Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti




Download 7.01 Mb.
bet12/12
Sana10.05.2022
Hajmi7.01 Mb.
#20627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diplom ishi. PARVINA
9, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, k g 7-mavzu, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar
Eshik va deraza elementlari


Deraza va vitrajlar xonalarni tabiiy yorug'lik bilan ta'minlovchi asosiy konstruksiya bo'lib hisoblanadi. Eshik va rom, vitraj elementlari o'rnatilgan tartibida QMQ va SHNQ talablari asosida loyihalashtirilgan bo'lib, insalyatsiya, olovbardoshlik, mo'tadil darajadagi xaroratni saqlash va zamonaviy me'morchilik talablariga javob berish kerak. Mazkur elementlar talab bo'yicha yog'och, alyuminiy, plastik ashyolar va quyosh nurlarini kamaytiruvchi oynalardan tayyorlanadi. Derazalar bir qavat, ikki va uch qavat oynalangan bo'lishi mumkin. Bir qavat oynalangan derazalar issiq iqlimli rayonlarda ishlatiladi. Iqlimi yumshoq rayonlarda joylashgan binolarda ikki qavat oynalangan derazalar qo’llanilib, bunda oynalar oralig'ida ma‘lum qalinlikda havo qatlami bo'ladi. Qattiq sovuq iqlimi rayonlarda uch qavat qilib oynalangan derazalar ishlatiladi. Derazalar asosan uch xil konstruktiv elementdan, ya‘ni deraza romi (kesakisi), panjarasi va deraza osti taxtasidan iborat bo'ladi. Deraza kesakisi yog'och g’o’la va taxtalardan yasalib, ularga deraza panjaralari mahkamlanadi. Katta derazalarning mustahkamligini oshirish uchun ularning kesakisi ichidan qo'shimcha vertikal va gorizontal taxtachalar o'rnatiladi. Derazaning yuqori qismida joylashgan ochilmaydigan bo'lagi ―framuga” deb ataladi. Deraza tavaqalari va framugani o’rab turuvchi (karkas) va uni orasida (ichida) joylashgan hamda tavaqalari kichik turlarga ajratuvchi gorizontal va vertikal bruslar deraza panjaralari deb ataladi. Qurilishda tabaqa panjaralari tutash bo'lgan derazalar keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Bunda tashqi va ichki derazalar panjaralari go'yo bir butun tavaqali derazadek yaqin joylashgan bo’ladi. Bunday derazalarda yog‘ochni 30% tejash, narxini 10% arzonlashtirish va og’irligini 1,5 marta kamaytirish mumkin bo’ladi. Bunday derazalaming kamchiliklaridan biri xona issiqligini 25% yo'qotish liisoblanadi. Ularda oynalari orasidagi masofa 47 mm bo’lib, deraza panjaralari bir-biri bilan burama mixlar yordamida tutashtiriladi. Hozirgi qurilishda derazalarning yangi, progressiv konstruksiyalari, ya’ni bir qavatli oyna paketlar qo'llanilmoqda. Bunday paketlar orasida havo qatlami bo’lgan ikkita yonma-yon oynalardan tuzilgan bo’lib, rezina yoki plastmassa ramkaga solingan bo’ladi. Hozir yog'och deraza panjaralari o'rnida chirimaydigan, ko‘rkam plastmassa derazalari keng tarqalmoqda. Hozirgi me’morchilikda struktura elementlari oralig’ini to’ldiruvchi oynaband devorlar, yaxlit panellar va yaxlit devorlar keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Lekin binolarda oynalanish darajasi qancha katta bo’lsa, shuncha ko‘p issiqlik yo‘qotiladi, yozning issiq kunlarida esa bino ichida harorat ko’tarilib ketishi mumkin. Loyihalashtirilayotgan Mehmonxona binosining oynalari vitrajli oynalardan iborat bo’lib, hozirda amaliyotda vitrajlarni qo’llash ham ko'proq uchramoqda. Ular bir qavatli, ikki va uch qavatli oynalardan iborat bo’ladi. Vitrajlar butun bino devorlarini almashtirishi mumkin. Ular vertikal va gorizontal lentasimon ko'rinishga ega bo’ladi. Vertikal vitraj binodan bo'rtib chiqqan yoki bino devori sathida joylashgan bo’lishi mumkin. Vitrajlar oynasi vertikal yoki qiya qilib o ‘rnatiladi. Ular ancha mustahkam bo’lishi bilan birga issiqlik va havo o’tkazmaslik xususiyatlari ham bor. Vitrajlar qurilish maydonchalarida yig’iladi. Oxirgi 10—14 yil ichida imoratlarga munosabat keskin o'zgardi. Respublikamizga chet ellardan keltirilgan turli-tuman loyihalar asosida katta va noyob imoratlar qurilishi avjiga chiqib ketdi. Ularning aksariyati har tomonlama mukammal, chiroyli va zamonaviy materiallar, konstruksiyalar asosida qurilmoqda. Ko‘pincha, quyma -monolit temir-betondan devorlar, konstruktiv elementlar, o’ta antiqa zinalar, eshik va derazalar, turli-tuman pollar va ayniqsa, hashamatli lift konstruksiyalari joriy etilmoqda.


Liftlar

Odamlar va yuklar vertikal yo'nalish bo'yicha tashish uchun mo'ljallangan kabinali muhim ko'tarish ishlari liftlar tomonidan amalga oshiriladi. Elektr yordamida kanatli chig'ir bilan ko'tarib tushiruvchi mexanik lift eng keng tarqalgan. Liftlar harakatlanishiga ko'ra sekin (1m/sek), tez(1.5m/ sek) va juda tez (3,5m/sek va undan ortiq) xarakatlanish xillari bor. Xavsizlikni ta'minlash uchun kabinalar kamida 2 kanatda ishlaydi. Liftlarning xavsiz ishlashini ta'minlash maqsadida kabinani ushlab qoluvchi va tezlikni cheklovchi qurilmalar o'rnatiladi. Mehmonxonadagi 11 ta lift mavjud bo‘lib, shulardan 4 ta lift yuk ko‘tarishga mo‘ljallangan. Qolgan 7 ta liftning 3 tasi xizmatchilarga va 4 tasi mexmonxona mijozlari uchun mo‘ljallangan





1 Karimov I.A.Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirish. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2010. – 80 b.

2  OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


3 Mehmonxona turlari bo‘yicha Yu.F.Volkovning «Ekonomika gostinichnogo biznesa» ( Izd. 2-ye.- Rostov n/D.: Feniks, 2005. –112-113 s.) asarida keltirilgan turlardan foydalangan holda muallif tomonidan tuzildi.


Download 7.01 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 7.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti

Download 7.01 Mb.