Mehmonxona binosining arxitektura va qurilish me’yorlariga asosan funksional yechimlari




Download 7.01 Mb.
bet8/12
Sana10.05.2022
Hajmi7.01 Mb.
#20627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diplom ishi. PARVINA
9, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, k g 7-mavzu, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar
1.3.Mehmonxona binosining arxitektura va qurilish me’yorlariga asosan funksional yechimlari .

Mehmonxonalar faoliyatida servis va xizmat ko‘rsatish darajasini har jihatdan rivojlantirish, mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va farovon hayot barpo etishning muhim omillaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Turistlar uchun mavjud turistik obyektlarni tomosha qilishlari uchun xizmat ko‘rsatish darajalari ham tobora yaxshilanib bormoqda. Oldingi yillarga qaraganda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni ham keskin oshmoqda. Bu esa turizm sohasida katta yangilanishni taqozo etdi. Chunki, turistlarning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi mehmonxonalarni sifat jihatdan yaxshilash kerakligini davr taqozo qildi. Bugungi kunga kelib Respublikamizdagi mavjud mehmonxonalarning aksariyati qayta ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy boshqaruv tizimlari joriy qilindi. Hozirgi kunda zamon talablari darajasida ya’ni 3-4-5 yulduzli mehmonxonalar mahalliy va xorijiy turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa davlat budjetiga valyuta tushumini oshirmoqda va shu bilan birga aholining ish bilan ta’minlanishiga imkon yaratmoqda. Bilamizki, so’nggi bir necha yillar davomida mamlakatimizda turizm sohasining asosi bo’lgan mehmonxonalar industriyasi jadal rivoj topmoqda. Shuningdek, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi mehmonxonalar soni qanchalik ko’p bo’lsa, aholining ish bilan ta’minlanishi va o’z navbatida sayyohlikning ham yanada rivojlanishiga imkon yaratadi.


Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir bo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi kafolatlanadi. Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. Ko‘pincha nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning ofislari, vaqtinchalik vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi. Mehmonxonalarda bugungi kunda har xil mijozlar:

  • Turli anjumanlar, kongresslar, simpoziumlar, yarmarkalarning ishtirokchilari;

  • Musobaqalar, tanlovlarning ishtirokchilari;

  • Xizmat bo‘yicha, davolanish, dam olish uchun tashrif buyurgan alohida fuqarolar;

  • Davlat doirasida ma’lum marshrut bo‘yicha ketayotgan, chet eldan kelgan turistlar va h.k. joylashtiriladi.

Bugungi kunda dunyoda 300 mingdan ziyod mehmonxonalar mavjud.Ularning barchasi mijozlarga joylashtirish xizmatini ko’rsatadi, ammo ulardagi xizmat sifati keskin farqlanadi. Turist sayohatga otlanar ekan, o’zi uchun joy band qilib qo’yilgan mehmonxonadagi sharoit uning ko’nglidagidek bo’lishiga ishonch hosil qilishni istaydi. Ushbu muammoni hal qilish uchun mehmonxona xizmatlarini sertifikatsiya qilish tizimi ishlab chiqilgan. Ammo dunyoning turli mamlakatlarida turli tizimlar asosida mehmonxonalar sinflarga ajratiladi. Barcha davlatlarda mehmonxona xizmatlarini baholashning yagona tizimini joriy qilishga bir necha omil to’siqlik qiladi, bular davlatlarning tarixiy-madaniy rivojlanishi, olib borilayotgan turistik faoliyati, milliy qadryatlaridir. Hozirgi kunda jahonda 30 dan ortiq tasniflash tizimlari mavjud. Ularning eng asosiylari safiga: Yulduzli tizim – Fransiya, Avstriya, Belgiya, Gollandiya, Rossiya, MDH davlatlari, jumladan O’zbekiston shuningdek xalqaro turistik almashinuvda ishtirok etuvchi davlatlarda qo’llaniladi. Harfli tizim – Gretsiyada qo’llaniladi, “Tojlar” yoki “Kalitlar” tizimi – Buyuk britanyaga hosdir. Uch kategoriyali tizim – Italiya va Isroilda qo’llaniladi. Razryadlar tizimi – AQSH da qo’llaniladi. Shuningdek atir gullar va uychalar tizimi ham mavjud. Mehmonxonalarni tasniflashda eng ko’p qo’llaniladiganlaridan biri bu yulduzli tizimdir. Unga ko’ra mehmonxonalar 5 ta kategoriya ( toifaga ) bo’linadi, kategoriyalar esa yulduzchalar bilan ko’rsatiladi. Eng yuqori toifali mehmonxonalar 5 ta yulduzcha bilan, eng past sifatlilari esa 1 ta yulduzcha bilan belgilanadi. Mehmonxonaga muayyan kategoriya berishdan oldin quyidagi mezonlar hisobga olinadi;

  • Mehmonxona joylashgan hudud va binosiga qo’yilgan talablar; 

  • Suv va elektir ta’minoti; 

  • Isitish tizimi; 

  • Xavfsizlik masalalari; 

  • Texnik jihozlanish; 

  • Xonalar va ularning jihozlanishi; 

  • Santexnika uskunalari; 

  • Mehmonxonadagi yordamchi xonalar; 

  • Mehmonxona va uning jihozlanishi; 

  • Xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va xizmat toifasi. 

Yunonistonda harfli tizim keng tarqalgan, ammo ushbu davlatdagi mehmonxona fasadlarida yulduzchalarni ko’rish mumkin. Barcha Yunon mehmonxonalari 4 ta kategoriyaga bo’linadi, yani: A,B,C,D. A kategoriyali mehmonxonani – to’rt yulduzli, B kategoriyani – uch yulduzli, C kategoriyalini ikki yulduzli mehmonxonaga tenglashtirish mumkin. Yunonistondagi eng yuqori sifatli mehmonxonalarga ko’pincha “ de Luxe” kategoriyasi beriladi. Ingliz mehmonxonalari tasnifi ancha murakkab ko’rinishga ega. Odatda mehmonxona fasadida yulduzcha emas, balki “ tojlar” tasvirlangan. Mehmonxona kategoriyasini “ tojlar tilidan” , “ yulduzchalar tiliga” o’girish uchun, umumiy tojlar sonidan bittasini ayirib tashlash lozim. Masalan oltita tojli mehmonxona – besh yulduzliga teng, besh tojli mehmonxona to’rtta yulduzliga teng. Biroq Britaniya Turagentliklari Assotsiasiyasi taklif etgan tasniflash to’g’riroqdir.Unga  ko’ra mehmonxonalar quyidagicha tasniflanadi: 





  • Byudjet mehmonxonalari (bir yulduzli). Shaxar markazida joylashgan, minimal qulaylikka ega. 

  • Turistik sinfdagi mehmonxonalar (ikki yulduzli). Restoran va barga ega. 

  • O’rta hol mehmonxonalar (uch yulduzli). Xizmat toifasi ancha yuqori. 

  • Toifali mehmonxonalar ( to’rt yulduzli). Juda yuqori sifatli joylashtirish va a’lo darajadagi xizmat ko’rsatish jarayoni. 

  • Oliy toifali mehmonxonalar ( besh yulduzli). Joylashtirish va xizmat 

ko’rsatish nihoyatda yuqori darajada. 

  • Italiyadagi mehmonxonalar 3 ta kategoriyaga ajratiladi: 

  • Birinchi kategoriyani shartli ravishda to’rt yulduzli; 

  • Ikkinchi kategoriyani – uch yulduzli; 

  • Uchinchi kategoriyani – ikki yulduzli mehmonxonaga tenglashtirish mumkin. 

Ispaniyadagi joylashtirish vositalari turli kategotiyalarga ajratiladi: 



  • Mehmonhonalar – bittadan besh yulduzgacha bo’lgan kategoriyalarga; 

  • Mehmonxona tipidagi uylar, bingalo, apartamentlar – bittadan to’rt

yulduzgacha; 

  • tunash xovlilari – bittadan uch yulduzgacha; 

  • pansionatlar – uch kategoriyaga ajratiladi. 

Bundan tashqari Ispaniyada turistlarni qabul qilish davlat tashkilotlari mavjuddir. Ular jumlasiga “lyuks” otel singari jihozlangan qal’a, saroy va qasrlar kiradi. O’zbekiston Respublikasida mehmonxonalarni tasniflash O’zbekiston Respublikasidagi mehmonxonalar Davlat standartiga asoslangan holda kategoriyalarga ajratiladi. Kategoriyalar yulduzlar bilan belgilanadi, xizmatlar sifati ko’tarilishi bilan yulduzlar soni ham mos ravishda ortib boradi. Mehmonxonalar besh kategoriyaga, motellar - to’rt kategoriya, turistik bazalar uch kategoriyaga ajratiladi. Eng yuqori kategoriyani <*****> bilan, eng past kategoriyani <*> bilan belgilashadi.Mehmonxonalarni sertifikatsiyadan o’tkazishda quyidagi mezon talablari hisobga olinadi:



  • Bino va tevarak – atrofdagi maydon; 

  • Texnik jihozlanish; 

  • Xonalar fondi; 

  • Mebel bilan jihozlanish; 

  • Xonaning sanitar va taxnik jihozlanishi; 

  • Umumiy ovqatlanish; 

  • Ovqatlanish xizmatlari ko’rsatiladigan xonalar, taqdim etilayotgan xizmatlar turi va sifati;

  • Xodimlar va ularning kasbiy tayyorgarligi; 

  • Xizmat toifasi. 



<*>kategoriyali mehmonxona xonalarning jihozlanishi;



  • Bir kishilik xonaning maydoni kamida 10 m2;

  • Ikki kishilik xona 14m2;

  • Ichki telefon tarmog’i yoki hodimni chaqirish tugmasi, har bir qavatda kamida bittadan shahar telefoni, xonalarning kamida 25% da xojatxona, xojatxonasi bo’lmagan nomerlarda umivalnik, ko’p xonali nomerlarda va har bir qavatda muzlatgich, radioproyomnik;

  • Yotoq o’lchami – 80x190sm, ikki kishilik 90x200sm;

  • Kamida 5ta ilgichga ega bo’lgan kiyim shkafi;

  • Stol, kishi boshiga bittadan stul, grafin va stakanlar, kuldon, umivalnik yuqorisida va xonada ko’zgu, har bir mehmonga kamidan ikkitadan sochiq;

Ovqatlanish xizmatlari:





  • ko’zlanmagan. 

Xizmatlar





  • Tunu-kun qabul xizmati,taksi chaqirtirish, ma’muriyatning kuniga kamida 12 soat ishlashi, xonalarni har kuni tozalash, mehmon talabiga ko’ra (bir sutka ichida) kir yuvish va dazmollash xizmati yoki dazmol taxtasi va dazmolni taqdim etish, kiyimlarni yengil ta’mirlash;

  • Bagaj va qiymatli buyumlarni ma’muriyat seyfida saqlash, yotoq anjomlarini har 5 kunda almashtirish;

  • Mehmonlarga kelgan xatlarni yetkazish, pochta va telegraf xizmatlari, tibbiy aptechkadan foydalanish va tez tibbiy yordamni chaqirish, turistik ma’lumot.

Umumiy foydalanish joylari





  • Umumiy foydalanish xonalarida va har bir qavatda  xojatxona (har  5  xonaga  kamida  bittadan), vannaxonalar, dushxonalar ( har bir  qavatga kamida 2 tadan), maishiy xizmat xonasi, mehmonlani qabul qilish uchun yetarlicha jihozlangan;

  • Joylashtirish xizmati, teleko’rsatuvlar tomosha qilish xonasi. 



<**> kategoriyali mehmonxalar;
Xonalarning jihozlanishi



  • Xonalarning kamida 50%da xojatxona, xar bir xonada telefon apparati, bundan oldingi kategoriyadagidek mebellar, shuningdek dam olish kursisi. 

  • Mehmonlar talabiga ko’ra bolalar kravati berilishi mumkin, telefon ma’lumotnomasi. 

Ovqatlanish xizmatlari



  • Restoran va kafening   mavjudligi,   taklif etilayotgan ovqatlanish  variantlaridan birini ixtiyoriy tanlash imkoniyati (faqat nonushta, ikki mahal, uch mahal ovqatlanish ), nonushta soatlarida xonalarda xizmat ko’rsatish.

Xizmatlar

  • Bundan oldingi kategoriyadagi kabi, shuningdek mehmon talabiga ko’ra bagajni tashish, yotoq anjomlarini xar 3 kunda almashtirish, kimyoviy tozalash ( bir sutka ichida). 

Umumiy foydalanish joylari

  • Bundan oldingi kategoriyadagi kabi. 

<***> kategoriyali mehmonxona 
Xonalarning jihozlanishi

  • Barcha xonalarda shahar telefon tarmog’i, apartamentlarning har bir xonasida telefon aparati, barcha xonalarda xojatxona, dush yoki vanna;

  • Xona maydoni bir kishilik – 12m2;

  • Ikki kishilik – 16m2;

  • Ko’p xonali nomerlarning mavjudligi, konditsioner, rangli televizor, har bir xonada mini-bar;

  • Yotoq o’lchami bir kishilik – 90x200sm, ikki kishilik – 160x190sm,yozuv stoli, ish kursisi va yozuv qurollari, chet tillaridagi informatsion materiallar;

  • Har bir mehmonga kamida uchtadan sochiq.

Ovqatlanish

<**> mehmonxonadagi kabi, shuningdek restoranda alohida zallar, 7-00 dan 24-00 gacha xonalarda hizmat ko’rsatish. 

Xizmatlar





  • oldingi kategoriyadagi xizmatlarga qo’shimcha ravishda turli transport vositalariga chiptalarni buyurtma qilish, ekskursiyalar, gid-tarjimon, kuzatuvchi hizmatlari; 

  • Gazeta, jurnallar, mehmon sochiqlarini xar bir foydalanishdan so’ng almashtirish.

Umumiy foydalanish joylari

  • Elektron aloqa vositalariga va nusxa olish texnikasiga ega  bo’lgan biznes-sentr, musiqiy eshittirishlar, tibbiyot xonasi, koridorlarda gilam qoplamasi

  • Xonalar soni 50 dan ortiq   bo’lgan mehmonxonalarda   sartaroshxona, sinxron tarjima va audio-video  uskunalarga  ega bo’lgan,  madaniy va  ish anjumanlari o’tkaziladigan  zal. 

<****> kategoriyali mehmonxona 
Xonalarning jihozlanishi



  • Barcha xonalarda to’g’ridan-to’g’ri shahar, shaharlararo va xalqaro telefon aloqasi, barcha  xonalarda vanna, ko’p xonali nomerlarda qo’shimcha xojatxona;

  • Vannaxonada fen, shampun, gel, los’on, hammom shippagi va xalati, xonalarda mini seyf;

  • Xonadagi barcha chiroqlarni markaziy o’chirish tizimi, xona xaroratini boshqarish dastagi;

  • Kamida 37sm diagonalli, dunyoning asosiy kanallarini ko’rsatuvchi televizor,mini-bar,taymer;

  • Gilam qoplamasi, yumshoq mebel va jurnal stolchasi, xonalarda katta o’lchamdagi ko’zgu ikki kishilik yotoq o’lchami – 160x200sm, yuqori darajadagi tovush o’tkazmaslik (shovqinnning 35 dBA dan yuqori bo’lmasligini ta’minlash), xonalarda nonushta menyusi. 

Ovqatlanish   xizmatlari





  • Mehmonxonada restoran va barning mavjud bo’lishi, ulardan  birining tunu-kun ishlashi, restoran bir necha zal va alohida kabinalardan iborat bo’lishi kerak.Konferens zalga moslashtirilishi mumkin bo’lgan banket zallari.

Xizmatlar

  • (Aeroport, vokzaldan) kutib olish va kuzatishni tashkillashtirish, xonalar 

holatini kun davomida nazorat qilish, yotoq anjomlarini har kuni almashtirish, kir yuvish va dazmollash xizmatlari 12 soat ichida, dazmollashni 1 soat ichida, kimyoviy tozalashni 12 soat ichida bajarish, mehmonxona hodimi tomonidan poyafzal tozalash xizmati, pochta va telekslarni jo’natish va yetkazib berish, foydalanish uchun audio-video, kompyuter va elektron aloqa vositalarini taqdim etish, avtomobolni ijaraga berish, avtomobillarga asosiy texnik hizmat ko’rsatish. 
Umumiy foydalanish joylari

  • Suvni qo’shimcha filtrlash, barcha xonalardagi havo sovutish tizimi;

  • Radioeshittirishlar, bir qavatdan baland bo’lgan binolarda lift;

  • Mehmonlar, xodimlar va yuk uchun alohida liftlar, sport-sog’lomlashtirish markazi (trenajer yoki sport zali); 

  • Yoki salomatlik klubi, basseyn yoki sauna, go’zallik saloni (kasmetolog xonasi, manikyur - pedikyur). 

<*****> kategoriyali mehmonxona 
Xonalarning jihozlanishi

  • Xonaning xavfsizligini ta’minlovchi elektron nazorat vositalari va signalizatsiya, bir kishilik xonaning maydoni kamida 16-18m2, ikki kishilikda 18-25m2;

  • Hojatxonaning maydoni 5m2;

  • Vannaxona polining isitilishi, vannaxonada telefon;

  • Ikki kishilik yotoq o’lchami 200x200sm. 

Xizmatlar



  • Muzokaralar olib borish uchun mo’ljallangan xonalar, basseyn va sauna;

  • Buyurtma telefakslarni yuborish va yetkazib berish, mehmonxona xodimi yordamida avtomobillarni parkovka qilish va garajdan olib chiqish, nonushtaning 11-00 dan erta tugamasligi, tunu-kun xonalarga xizmat ko’rsatish. 

Mehmonxonalarda joylashish, ovqatlanish va ichimliklar, transport, madaniy va sport faoliyati, xaridlar, ishbilarmonlik xizmatlari shuningdek, turistik xizmatlarni ham taklif qilishi ko‘zda tutilgan. Mehmnxonalarda bu хizmatlar a’lo darajada ko‘rsatilishi bevosita хоdimlarning mahoratidan kelib chiqadi. Shu sababli mеhmоnхоna faoliyatida mijоzlar bilan muоmala qilishni bilishga alоhida e’tibоr bеriladi. Shundan kelib chiqib, mehmonxonalarda turistlarga xizmat ko`rsatish jarayonini amalga oshirish uchun asosiy mehmonxona xizmatlari taqdim etishni ta’minlovchi quyidagi asosiy xizmatlar minimal to`plami ko`zda tutilishi lozim:



  • Qabul qilish va joylashtirish;

  • Bronlashtirish;

  • Xizmat ko`rsatish:

  • Ovqatlanish;

  • Qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar;

  • Hisob-kitob qismi;

  • Xonalar fondini ekspluatatsiya qilish.

Mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish avvalo, xizmat ko‘rsatish turiga bog’liq bo‘ladi va u xizmat ko`rsatish servisi bilan ifodalanadi. Mehmonlar nuqtai nazaridan, xizmat ko`rsatish servisi mehmonxonada eng muhimi hisoblanadi va bu xizmat hodimlari mijozlar bilan doimiy aloqada bo‘lishadi va ular bilan bog’liq barcha vazifalarni bajarishadi. Avvalo, mijozlar tasavvuridagi mehmonxona haqida birinchi muhim vazifa xizmat ko`rsatish xizmati xodimlari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Odatda mehmonlarni mehmonxona ostonasida birinchi bo`lib shvetsarlar-eshik og`alari kutib olishadi. Ular mehmonlar bilan salomlashishi, mashinalardan tushushlariga ko`maklashishlari lozim. Shvetsarlar mehmonxonada mavjud xizmatlar, mehmonxona tadbirlari (konferensiya, banketlar), mehmonxona joylashgan joy, uning tevarak-atrofi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo`lishlari zarur. Shu bilan birga, mehmonlarni xonaga kuzatib borish, yuklarini yetkazib kelish bilan daxlsiz-yo`lak xizmatkorlari shug’ullanadi. Kuzatib kelish vaqtida ularga mehmonlar bilan so`zlashib borish tavsiya etiladi. Bunda albatta, mehmonxonada mavjud xizmatlar haqida ma’lumot berish ayniqsa juda muhim: restoranlar, kafe, barlar, kirxona kimyoviy tozalash, basseyn, sportzallari mavjudligi ularning ish rejimi haqida so`zlab berish kerak.Birinchi darajali mehmonxonalar nomerida xizmat ko’rsatuvchi <> xizmatiga ega bo’lishi kerak. Agar ushbu xizmat to’g’ri tashkil etilsa, mehmonxona daromadining 15% ni tashkil etishi mumkin. Shu bilan birga, davlat standartlariga asosan mehmonxonalarda zamonaviy xizmat ko‘rsatish darajalari belgilangan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish darajalari taqdim etayotgan mehmonxonalar xizmat ko‘rsatish sifatini belgilash uchun ishlatiladi. Mehmonxona oziq-ovqat komplekslarining xizmat sifatini oshirish uchun quyidagi yo’nalishlarda ish olib borish zarur:


-Birinchidan buyurtmani o’z vaqtida bajarilishini ta’minlash;


-Iloji boricha xizmat narxlarini arzonlashtirishga erishish;
Zamonaviy mehmonxonalar faoliyatida turistik xizmatlarda quyidagi xizmatlar lyuks, birinchi klass, turistlik klass, iqtisod klass qilib belgilanadi.
“Lyuks klass” Ushbu klass bo‘yicha turlarni tashkil qilishda odatda eng yuqori darajali xizmatlar jalb qilinadi. Ayniqsa, 5 yulduzli hashamatli mehmonxonalar, birinchi klass va biznes aviatsiya samolyotlarida uchish, hashamatli restoranlarda ovqatlanish, alohida transport lyuks klass mashinalarida alohida gid xizmatlari va h.k.larni o‘z ichiga oladi. Bunday turlar VIP xizmat ko‘rsatish turkumi bo‘yicha taqdim etiladi.
“Birinchi klass” (daraja) – bu nisbatan yuqori darajali xizmat ko‘rsatish bo‘lib, 4-5 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirish, biznes klass darajadagi samolyotlarda uchish, obro‘li restaranlarda ovqatlanish, individual traasnfertni, gid xizmatlarini nazarda tutadi.
“Turistik klass Bu 2-3 yulduzli mehmonxonalarda joylashtirishni, doimo aviareyslarning iqtisod klasslarida uchish, shved stoli xili bo‘yicha ovqatlanishni, guruhli transferni nazarda tutuvchi eng ommalashgan xizmat ko‘rsatish turi sanaladi.
“Iqtisod klass Bu eng arzon ximat ko‘rsatish turidir. Odatda iqtisod klassidan talabalar va kam ta’minlanganlar foydalanadilar. Ushbu klass dasturlari yuqori darajada bo‘lmagan xizmatlarni kam miqdorda taqdim etishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, 1-2 yulduzli mehmonxonada joylashtirish, yotoqxona va xostellarda joylashtirish, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tamoyili bo‘yicha faoliyat yurituvchi kichik va kooperativ mehmonxonalarda joylashtirishni, charter aviareyslarida uchish, kutib olish va kuzatish jamoat transportida amalga oshiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, hammasi tejamli va arzon. Shundan kelib chiqib, xizmat darajasini va uning tarkibini aniqlashtirish shuningdek, bugungi kun talabidagi zamonaviy mehmonxonalarda xizmat ko‘rsatish hajmini ko‘paytirish, samaradorlik darajasini oshirish, ko‘proq bepul va pullik qo‘shimcha xizmatlarni yaratish lozim.
Xulosa
Mehmonxona sanoati mehmondo'stlik tizimining mohiyatidir. Bu insoniyat tarixidagi eng qadimgi an'analardan - mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilish va xizmat ko'rsatish bayramidan kelib chiqadi. U organik va tabiiy ravishda restoranlarni, kafelarni, transportni va ekskursiyalarni sayyohlik-ekskursiya xizmatining yagona zanjiriga bog'laydi. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini Xalqaro talablarga mos ravishda rivojlantirishda xususiy turistik korxonalarning faoliyat doirasini yanada kengaytirish va ularning samaradorligini oshirish borasida talaygina siljishlarga erishilmoqda. Hozirgi kunda, mamlakatimizda 740 dan ortiq kichik va o‟rta biznes subyektlari, 60 ga yaqin xususiy turistik korxonalar turizm sohasida faoliyat ko'rsatayotganligi, turistik maxsulotning yangidan-yangi zamonaviy turlarini kichik va xususiy turistik firmalar tomonidan kashf etilayotganligi va bular doirasida turli xil turistik xizmatlarning ko'rsatilayotganligi, turistik firmalarning tashabbusi bilan mamlakatimizda mavjud turizm resurslarining boshqa turlaridan samarali foydalanishning amalga oshirilayotganligi va boshqa shu kabi o‟zgarishlar fikrimizning yaqqol isboti bo'la oladi. Sayohatchilikning rivojlanishi xozirgi kundagi o'ziga hos xususiyatlardan biri sanaladi. Nafaqat sayohatchilik, balki mamlakatimizga ishbilarmonlik yuzasidan, xizmat safari, sport tadbirlari, festivallar va boshqa shunga o'xshash maqsadlarda mehmonlar tashriflarining tobora ko'payishi natijasida ularni vaqtincha turar joy bilan ta'minlash maqsadida mehmonxona majmualari qurilishi Respublikamizda asta — sekin ko'payib borishiga sabab bo'lmoqda. Hozirgi vaqtda mehmonxona xizmati va sayyohlik ajoyib yuksaklikka erishmoqda. Xizmatlar sohasi yildan - yilga kengayib, yuqori sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda turli sohalarda iqtisodiy o'sish va turmush darajasining o'sishi ishbilarmon va sayyohlarning dunyoning turli mintaqalariga tez-tez sayohat qilishiga olib kelmoqda va bugungi kunda mehmonxona sanoati yuqori raqobat йdarajasiga ega bo'lgan sanoat bo’lmoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Umuman olganda, milliy turizm kelajakda mamlakatimizning eng yuqori daromadli tarmoqlaridan biriga aylanadi. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar, siyosiy tinchlik va eng asosiysi, xalqimizning insonparvarligi va mehmondo’stligi nihoyatda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.


Download 7.01 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 7.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxona binosining arxitektura va qurilish me’yorlariga asosan funksional yechimlari

Download 7.01 Mb.