish, yo'nalishlarini to'g'ri belgilash juda katta ahamiyatga ega. Har qanday fan va kashfiyotning xam o'tmishi, hozirgi kuni va kelajagi mavjud bo'lgani kabi arxitektura xam o'zining barcha borlig'i bilan bundan mustasino emas. Bugungi kundagi mamlakatimizga tashrif buyuruvchi turistlar sonining yildan-yilga oshib borishi mamlakatimizdagi turizm sohasini rivojlanib borayotganligi va yurtimizning qadimiy obidalarining betaror ko‘rinishga ega ekanligi hisoblanadi. Shuningdek, yurtimizda yangi zamonaviy mehmonxonalar barpo etish va jaxon talablariga javob beruvchi servis xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish kabi ishlar orqali mamlakatimiz turizm salohiyati jadal rivojlanmoqda.



    Download 7.01 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 7.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti

    Download 7.01 Mb.