• Texnologik amalni nomini va mazmunini aniq ifoda qilish
  • 4-amaliy mashg’ulot




    Download 51,83 Kb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi51,83 Kb.
    #143448
    Bog'liq
    4-amaliy mashg’ulot.

    4-AMALIY MASHG’ULOT.


    Mavzu:Dastlabki loyihalash:Aniq dasturni dastlabki loyihalash
    Ishdan maqsad:Texnologik jarayon strukturasining asosini texnologik amallar(operatsiyalar) tashkil qiladi. Texnologik jarayon bitta amaldan yoki birnechta (n-ta) amallar yig’indisidan ham tashkil topgan bo’lish mumkin.
    Texnologik jarayonning nechta amallardan tashkil etilishi ko’p hollarda ishlab chiqarish turiga ham bg’liq. Ishlab chiqarish turi esa amallarni ish joylariga biriktirib qo’yilganligibilan belgilangan, ya’ni amallar bog’lanish koeffitsienti (kb) bilan. Texnologik amal, ish joyi bir-biriga uzviy bog’langan tushunchalar, bularni biz bilamiz, mashinasozlik texnologiyasi asoslarini nazariy qismda o’rganganmiz.
    Bu erda texnologik amalni strukturasini chuqurroq amalda o’rganish asosiy maqsqdimizdir. Buning uchun texnologik amalni nomini va mazmunini aniq ifodalash, amalni nomini tuzilishini o’rnatish va uning mazmunini texnologik hujjatga yozish, ishlab chiqarish turini o’rnatish vazifalari qo’yilgan.
      1. Texnologik amalni nomini va mazmunini aniq ifoda qilish


    1.1-misol. Detalni (vtulka) seriyali ishlab chiqarish sharoyitida, donalab alohida kesilgan tanavor tanavor qaynoqjqo’valagan prokatdan tayyorlanadi. Hamma sirtlariga bir martadan ishlov beriladi. Tokarlik amal ikki o’rnatuvli eskiz bo’yicha bajariladi (1.1-rasm) [4].
    1.1-rasm. Tokarlik ikki o’rnatuvlik amal eskizi
    T a l a b e t i l a d i: operasion eskiz va boshqa berilganlarni tahlil qilish; amal mazmunini o’rnatish va uning nomini va mazmunini aniq ifoda qilish; mazkur amalda tanavorga ishlov berish ketma-ketligini o’rnatish; o’tuvlar bo’yicha amal mazmunini tasvirlash (yozish). Hamma sirtlar g’adr-budurligi Ra = 20 mkm.
    Yechish. 1. Dastlabki berilganlarni tahlil qilib, o’rnatamiz, ko’rilayotgan ikki o’rnatuvli amalda, tanavorning o’nbitta sirtiga ishlov berish bajariladi, qaysi uchun ketma-ket o’nbitta texnologik o’tuvlarni bajarish talab qilinadi.

    1. Amalni bajarish uchun tokarlik yoki tokarlik-vintkesar dastgohi qo’llaniladi, va amalning nomi “Tokarlik” yoki “Tokarlik-vintkesar” bo’ladi (GOST 3.1702-79). O’sha amal bo’yicha amalni guruh nomeri (14) va amal nomeri (63) ni aniqlaymiz.

    Amal eskizlari mavjud bo’lgan holda amal mazmunini yozish uchun qisqacha yozuv shaklini qo’llash mumkin: “Uch yon sirt kesib tushurilsin”, “Ikki silindrik sirt yo’nilsin”, “Teshik parmalansin va yo’nilsin”, “Bir ichki va ikki tashqi faskalar yo’nilsin”.

    1. Operatsion eskizlardan foydalanib, o’rnatuvlar bo’yicha texnologik o’tuvlar bajarilishini ratsional ketma-ketligini o’rnatamiz. Birinchi (A) o’rnatuvda yon sirt 4 kesib tushirilishi, sirt 2 yo’nish 1 yon sirtni hosil qilish bilan birga, faska 3 yo’nish, teshik 6 parmalash va faska 5 yo’nish zarur. Ikkinchi (B) o’rnatuvda yon sirt 9 kesib tushurish, sirt 7 va faska 8 yo’nish, ichki 10 sirtni yo’nish va yon 11 sirtni hosil qilish kerak.

    2. Amallar mazmuni texnologik hujjatlarga o’tuvlar bo’yicha yoziladi: texnologik o’tuv (Tex.O’) va yordamchi o’tuv (Yor.O’). O’tuvlar mazmunini aniq ifoda qilishda GOST 3.1702-79 bo’yicha qisqartirilgan yozuvdan foydalaniladi. 1.1-jadvalda ko’rilayotgan misol yozuvi keltirilgan.

    1.1-masala. Tokarlik amal uchun operatsion eskiz ishlab chiqilgan bajariluvchi o’lchamlari dopusklari bilan va ishlanuvchi sirtlarning g’adir-budurligi bo’yicha qo’yiluvchi texnik talablari berilgan (1.2-rasm). Har bir sirtga - bir marotaba ishlov berilsin. Variant no’merlari rasmda rim raqamlarida ko’rsatilgan [4].

    1.1-jadval



    O’tuv


    O’tuvning ko’rinishi

    O’tuvlarning mazmuni

    1
    2
    3

    4
    5
    6


    7
    8
    9
    10
    11
    12
    13
    14

    Yor.O’
    Tex.O’
    Tex.O’

    Tex.O’
    Tex.O’


    Tex.O’
    Yor.O’
    Tex.O’
    Tex.O’
    Tex.O’
    Tex.O’
    Tex.O’
    Yor.O’
    Yor.O’

    Tanavor o’rnatilsin va mahkamlansin 4 yon sirt kesib tushurilsin
    2 sirt yo’niilsin 1 yon sirtni hosil qilish bilan birga (2 sirt yo’nishda 2 ishchi yurish amalga oshiriladi) 3 faska yo’nilsin
    6 teshik parmalansin 5 ichki faska yo’nilsin
    Tanavor qayta o’rnatilsin 9 yon sirt kesib tushurilsin 7 sirt yo’nilsin
    8 faska yo’nilsin

    1. ichki sirt yo’nilsin

    2. yon sirt kesib tushurilsin Detal o’lchamlari nazorat qilinsin

    Detal tushurilsin va idishga taxlansin



    Talab etiladi: dastgoh turkumini ko’rsatish; tanavorni shakl va o’lchamlarini aniqlash; bazalash sxemasini o’rnatish; eskizda barcha ishlanuvchi sirtlarni no’merlab chiqish; texnologik xujjatlarga yozish uchun amallar nomlarini va mazmunlarini aniq ifoda qilish; hamma o’tuvlarning mazmunlarini to’la va qisqartirilgan shakllarda texnologik ketma-ketlikda yozib chiqish.
    1.2-rasm. Operatsion eskizlar 1.1-masala uchun Amalni nomini tuzilishini o’rnatish va uning mazmunini texnologik hujjatga yozish
    1.2-misol. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida ishlab chiqarilishi zarur bo’lgan detalni konstruktiv elementi ajratilgan detal ishchi chizmasining ko’rinishi keltirilgan (1.3-rasm).
    Talab etiladi: birlamchi berilganlarni tahlil qilish; konstruktiv elementga ishlab chiqarish turini hisobga olgan ishlov berish usulini tanlash; metallkesuvchi dastgoh tipini tanlash; amal nomini o’rnatish; to’la shaklda amal mazmunini yozish; amal mazmuni yozuvini texnologik o’tuvlari bo’yicha aniq ifoda qilish.
    Yechish. 1. Korpus chambaragida (flanesda) D = 200 mm.li aylana bo’ylab teng holatda joylashgan oltita teshik ishlanishi kerakligini o’rnatamiz.

    1. Yaxlit materialda teshiklarni parmalab tayyor qilinadi.

    2. Ishlov berish uchun radial parmalash 13-

    rasm

    Dastgohinitanlaymiz.



    1. Amalning nomi (qo’llaniluvchi dastgoh tipiga mos ravishda) – “Radial-parmalash”.

    2. Amal mazmunini to’la shaklda yozish shunday: “D = (200±0,2) mm va g’adir-budurlik

    Ra = 20 mkm ushlangan holda, d = 18H12 oltita teshiklar ketma-ket parmalansin”.

    1. Texnologik otuvlarning mazmunini to’la shaklda yozish quyidagicha:

    1 - o’tuv (yordamchi). Tanavor konduktorga o’rnatilsin va mahkamlansin.
    2 -…- 7 o’tuvlar (texnologik). D = (200±0,2) mm va g’adir-budurlik Ra = 20 mkm ushlangan holda, d = 18H12 oltita teshiklar konduktor bo’yicha ketma-ket parmalansin.

    1. - o’tuv (yordamchi). O’lchamlari nazorat qilinsin.

    2. - o’tuv (yordamchi). Tanavor tushurilsin va idishga (taraga) solinsin.

    1.2-masala. Seriyali ishlab chiqarish sharoitida detallarning konstruktiv elementlariga ishlov berish bo’yicha amallarning nomi va strukturasi o’rnatilsin (1.4-rasm). Variantlarning no’merlari rasmda rim raqamlarida ko’rsatilgan [3].

    1.4-rasm. 1.2-masala uchun amallar eskizlar


    1.3. Ishlab chiqarish turini o’rnatish
    Texnologik jarayon ishlab chiqishning muhim bosqichlardan biri bo’lib, ishlab chiqarish turini aniqlash hisoblanadi [4]. Bunda, asosiy kriteriya bo’lib, amallar bog’lanish koeffisienti xizmat qiladi.
    Kb.k = A/I, (1.1)
    bunda: A – amallar soni (bir oy muddat ichida
    bajariluvchi);
    I - ishchi joylar soni (shu muddat ichida).
    Mashinasozlik ishlab chiqarish turlari quyidagi amallar bog’lanish koeffisientlari bilan tavsiflanadi: Kb.k 1- ommaviy ishlab chiqarish; 1< Kb.k < 10 –yirik seriyali ishlab chiqarish; 10
    < Kb.k < 20 o’rta seriyali ishlab chiqarish; 20 < Kb.k < 40 mayda seriyali ishlab chiqarish; yakka ishlab chiqarish uchun Kb.k reglamentlashtirilmagan (GOST 14.004-83).
    1.3-misol. Mexanika sexining uchastkasida 18 ish joy bor. Bir oy ichida ularda 154 turli texnologik amallar bajariladi.
    T a l a b e t i l a d i: uchastkadagi amallarning yuklama koeffisientini o’rnatish; ishlab chiqarish turini aniqlash; uning ta’rifini GOST 14.004-83 bo’yicha bayon etish.


    Yechish. Bog’lanish koeffisientini 1.1 formula bo’yicha aniqlaymiz: Kb.k =154/18 = 8,56. Bizning holatda bu shuni bildiradiki, uchastkada har bir ishchi joyga o’rtacha hisobda 8,56 amal to’g’ri keladi.

    1. Ihlab chiqarish turi GOST 3.1108-74 va 14.004-83 ga qarab olinadi. Hisoblangan bog’lanish koeffisienti 8,56 chiqdi, demak u 1< Kb.k< 10 oraligida ekan, ishlab chiqarish turi yirik saeriyali bo’ladi.

    2. Seriyali ishlab chiqarish cheklangan nomli buyumlari bilan tavsiflanadi, nisbatan ularning ko’p hajmda chiqarilishi bilan birgalikda; tayyorlash esa periodik qaytalanuvchi partiya bilan olib boriladi.

    Yirik seriyali ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarishning turlaridan biri hisoblanadi va u o’zining texnik, tashkiliy va iqtisodiy ko’rsatkichlari bo’yicha ommaviy ishlab chiqarishga yaqin turadi.
    1.2-jadval (1.3-masalaning berilganlari)

    Variant №

    I

    I


    II


    V





    I


    II


    III


    X





    I-ishchi joylar soni A-amallar
    soni

    32

    1200


    1


    0


    6


    6


    5


    5

    7


    82

    8








    04

    17

    01

    4

    39










    22

    1.3-masala. Uchastkadagi ishchi joylar (I) va ularda bir oy ichida bajariluvchi texnologik amallar soni (A) ma’lum. Variantlar 1.2-jadvalda keltirilgan.


    Talab etiladi: ishlab chiqarish turini aniqlash.
    1.4-misol. O’rtacha o’lchamdagi val detalini bir yillik ishlab chiqarish dasturi № = 3500

    dona.

    Talab etiladi: 1.3-jadvaldan foydalanib ishlab chiqarish turini o’rnatish.


    Yechish. 1.3-jadvalning «O’rtacha o’lchamdagi buyumlar» grafasidagi sonlar bilan

    berilgan dasturni (№ = 3500) solishtirib, yirik seriyali ishlab chiqarish turini o’rnatamiz.
    1.5-misol. Mayda buyumlarga mansub boltlarni bir yillik ishlab chiqarish dasturi № = 420

    dona.

    T a l a b e t i l a d i: 1.3-jadvaldan foydalanib ishlab chiqarish turini aniqlash.


    Yechish. 1.3-jadvalning «Mayda buyumlar» grafasidagi sonlar bilan berilgan dasturni (№

    = 420) solishtirib, mayda seriyali ishlab chiqarish turini o’rnatamiz va h.k.
    1.3-jadval. Turli ishlab chiqarishlar uchun bir yilda tayyorlanuvchi bir xil nomdagi va tip o’lchamdagi detallar soni



    Ishlab chiqarish turi

    Og’ir mashina sozlikning yirik buyumiari

    O’rtacha o’lchamdagi buyumlar

    Mayda buyumlar

    Yakka
    Mayda seriyali O’rta seriyali Yirik seriyali
    O’mmaviy (yalpi)

    < 5
    - 100
    - 300
    -1000
    1000

    < 10
    10 - 200
    200 - 500
    500- 5000
    5000

    < 100
    100- 500
    500 - 5000
    5000 - 50000
    50000

    1.4-masala. 1.4-jadvalda turli ishlab chiqarishlar uchun buyumlarning hajimlari bo’yicha yillik dasturlari variantlari berilgan.


    T a l a b e t i l a d i: ichlab chiqarish turlarini o’rnatish.

    1.4-jadval (1.4-masalaning berilganlari)




    Variantlar №



    Og’ir mashina sozlikning yirik buyumiari

    O’rtacha o’lchamdagi buyumlar

    Mayda buyumlar

    I, II, II,
    IV, V, VI,VII VIII, IX, X

    2
    600
    80

    400
    320, 2800
    480

    70
    60000
    3500

    Download 51,83 Kb.




    Download 51,83 Kb.