Mehmonxona binosining me’moriy va interyerlar yechimidagi asosiy tamoyillari




Download 7.01 Mb.
bet9/12
Sana10.05.2022
Hajmi7.01 Mb.
#20627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
diplom ishi. PARVINA
9, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, k g 7-mavzu, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar
2.1. Mehmonxona binosining me’moriy va interyerlar yechimidagi asosiy tamoyillari.

Me’moriy kompozitsion yechim bu – bino qismlarining va formalarining yoki binolar kompleksining funksional, texnik va badiiy talablarga javob beradigan inshoot yaratish maqsadida uyg’unlashgan holda birlashgan (majmua) ko’rinishidir. Me’moriy kompozitsiya yaratish binoning hajmiy-plan va konstruktiv yechimini ishlab chiqishini, binoning ichki (interyer) va tashqi qiyofasini hal qilishni , ichki va tashqi qiyofa, tashqi qiyofa va atrof muxit orasidagi o’zaro mutasoniblikni ta’minlash kabi murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladi. Odatda, binoning ko’rinib turadigan qismlari, uning detallari, alohida hajmlari uyg’unlashgan, mutanosib holda o’zaro birlashib badiiy jihatdan ajralmas bus-butunlik yaratilgan bo’lsa, me’moriy kompozitsiya muvaffakiyatli chiqqan hisoblanadi. Har qanday bino va inshootlarni loyihalashda birinchi navbatda ularni nazariy asoslash lozim. Ma’lumki barcha bino va inshootlar odamlar uchun yaratilgan. Yashash binolarida odamlarni yashash dam olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozim. Jumladan me’yoriy mikro iqlim va nisbiy namlik havo almashishi va harorat maydonlari yaratiladi. Buning uchun bino va tashqi to‘siq konstruksiyalarini issiqlik fizik hisoblari bajariladi. Hozirgi kunda zamonaviy mehmonxonalar tunash uchun qulay sharoit yaratish va unga bir qator qo'shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun mo'ljallangan maskan bo’lib kelmoqda. Zamonamiz kundan kun rivojlanib kelayotgan bir vaqtda mehmonxona binosini qurish va rekonstruksiya qilish katta investitsiyalarni talab qilmoqda. Mehmonxona binolarini qurishda biz asosiy tamoyillarni inobatga olishimiz kerak. Bular quyidagilardir:





  • Bino (yoki binolar majmuasi) atrof-muhitga organik ravishda mos kelishi kerak, bu esa landshaftning o'ziga xos xususiyatlarini saqlab qolishi kerak.

  • Tabiiy iqlim omillari, havo harorati va namligi, yog'ingarchilik, insolyatsiya, shamol tezligi va boshqalarni hisobga olish kerak.

  • Binoning me'moriy, konstruktiv va rejalashtirish yechimlari juda qimmat bo'lmasligi kerak. Binoning rejasi uning samaradorligini ta'minlashi kerak.

  • Binoni loyihalashda reklama masalalari muhim rol o'ynaydi: mehmonxona nufuzini ta'kidlaydigan jabhaning dizayni; muayyan yo'nalishdagi yozuvlarni (eng yuqori, eng ekzotik binoning qurilishi va boshqalar) belgilash va boshqalar.

  • Binoning rejasi xizmat ko'rsatishning oqilona tashkil etilishini va yashovchilarning qulayligini ta'minlashi, funktsional talablarga javob berishi kerak.

  • Bino estetik, texnik, sanitariya-gigiyena, ekologik me'yorlar va tavsiyalarga muvofiq bo'lishi kerak. Binoni rekonstruksiya qilish imkoniyatini ta'minlash kerak.


Shuningdek binoning mavsumiy faoliyatiga tayyorgarlik ko'rish, bino va uskunalarni joriy va kapital ta'mirlashni o'z vaqtida amalga oshirish zarurdir. Har qanday bino va inshootlarning loyihalanishida ularning intereri (ichki ko‘rinishi) va ekstereri (tashqi ko‘rinishi) ga alohida e’tibor berishimiz zarur. Bino va inshootlarning intereri va ekstereri zamon talablariga to‘liq javob berishi va atrofida oldin bunyod etilgan bino va inshootlarga har tomonlama mos va o‘xshash bo‘lishi kerak. Mehmonxona binosining intererlari va ekstererlarini ishlab chiqishda hozirgi zamon fan, texnika, sa’nat yutuqlarini qo‘llagan holda ularning funksional-texnologik, texnik, me’moriy-badiiy, iqtisodiy va ekologik talablarga to‘liq javob berishini hal qilish eng asosiy vazifa hisoblanadi va intererning me’moriy-badiiy yechimi binoning arxitekturaviy-konstruktiv yechimiga, texnologik jarayonlarga, sanitar-texnik talablarga, qurilish bo‘layotgan tumanning iqlim sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Mehmonxona binosi intererini arxitekturaviy tashkillashtirishning mumkin bo‘lgan usuli bu ichki muhitning birdamligini hal qilishdir. Shakl, ritm, proporsiya, masshtab, mehmonxona binolari ichkarisida joylashgan konstruktiv elementlarning, texnologik jihozlarning rangi va yoritilganligi va boshqa bir qancha omillar intererning arxitekturaviy ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Mehmonxona binosining intereri yechimini tanlaganda tabiiy yoki su’niy yoritilganlikka alohida e’tibor berish kerak Chunki yoritilganlik xona hajmi va relefini shakliga ta’sir qilishi va uni keng yoki tor qilib ko‘rsatishi mumkin. Interer yechimini hal qilganda rangni to‘g‘ri tanlanishi, ichki muhitning shinamligi va qulayligi yaxshi psixologik muhitni yaratilishiga tashrif buyurgan mehmonlarning, mehmonxona xodimlari ishchi-xizmatchilarni o‘zlarini yaxshi his qilgan holda xizmat ko’rsatishlariga va kayfiyatlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Natijada ishchi xizmatchilarning tez charchashlarini oldi olinadi, mehmonxonaga tashrif buyurgan sayyohlar va mehmonlarning taasurotida ijobiy fikr paydo bo’ladi va ularning qayta tashrif buyurishlariga sabab bo‘ladi. Intererning ko‘rinishida bir qavatli binolarda tomning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari va osma shiftlar, ko‘p qavatli binolarda esa tom yopmalarining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari muhum ahamiyatga ega. Hozirgi kunda ham yuk ko‘taruvchi konstruksiya, ham shamollatuvchi konstruksiya vazifalarini birgalikda bajaradigan quttisimon, katta oraliqli temirbeton to‘sinlar ishlatilmoqda. Katta oraliqli orayopmalar o‘rniga esa qobiqlar va boshqa fazoviy konstruksiyalar qo‘llanilmoqda. Bunday qulay va silliq shaklga ega bo‘lgan yengil zamonaviy konstruksiyalarni ishlatilishi har qanday bino va inshootlarni intererlarini boyitishga xizmat qiladi. Men loyihalashtirayotgan Toshkent shahri uchun ―500 o'rinli mehmonxona majmuasi, tumanida joylashgan bo'lib, uning atrofida savdo maskanlari va turar joy binolari joylashgan. Bu mexmonxona binosi 12 va 16 qavatli bo'lib, o'ziga xos konstruktiv yechimga ega va ko'rkamligi bilan ajralib turadi. Bu mehmonxona ―Baynanmilal ko’chasi va ―Bunyodkor xiyoboni ko‘chalari kesishuvida joylashgan. Binoning 1- qavati yer ostida joylashgan. Mehmonxona binosi uch blokdan iborat. Binoning orqa qismida dam oluvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida dam olish zonalari va bir qator sport maydonchalari joylashtirilgan.
Mehmonxonaning ikki yon tomonida avtomobillarni vaqtinchalik qo‘yish uchun maydonlar joylashtirildi. Bundan tashqari mehmonxona atrofida favvoralar va landshaft zonalari tashkil qilindi. Mehmonxona qurilishida Hi Tech uslubi va milliy grixlardan foydalanildi. Binoning fasad qismida oq marmar, travertin toshi va qizil granitdan (kapusta) foydalanilgan. Mehmonxona atroflaridagi yerlarga 2 xil bruschatkalar terilgan. Kirish qismida yomg‘ir va qordan humoya qilish maqsadida qalinligi 10 mm li shaffof oynadan foydalanilgan. Bundan tashqari bino atrofda aholi uchun dam olish hududlari tashkillashtirilgan. Binoning old qismida ham 2 ta kichik favvora loyihalashtirilgan. Binoning 3-qavatidan 12 va 16 -qavatigacha mexmonxona nomerlari joylashtirilgan. Bu nomerlar asosan 1 xonali , 2 xonali va 3 xonali qilib loyihalangan. 1 xonali nomerlar asosan 1 kishi uchun mo‘ljallangan. 2 xonali nomerlar esa 2 kishi yashashiga mo‘ljallangan. 3 xonali nomerlarda asosan 3 va 4 kishi istiqomat qilishi mumkin. Mehmonxona nomerlari oxirgi jahon texnologiyalari asosida loyihalangan. Bu nomerlarda mehmonlar uchun barcha shart sharoitlar yaratib berilgan. Xususiy mehmonxona binosining intererini shakllantirishda zamonaviy qurilish materiallarini qo‘llanilishi ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Binolar ichida barcha qulayliklar, shart-sharoitlarni yaratish, intererni zamonaviy usulda pardozlash hozirgi kunning asosiy talablaridan biri bo’lib kelmoqda. Bino intereri va ekstereri ham texnologik jarayondan, tabiiy-iqlim sharoitlaridan, meterologik tartiblardan va sanitar-gigienik talablardan kelib chiqqan holda pardozlanadi. Xususiy mehmonxona binosining dizayni va qurilishida asosiy yo'nalishlari: - turar-joy va jamoat qismlari bir xil binoda joylashgan bo'lib, jamoat binolari pastki qavatlarda va turar-joy binosi yuqori qavatda joylashgan. Mehmonxonaning turar-joy va jamoat qismlari turli xil, lekin bir-biriga bog'langan binolarda joylashgan bo'lib, ular ziddiyatli qavatlar va volumetrik-mekansal xususiyatlarga ega. Mehmonxona binosi uch qavatdan iborat bo’lib, birinchi qavati yer ostida joylashgan – avtoulovlar turish uchun mo’ljallangan turargoh, ikkinchi qavati asosiy qavat hisoblanib, unda kerakli xonalar joylashtirilgan. Ular quyidagilardan iborat: vestibyul, restoran, ro’yxatga olish xonasi , maishiy xizmat ko’rsatish, tibbiyot xonasi, bo’lim boshlig’I xonalari, xafsizlik nazorati xonasi, ishchi xodimlar xonalaridan iborat. Vestibyul o’zaro zaina va liftlar bilan bog’liq. Bundan tashqari ishchi xodimlar uchun kiyim almashtirish xonalari ham birinchi qavatda joylashtirilgan. Uchinchi qavati esa turar joy qavatlaridan iborat bo’lib, xonalar bir kishilik, ikki kishilik, lyuks xonalar dan tashkil topgan.
Mehmonxona binosi - yer osti qavati (avtoulovlar turar joyi uchun mo’ljallangan) bo’lib, yuk ko’taruvchi lift va zinalarni o’z ichiga oladi. Mikrorayonlarda transportlarning ichki qatnovi muhim ahamiyat kasb etadi. Albatta, turar-joylari bo’lan joylarda avtoulovlar ham bo’ladi, ularni qatnovi, turishi uchun sharoit kerak bo’ladi. Loyihamda shularni hisobga olgan holda , avtoturargohlarni mehmonxona binosining tagiga (yer to’la) loyihalashni taklif etdim. Bu tipdagi turargohlar, hozirgi zamon talabi desa ham bo’ladi. Chunki, aholi soni o’sishi hisobiga ulovlar soni ham o’smoqda. Joylarni tejash, joydan unumli foydalanish maqsadida ham hozirda bu usul keng qo’llanilmoqda, albatta, o’ziga yarasha kamchiligi ham bor. Agar barcha texnik talablar bajarilsa, bu kamchiliklar yutuqga aylanadi. Tabiiy yoritilmaydigan avtoturargohni yoritish maqsadida binolarning tom qismiga quyosh batareyalari o’rnatilgan. Ular quyosh nurlari yig’ib, yer to’la qismidagi chiroqlarni yoritib turadi.

Avtoulovlarning joylashish sxemasi:


(14-rasm) Avtoturargohlar qirqimlari


1-Ochiq avtoturargoh; 2- ochiq avtoturargoh; 3- binodan tashqarida joylashgan avtoturargoh; 4-binoning yer to’la qismida joylashgan avtoturargoh.








(15-16-rasm) Ochiq turdagi avtoturargohlar

(17-rasm) Yopiq turdagi avtoturargohlardan lavha



Avtoulovlarning yer osti yoki ochiq havoda joylashtirilishi ham hisobga olinishi kerak. Loyihalashtirilayotgan mehmonxona binosining umumiy maydoniga nisbatan eng optimal masalasi yechimini tanlashga harakat qildim. (18-rasm) Xususiy mehmonxona binosining yer osti (avtoturargohlar uchun mo’ljallangan qismi).




Download 7.01 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 7.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxona binosining me’moriy va interyerlar yechimidagi asosiy tamoyillari

Download 7.01 Mb.