Darsning texnologik xaritasi
Mavzu:
|
O`rganilgan materialni mustahkamlash
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar
|
qo’shish, ayirish, ko`paytirish, bo`lish, rim raqamlari
|
Mavzuga ajratilgan vaqt
|
45 daqiqa
|
Mavzuning qisqacha ta`rifi:
|
II chorakda o`tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash
|
O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Dars turi
|
O`quvchilarning bilim , ko`nikma va malakalarini umumlashtiruvchi dars
|
Metodi
|
O`quvchilarni faollashtiruvchii metodlardan foydalanish
|
Shakli:
|
Jamoa, guruh va har bir o`quvchi bilan ishlash. “Meni tushun”, “Antiqa rassom”, “Tangram” o`yinlari
|
Jihozlari
|
darslik, mavzu asosida tayyorlangan slayd, ko`rgazmali va tarqatma materiallar
|
Nazorat usuli
|
og`zaki va yozma, savol-javob kuzatish, o`zini –o`zi nazorat qilish
|
Baholash
|
Ballik reyting tizimi
|
Darsning maqsadi
Ta`limiy:
|
O`quvchilarning II chorak davomida olgan bilimlarini esga solish va takrorlash
|
Tarbiyaviy:
|
Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan fazilatlarini tarbiyalash
|
Rivojlantiruvchi:
|
Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o`quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish
|
Kutilayotgan natija:
|
Dars yakunida o`quvchilar mavzudan olayotgan bilimlarini mustahkamlaydilar va mantiqiy fikrlashga o`rganadilar
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish nomi
|
Metodi
|
Vaqti
|
I bosqich
Tashkiliy qism
Ehtiyojlarni aniqlash
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.
Ma`naviyat daqiqasi o`tkaziladi. Dars davomida rioya qilinishi lozim bo`lgan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori e’lon qilinadi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
2 daqiqa
|
II bosqich
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Uy vazifasini tekshirish
O`tilgan mavzuni mustahkamlash
|
Suhbat (tarqatma materiallar asosida)
|
2 daqiqa
|
III bosqich
Yangi mavzu bayoni
|
Har bir guruh a`zolari amntiqiy topshiriqni bajaradilar
She`riy usulda masalalarni tez va to`g`ri bajaradilar
Muloqot: “uchburchak va to`rtburchak” haqida sahna ko`rinishi
Arab raqamida berilgan sonlarni rim raqamlarida, doskada yozma bajartiriladi
“Juda qiziq” nomli ma’lumotlar aytadilar
Krossvordlar guruhlarda bajartiriladi
Bir necha sonni ustun usulida doskada qo`shadilar
“Antiqa rassom” o`yinini doskada bajaradilar
“So`zdan so`z” o`yini
|
Muammoli izlanish
Muloqot
Izlanish
Og`zaki
Muammoli izlanish
izlanish
|
3 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
4 daqiqa
2 daqiqa
3 daqiqa
|
IV bosqich
Mustahkamlash
|
“Tangram” o`yini. Kvadrat qismalridan shakl yasash. “Guruhingni olg`a boshla” savollariga javob berish
|
Muammoli izlanish
Savol-javob
|
5 daqiqa
5 daqiqa
|
V bosqich
Baholash
|
O`quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, ollgan baholari e’lon qilinadi
Dars yakunlanadi
|
|
2 daqiqa
|
VI bosqich
Uyga vazifa
|
9-10-misol va masalalar uyga vazifa qilib beriladi.
Uyga vazifa o`quvchilarga tushuntiriladi.
|
Tushuntirish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi
I Tashkiliy qism.
Navbatchi o`quvchining axboroti tinglanadi.Bugunga dars turi o`quvchilarga aytiladi. O`quvchilar stol ustida turgan kartochkalardan bittadan olishadi. Kartochkasiga qaysi guruh nomi yozilgan bo`lsa o`sha guruhga borib o`tiradilar. Shu tariqa “Masofa”, “Vaqt”, “Tezlik”, “Uchburchak”, “To`rtburchak” guruhlariga bo`lib olinadi. So`ngra har bir guruhning salomlashuv she`rlari tinglanadi.
“Tezlik” guruhi:
Falakning yulduzi bor,
Kechaning kunduzi bor.
Dildan aytilgan kalom-
Go`zal o`zbek so`zi bor:
“Assalomu alaykum!” – (hamma)
“Vaqt” guruhi:
Quyosh yorug` nur bilan,
Bahor go`zal gul bilan.
Odob doim u bilan,
“Assalomu alaykum!”- (hamma)
“Masofa” guruhi:
Kattalarga hurmat bor,
Kichiklarga izzat bor.
Salomda zo`r hikmat bor.
“Assalomu alaykum” – (hamma)
“Uchburchak” guruhi:
So`zlarning eng shirini,
Ochiq aytay sirini.
Odob bog`in sharbatin
Qalb gavharin qimmatin
Qo`l berib shu so`z bilan
Dillar qulfin ochamiz
Qaysi shirin so`z ekan?
“Assalomu alaykum!” – (hamma)
“To`rtburchak” guruhi:
Salom sizga ustozlar
Dono suhbati sozlar
Shogirdlardan ko`p salom
Salom sizga assalom (hamma)
O`qituvchi:
- Shioringiz qanday?
“Tezlik” guruhi: -“Kuch bilim va tafakkurda”
“Vaqt” guruhi:-“Ilmli kishi xor bo`lmas”
“Masofa” guruhi:-“Doim olg’a intilish”
“Uchburchak” guruhi:-“Intilganga tole` yor”
“To`rtburchak” guruhi:-“Har sohada a`lo natijaga erishish”
O`qituvchi:
O`quv qurol shaylandi.
Yaxshi, yaxshi donolar,
So`zi shirin a’lolar.
Tayyormisiz bahslashishga
Bilimingiz oshirishga?
O`quvchilar:
Boshlay qoling ustozjon!
“Tezlik”:
Biz bo`lamiz birinchi
Qani yetib ko`ring-chi!
“Vaqt” :
Dars qilganmiz hamma vaqt,
Bizga bo`lar baland taxt!
“Masofa” :
Biz ham ortda qolmaymiz
So`nggi o`rin bo`lmaymiz!
“Uchburchak” :
Chiqinh maydon kutmasin
Qimmat vaqtlar o`tmasin!
“To`rtburchak” :
Guruhimiz sog`lomdir
Bahslashishga tayyordir!
II O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Birinchi shartimizda har bir guruh o`z nomlariga ta`rif beradilar. Masalan, “Uchburchak” guruhi “Uchburchakning 3 ta uchi va 3 ta tomoni bor. Uchburchaklar teng yonli, teng tomonli va turli tomonli uchburchaklarga bo`linadi. Uchburchakning perimetri uchala tomon uzunliklarini qo`shish orqali topiladi”.Ularning javoblariga qarabball beriladi.
Ikkinchi shartimizda har bir guruh a`zolariga mantiqiy topshiriqlar beriladi: “Karim, Salim, Vali va Po`lat mos ravishda 3,4,5 va 6-sinflarda o`qiydilar. Po`lat a`lochi, undan ukalari o`rnak olishadi.Salim fizikani o`rganmoqda.Karim esa kichik ukasiga masala yechishni o`rgatadi.Kim qaysi sinfda o`qiydi?”
Javoblar tahlil qilinib, ballar e’lon qilinadi.
Uchinchi shartimizda guruhlarga she’riy usulda masalalar beriladi:
Fermadagi 7777 quyon
O`ynasharnuqul chopib
U yon bu yon
Ularning mingi ketdi
Bir yonga
Yuzi boshqa tomonga
Fermada qoldi qancha quyon?
( 1) 7777-1000=6777; 2) 6777-100=6677 )
To`qqiz vogon bor poyed
Chiqdi janub tomonga .
To`qqiztadan televizor
Yuklangan har vogonga .
Qirqta televizorni
Jizzah , Samarqand oldi .
Xo`sh qancha televizor
Termiz shahriga qoldi ?
( 1) 9*9=81 ta ; 2) 81-40=41 ta . )
Kelishardi izlab buloq,
Bir echkiyu ikki uloq.
Suv bo`yida ayni shu choq
Yurar edi ikki o`rtoq.
Hamdam dedi: qani o`rtoq
Bosh qotirib ko`rchi bundoq
Shularda bor nechta quloq,
Qancha oyoq hamda tuyoq?
( 1) 3*2=6 ta quloq; 2) 3*4=12 ta oyoq ; 3) 3*8=24 ta tuyoq. )
Sayohatchi safarda ,
Poyezd , velosipedda ,
Yurdi 1000 km .
Yo`lning to`rtdan birini ,
Yurdi velosipedda .
Toping qancha yo`l yurgan ,
Sayohatchi poyezdda ?
( 1) 1000:4=250 km velosipedda ; 2) 1000-250=750 km poyezdda .)
Ombordagi sariyog`
Jo`natildi do`konga .
600 kilogramm
Yana bitta do`konga.
Omborda qoldi yana
800 kilogramm.
Toping hamma sariyog`
Bo`lar necha kilogram ?
( 1) 600+64=664 kg ; 2) 800+664=1464 kg . )
Endi o`quvchilar”Uchburchak va Tortburchak” haqida sahna ko`rinishi namoyish etishadi:
Muloqot:
Salom, uchburchak ukajon, qalaysan?
Iye , men senga nega uka bo`larkanman?
Axir mening burchaklarim 4 ta, seniki esa 3 ta. Shuning uchun-da!
Iye, ha to`g`ri-to`g`ri.
Ozgina dam olay. (uyquga ketadi. Shundan foydalanib uchburcha to`rtburchakning burchaklarini qirqib qo`yadi. Tortburchak uyqudan uyg`onadi)
Ukajon, turdingmi?
Sen meni nega uka deyapsan?
Axir sening burchaklaringni qirqib, kichik qilib qo`ydim-ku.
Iye, o`x-xo`-xo`, endi eklburchaklarimni sanab ko`ramiz. 8 ta bo`lib qolibdiku. Ikki baravar kata bo`lib qolibman.
Iye, o`zimni rosa boplabman-ku!
Demak, uchburchak to`rtburchak oldida yengilibdi.
To`rtinchi shartimizda o`quvchilar tarqatma varaqlardagi arab arqamidayozilgan sonlarni rim raqamlarida yozib beradilar: 1984 – MCMLXXXIV; 443 – CDXLIII; 758 – DCCLVIII; 1999 – MIM.
Beshinchi shartimizda “Meni tushun” o`yini o`tkaziladi. Bunda har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqariladi va o`z guruhiga stol ustida turgan qog`ozdan birini olib, uning orqasiga yozilgan so`zlarni tasirlab beradi. Guruh a`zolari buni tushunib javob berishi kerak.( Masalan: suv sepish, yuvinish, baliq tutish, suzish, yomg`ir)
So`ngra o`quvchilar “Juda qiziq” denb nomlangan ma`lumotlar aytadilar:
Million qadam yursangiz 600 km yo`l yurgan bo`lasiz;
Bir qatoq saf tortgan bir million kishi 250 km masofani egallaydi;
Angishvonada 1 million marta olingan suv qariyb b1 tonna bo`ladi;
Million betli kitobning qalinligi 50 km ga yrtadi;
XIII asrda mashhur sayyoh Marko Polo Xitoyga borib shu mamlakat boyligini ifodalash maqsadida “Million” so`zini o`ylab topgan. Ammo bu so`nggi ulkan sonni bildirmaydi.
Million – birning yonidagi nollar 6 ta
Milliard – birning yonidagi nollar 9 ta
Trillion – birning yonidagi nollar 12 ta
Kvardil’on – birning yonidagi nollar 15 ta
Kvintil’on – birning yonidagi nollar 18 ta
Sektil’on – birning yonidagi nollar 21 ta
Septil’on – birning yonidagi nollar 24 ta
oktil’on– birning yonidagi nollar 27 ta
Nonil’on – birning yonidagi nollar 30 ta
Detsil’on – birning yonidagi nollar 33 ta
Undetsil’on – birning yonidagi nollar 36 ta
Dedetsil’on – birning yonidagi nollar39 ta
Bundan keyingi sonlarning nomlari yo`q.
III Yangi mavzu bayoni.
Oltinchi shartimizda o`quvchilarga guruhda ishlash uchun matematik krossvord beriladi. Guruh a`zolari krossvordni to`g`ri yechishga buyuk matematik alloma Xorazmiy ismi keli chiqadi. Guruh a`zolari krossvord yechgunlaricha guruh sardorlari sinf doskasida “So`zdan so`z” tuzadilar: matematika → aka, tam, amma, …
Yettinchi shartimizda bir necha sonni ustun usulida to`g`ri qo`sha olishlari kerak
Sakkizinchi shartimizda “Antiqa rassom” o`yini o`ynaladi.Bu mashg`ulotda har bir guruhdan bittadan o`quvchi doskaga chiqariladi. Stolga geometric shakllar (to`rtburchak turlari beriladi: to`g`ri to`rtburchak, paralleleogram, romb, trapetsiyalar) ning rasmlari aks etgan kartochkalar ag`darib qo`yiladi. Ularnni dosskaga chiqqan o`quvchilar tanlaydi va kartochkadagi shakllarni ko`zi bog`liq holda doskaga chi`zaadilar.
To`qqizinchi shartimizda “Tangram” o`yini o`ynaladi.Kvadrat qismlaridan berilgan shakllarni yasaydilar.Bu o`yin orqali o`quvchilarning geometric tasavvurlari kengaytiriladi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash.
O`ninchi shartimiz “Guruhingni olg`a boshla” deb nomlanadi. Bunda magnitli doskaga turli ertak qahramonlari rasmi yopishtirilgan bo`lib, uning orqasida savollar yo`zilgan bo`ldi. Masalan, “Bir tonnada necha sentner bor?”, “Uch sutka necha soatga teng?” va shu kabilar. Bunda har bir guruh a`zolari ishtirok etadilar. Savolga to`g`ri javobbergan o`quvchi 1 ballga ega bo`ladi.
Guruh a`zolariga matematik savollar berib bilimlar mustahkamlanadi.
Sutkaning oltidan bir qismi necha soatga teng?
( 4 soat )
Eng katta uch xonali son eng katta olti xonali sondan necha marta kichik ?
( O`n bir marta kichik )
Kamola berilgan 27 ta misolning uchdan bir qismini bajardi. Nechta misol qoldi?
( 18 ta misol qoldi )
36 va 48 sonlarining orasida nechta juft son bor?
( beshta )
Sutkaning sakkizdan bir qismi necha soatga teng?
( olti soat )
Perimetri 32 sm ga teng bo`lgan kvadratning tomoni uzunligi nechaga teng?
( 8 sm )
45 so`mga 5 ta albom sotib olish mumkin. 3 ta shunday albom necha so`m turadi ?
( 27 so`m )
0 , 3 , 4 , 5 raqamlari bilan eng katta to`rt xonali son yozing.
( 5430 )
9529 sonidan oldin va keyin keladigan sonlarni ayting.
( 9528 va 9530 )
Tovush havoda 3 sekundda 990 metr masofaga tarqaldi. Bir sekundda tovush necha metr masofaga tarqaladi?
( 330 metr )
Eng kichik besh xonali son nechaga teng ?
( 10000 ga teng )
Eng katta uch xonali son bilan birning yig`indisini toping.
( 1000 )
5 t 2 kg necha kg bo`ladi ?
( 5002 kg )
Qanday sonni 6 ga ko`paytirilsa 54 hosil bo`ladi ?
( 9 ni )
72 soniga 27 va 9 sonlarining bo`linmasini qo`shing.
( 75 ).
V O`quvchilarni baholash.
Dasrda eng yuqori ball to`plagan guruh a`zolari alohida ta`kidlab o`tiladi.Faol ishtirok etgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. O`quvchilardan dars haqidagi fikrlari so`raladi.
VI Uyga vazifa berish.
9-misol va 10-masalalarni bajarish topshiriladi.
|