• Mehmonxonalarning turlari 3
  • Mehmonxonalarni tasniflash belgilari
  • Mehmonxona binosining tipologiyasi




    Download 7.01 Mb.
    bet7/12
    Sana10.05.2022
    Hajmi7.01 Mb.
    #20627
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    diplom ishi. PARVINA
    9, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, k g 7-mavzu, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar
    1.2.Mehmonxona binosining tipologiyasi.

    Kundan – kun rivojlanib borayotgan ilmiy – texnika taraqqiyoti turar – joy va binolarini arxitekturaviy loyixalashning uslubiy, nazariy va ilmiy asoslarini o’rganmay badiiy kompozitsiyani tushunmay turib, yangi qurilish normativlarini bilmay turib loyihalash mumkin emasligini taqozo etadi. Tipologiya – turar joy va jamoat binolarining sifatli qurilish parametrlarini klimatologiya masalalari, arxitekturaviy yorug’lik, akustika va evokuatsiya masalalarini, jamiyat taraqqiyotining rivojlanib borishini, o’sha davr bilan xamnafas bo’lish, yoki nima


    qurayapmiz, qancha qanday qilib qurish kerak degan savollarga javob beradi. Tipologiya – butun mavjudot va predmetlarni kelib chiqishi va bajaradigan funksiyasiga qarab xillarga, guruxlarga va sinflarga bo’lish demakdir. Har bir tipga mansub bo’lgan predmet va mavjudotning juda ko’p o’xshash tomonlari bor. Bajaradigan funksiyasiga qarab, undan aniq maqsadlarda foydalanish mumkin.
    O’zbekiston iqtisodiyotida bozor munosabatlari ancha jo’shqin shiddatli rivojlanmoqda. Bu mehmonxona servisida band bo'lgan tijoratchilarga katta imkoniyatlar yaratmoqta. O’zbekiston bilan chet elda mehmonxona ishini tashkil etishdagi keskin tafovutlar asta-sekin yo’qolib bormoqda. O’zbekiston Respublikasining mehmonxona korxonalari mijozlarga xizmat korsatish saviyasini, xonalarning shinam va qulaylik darajasini, xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning malakasini izchil oshirib bormoqda. Insoniyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan belgilab berilgan bugungi hayot tarzining surʼati ilm-fan, biznes, hordiq chiqarish va madaniyat kabi sohalardagi integratsion jarayonlar yanada kuchayishini taqozo etmoqda. Bu esa, oʼz navbatida, belgilangan maqsadlarga eng samarali ravishda yetishish uchun imkon qadar qulay yashash sharoitlari yaratilishini talab qiladi. Ayni vaqtda, mehmonxonalar qurish va ulardan foydalanish sohasidagi milliy va xorijiy mutaxassislar mehmonxonalar sig‘imini oqilona chegaragacha oshirish kerak, aks holda ularni boshqarish juda qiyinlashishi mumkinligini qayd etmoqdalar va asosan 2000 ta joy mana shunday chegara deb hisoblanadi. Katta sig‘imli mehmonxona qurish talab etilgan hollarda odatda mehmonxona komplekslari qurishga o‘tiladi. Bugungi kunda bu funktsiyani turli qulayliklar va sigʼimga ega, turli vazifalar uchun moʼljallangan mehmonxona komplekslari bajarmoqda. Xizmat koʼrsatish darajasi yuqori boʼlgan yangi mehmonxonalardagi reprezentativ va maishiy xonalar hajmining ortishi – ular tarkibining sifatiy oʼzgarishi – odatiy holat sifatida qabul qilinmoqda, natijada, aksariyat mehmonxonalar koʼp funktsiyali konglomeratlarga aylanib bormoqda. Bu kabi konglomerat tarkibiga kiruvchi umumfoydalanish uchun moʼljallangan turli kongress xonalar, majlis va shunga oʼxshash ommaviy tadbirlarni oʼtkazish uchun zarur boʼlgan barcha sharoitlari yaratilgan toʼplam sifatida qabul qilingan. Ushbu toʼplam tarkibiga quyidagilar kiradi: konferents - zallar yoki universal turdagi zallar va ular atrofida shakllanuvchi umumiy foydalanish uchun moʼljallangan xonalar, shuningdek restoran va barlar, koʼngil ochar xarakterga ega xonalar, qoʼshib qurilgan va ochiq basseynlar, dam olish, koʼngil ochar, savdo, maishiy xizmat koʼrsatish bilan shugʼullanuvchi muassasalar uchun koʼplab xonalar va albatta, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, axborot sohasida xizmat koʼrsatishga moʼljallangan alohida majmualar . Bu kabi konglomeratni oʼz ichiga olgan mehmonxonalarning namunasi sifatida “kongress-otel” yoki “konferents otel”, shuningdek ishbilarmon kishilar uchun moʼljallangan “biznes-otel” deb nomlanuvchi mehmonxonalarni keltirish mumkin. Ulardagi jamoat qismning oʼziga xos xususiyatlaridan biri, bu majlislar, simpoziumlar va konferentsiyalar oʼtkaziladigan zallar, aloqa boʼlimlari va bank, teletayp, teleks va kompyuter xonalari, shuningdek basseyn, sauna, kegelban kabi hordiq chiqarish va koʼngil ochar xonalarning mavjudligidir. Nomerlar fondining sig'imi - mehmonxona sig'imi doimiy uxlash joylarining miqdori bilan belgilanadi. Mehmonxonalar sig'imiga qarab turli mamlakatlarda har xil tasniflanadi. Masalan, Shveytsariya va Avstriyada 100 tadan kam joygab ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 100-200 ta joyga ega mehmonxonalar o'rtacha mehmonxona, 200 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona; Chexiyada 120 tadan kam joyga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha joyga ega mehmonxonalar o'rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq joyga ega mehmonxonalar katta mehmonxona; AQShda 100 tadan kam nomerga ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 500 tagacha nomerga ega mehmonxonalar o'rtacha mehmonxona, 500 tadan ortiq nomerga ega mehmonxonalar yirik mehmonxona hisoblanadi.
    Bizning mamlakatimizda mehmonxonalar sig'imiga qarab rasman tasniflanmaydi, shu bois ularni quyidagi guruhlash taklif etiladi: 150 tagacha joyga (100 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar kichik mehmonxona, 150-400 ta joyga (300 tagacha nomerga) ega mehmonxonalar o'rtacha mehmonxona, 400 tadan ortiq joyga (300 tadan ortiq nomerga) ega mehmonxonalar katta mehmonxona hisoblanadi. Mehmonxonalarni loyihalash bilan shug'ullanuvchi memorlarning hisob-kitoblariga qaraganda, shinamligi bir xil bo'lgan mehmonxonalarda ularning sig'imi 3,3 barvar (132 joydan 440 joyga) ko'paytirilsa, har bir mehmonxona joyi uchun qurilish xarajatlari taxminan 27% ga kamayadi, nomerlar miqdori 100 tadan 400 taga (ya'ni 4 baravar) ko'paytirilsa, bu oshxona maydonini faqat 2 baravar, yordamchi xonalar maydonini esa atigi 50% ga kattalashtirishni taqozo etadi. Katta mehmonxonalarda xizmat ko'rsatuvchi xodimlar mehnatidan nisbatan oqilona foydalaniladi; mehmonxona ma'murlari, shu jumladan katta haq to'lanadigan ma'murlar soni ham qisqaradi; korxona harajatlarini kamaytirgan holda, mijozlarga ko'rsatiladigan xizmatlar sonini oshirish mumkin bo'ladi. Asosiy (nomerlar fondida ko'rsatiladigan) pullik xizmatlarga belgilangan narx-navo darajasiga qarab, mehmonxonalar:

    • byudjet mehmonxonalariga (25-35 AQSh dollari);

    • iqtisodiy mehmonxonalarga (35-55 AQSh dollari;

    • o'rtacha mehmonxonalarga (55-95 AQSh dollari);

    • birinchi toifali mehmonxonalarga (95-195 AQSh dollari);

    • apart-otellarga (65-125 AQSh dollari);

    • lyuks-otellarga (125-525 AQSh dollari) bo'linadi.

    Mijozlarning yashash muddatiga qarab:

    • uzoq muddat yashashga mo'ljallangan;

    • qisqa vaqt yashashga mo'ljallangan mehmonxonalar farqlanadi.

    Yil davomida faoliyat ko'rsatish muddatiga qarab:

    • yillik (butun yil mobaynida ishlaydigan) mehmonxonalar;

    mavsumiy (yozda, qishda ishlaydigan) mehmonxonalar farqlanadi.
    Mehmonxonalarda yashovchilarni ovqatlantirish usuliga qarab:

    • to'liq pansion bilan ta'minlovchi mehmonxonalar;

    • faqat nonushta beradigan mehmonxonalar;

    • ovqatlanishni taklif qilmaydigan (qoida tariqasida, o'z gastronomik ishlab chiqarishi, ya'ni restorani yoki boshqa korxonasi yo'qligi tufayli) mehmonxonalar farqlanadi.

    Mamlakatimizdan mehmonxonalar fondi bir turda emas. Turli davrlarda qurilgan mehmonxonalar arxitekturasi, sigʼimi, qavatliligi, jihozlanishi va uskunalari, xonalar fondining tarkibi va sifati, xonalar toʼplami va maydoni boʼyicha farqlanadi. Jahon amaliyoti bir-ikki qavatli mehmonxonalardan boshlab 40 qavatgacha bo‘lgan va undan baland mehmonxonalar qurilishini ko‘rsatadi. Mehmonxonalarning qavatliligi masalalari muayyan mamlakatdagi iqtisodiy, shaharsozlik shart-sharoitlariga, bu yerda amal qiluvchi normativ talablarga, bu mamlakatda qo‘llaniluvchi konstruksiyalar va qurilish materiallariga, binolarni qurish metodlariga bog‘liq bo‘ladi.

    Hozirda:




    • Rossiyada – 5-16 qavatli;

    • Chexiyada – 8-14 qavatli;

    • Vengriyada kichik shaharlarda – 4-5 qavatli, katta shaharlarda va kurortlarda – 6-11 qavatli;

    • Germaniyada – 8-10 qavatli;

    • Angliyada – 10-15 qavatli mehmonxonalar qurish ayniqsa keng tarqalgan.

    Mehmonxonalarning binolari qavatliligiga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi:



    • kam qavatli (1-2 qavat) mehmonxonalar;

    • qavatliligi o'rtacha (3-5 qavat) mehmonxonalar;

    • qavatliligi katta (6-9 qavat) mehmonxonalar;

    • ko‘p qavatli (1 toifa – 10-16 qavat; 2 toifa – 17-25 qavat; 3 toifa – 26-40 qavat) mehmonxonalar;

    • baland (40 dan ortiq qavatli) binolar.

    Mehmonxonalar binolarining guruhlarini belgilash uchun odamlarning yong'indan xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu chora-tadbirlar binoning memorlik-tarx, konstruktiv va muhandislik-texnologik yechimlariga ta'sir ko'rsatadi, xususan, yong'in chiqqan hollarda odamlarni evakuatsiya qilish sistemasini, signalizatsiya, tutunni aniqlash va tutunni chiqarish, o't o'chirish sistemalari miqdori va turlarini belgilaydi. Zinalar miqdoriga, umumiy koridorlar kengligiga, zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining uzoqda joylashganligiga qarab yong'inga qarshi xavfsizlik talablari qattiqlashib boradi. Yong'in xavfsizligini ta'minlash maqsadida ikki va undan ortiq qavatli milliy mehmonxonalarda zinalar ikkitadan kam bo'lmasligi tavsiya etiladi. Zina maydonchasidan yoki binodan chiqish joyidan nomer eshigining maksimal uzoqligi tartibga solinadi (nomer ikki zina oralig'ida joylashgan taqdirda 40 m gacha, nomer boshi berk koridorda yoki galereyada joylashgan taqdirda esa – 25 m gacha). Umumiy koridorlarning uzunligiga qarab ularning kengligi qabul qilinadi: umumiy koridor uzunligi 40 m gacha bo’lgan hollarda 1,6 m, umumiy koridor uzunligi bundan ortiq bo'lgan hollarda esa – 1,8 m. Umumiy koridorlarni bir-biridan uzog'i bilan 30 m oraliqda joylashgan o'zi berkiladigan, tutun o'tkazmaydigan eshikli yopmalar bilan bo'limlarga ajratish talab etiladi. Sig'imi uncha katta bo'lmagan (taxminan 50 joydan iborat) kam qavatli mehmonxonalarning binolari mamlakatimizda asosan viloyat miqyosidagi shaharlarda va shaharchalarda quriladi. Bizning mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bo’ladi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55m ni tashkil etadi.
    Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va ko’pincha uch o’rinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar miqdori nomerlar fondining 40-50% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi. Mehmonxona faoliyatini jahon tajribasida umumlashtirganda mehmonxonalarning alohida tiplarini ajratib ko’rsatish muvofiqdir. Bu ularning tarifi, sig’imi, mo’ljallangani, joylashishi, shinamligi, xizmatlar narxlar darajasi va boshqalarni birlashtiradi. Vazifasi bo'yicha (mehmonxona binolari turlari – va ularning vazifasi):

    • Umumiy;

    • Lyuks otel;

    • O’rta klass mehmonxonalar;

    • Mehmonxona apartament(apart-otel);

    • Iqtisodiy klass mehmonxonalar;

    • “Tunash va nonushta” tipidagi xususiy mehmonxona;

    • Konferents-otel, kongress-otel;

    • Sayyohlar uchun mo'ljallangan;

    • Kurort-otellar;

    • Motel;

    • Otel garnilar;

    • Kempinglar.


    12-rasm Mehmonxonalarning turlari3

    Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi. Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan gruppaviy turizm – ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan.


    Turistik mehmonxonalar shaharda, shahar tashqarisida, turistik ob’ektlar yaqinida, yaxshi tabiiy omillarga ega joylarda, ko‘pincha yashil massivlar yaqinida quriladi.
    Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda turistik xizmatlar ko’rsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar xonalari (instruktorlar turistik guruhlar bilan metodik ish olib borishi uchun) mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va mazkur marshrut bo’ylab turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq.
    Lyuks otel ushbu tip mehmonxona sig'imi bo'yicha kichik yoki o'rta korxonalarga kiradi. Odatda shahar markazida joylashadi. Yaxshi o'rgatilgan xodimlar eng talabchan mijozlarga ham yuqori darajada servis xizmati ko'satadi: konfrentsiya ishtirokchilari, ishga doir uchrashuvlar, biznesmenlar, yuqori haq to'lanadigan professionallarga, xizmat ko'rsatish turlarining maksimal imkoniyatini ichiga oladi.
    O’rta klass mehmonxonalar sig'imi bo'yicha katta lyuks otellar (400-2000 o'rin).Shahar markazi yoki chekkasida joylashadi. Yetarli darajada keng xizmatlar to'plamini taklif qiladi, narxlari joylashgan hudud darajasida yoki ancha baland. Biznesmenlar, turistlar-individuallar, kongresslar, konferentsiyalar va h.k. lar ishtirokchilarini qabul qilishga mo'ljallangan.
    Mehmonxona apartament (apart-otel) sig'imi bo'yicha bu korxona kichik yoki o'rta hajmlarda (400 o'ringacha). Nodoimiy aholili yirik shahar uchun xarakterli. Vaqtincha yashash uchun foydalaniladigan kvartira tipidagi xonalarni taqdim etadi, ko'pincha o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish asosida. Bu tipdagi mehmonxonalar narxi joylashtirish muddatiga bog'liq ravishda odatda o'zgarib turadi. Asosan uzoq muddat to'xtab o'tadigan oilaviy sayohatga chiqqan turistlar, shuningdek biznesmenlar va tijoratchilarga xizmat ko'rsatadi.
    Iqtisodiy klass mehmonxonalar kichik (150 o'ringacha) yoki o'rta (300 o'ringacha) sig'imga mehmonxonalar ega korxona. Magistrallar yakunida joylashadi. Xizmatlar to'plami cheklangan oddiy va tez xizmat ko'rsatishi bilan xarakterli. Iste'molchilarni -to'liq pansionga muhtoj bo'lmagan va iste'mol qilingan xizmat turlariga naqd xaq to'lashga intiluvchi biznesmenlar va individual turistlar. Xizmatlar uchun uncha yuqori bo'lmagan qo'shimcha foizni ko'zda tutadi.
    “Tunash va nonushta” tipdagi xususiy mehmonxonalar ushbu tip mehmonxonalar AQShda keng tarqalgan. Ular nonushta tipidagi kichik, ba'zan o'rta sig'imga ega mehmonxonalardir. Xususiy shahar chekkasida yoki qishloq joylarda joylashgan. Mehmonxona xizmatlarga odatda uy sharoitida nonushta va yengilgina kechki ovqatlanish kiradi. Mijozlar uy sharoitiga intilgan tijoratchilar va turistlardir.
    Motel avtomagistrallar bo'yida shahar qurilishlariga tutash joylashgan oddiy yoki ikki qavatli inshoot. Kichik yoki o'rta korxona (400 o'ringacha). Unga ko'p sonli bo'lmagan xodimlar bilan o'rtacha darajada xizmat ko'rsatish xarakterli. Turli toifadagi turistlar, ko'proq avtoturistlar mijozlari hisoblanadi.
    Otel garnilar mijozlarga cheklangan miqdorda xizmatlar ko'rsatuvchi korxona. Joylashtirish va qit'aga xos nonushta taklif qiladi. Alohida mamlaktlar uchun o'ziga xos korxonalar tiplari xarakterli, geografik joylanish iqlim sharoiti, boshqa qator omillar ta'siri, eng muhimi tarkib topgan talab xususiyatlari hisobga olinadi.
    Kurort mehmonxonalari bir joyda nisbatan uzoq vaqt dam olish uchun mo‘ljallanadi. Ayrim hollarda bunday mehmonxonalarda profilaktik davolanish yoki shifo olish imkoniyati ham nazarda tutilishi mumkin. Buning uchun kurort mehmonxonalarida kurortning asosiy sohasiga ko‘ra davolash-sog‘lomlashtirish binolari va xonalari quriladi, parhez ovqatlanish tashkil etilishi ham mumkin.
    Kurort mehmonxonalarida ommaviy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish binolari va xonalari tarkibi (ko’p funksiyali zallar, dam olish uchun xollar, kutubxonalar, va b.) ancha rivojlangan bo‘ladi. Ba’zan bolalar dam olishi va o‘ynashi uchun joylar, shuningdek sport inshoatlari (basseynlar, sport zallari, sport maydonchalari va b.) ham nazarda tutiladi.Kurort mehmonxonalarining nomerlar fondi asosan bir-ikki o‘rinli nomerlardan tashkil topadi. Ayrim hollarda nomerda uxlash uchun uchinchi o‘rinni (bola uchun) joylashtirish imkoniyati nazarda tutiladi. Kurort mehmonxonasida mijozlar nisbatan uzoq muddat (1 oygacha) yashaganligi uchun nomerlarda kiyim-kechak va choyshablarni saqlash uchun nisbatan katta shkaflar o‘rnatiladi.Kurort mehmonxonalari qulay tabiiy-iqlimiy sharoitlarga ega joylarda: dengiz sohilida, ko‘l yaqinida, shifobaxsh buloqlar oldida, tog‘ hududida quriladi.
    So‘nggi yillarda dam olish uchun mo‘ljallangan kurort komplekslari ko‘plab qurilmoqda. Dam olish shart-sharoitlariga har xil talablar qo‘yilishi munosabati bilan kurort komplekslari tarkibiga har xil yo‘nalishdagi, shinamlik darajasi, sig‘imi, qavatliligi ham har xil bo’lgan mehmonxonalar kiritiladi.
    Kempinglar mavsumiy foydalanish uchun mo’ljallangan «yengil» tipdagi mehmonxona korxonalaridir. Ular avtoturistlar dam olishi hamda ularning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun mo‘ljallanadi. Kempinglarda ko‘rsatiladigan xizmatlarning barcha turlari soddalashtirilgan bo‘ladi: uxlash joylari yozgi tipdagi, ko‘pincha yog‘ochdan qurilgan, isitilmaydigan binolarda yoki chodirlarda joylashadi; vanna va hojatxona asosan umumiy bo‘ladi. O‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishning har xil shakllari ancha keng tarqalgan. Ba’zan kempinglar qoshida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va avtomobillarni yengil ta’mirlash ustaxonalari bo‘ladi. So‘nggi yillarda «motel-kemping» aralash turi rivojlanmoqda. U motel hududida joylashgan kemping hisobiga yozda motel sig‘imini kengaytirish imkoniyatini nazarda tutadi.
    Turli adabiyotlarda mehmonxonalar turli mezonlar (belgilar) ga ko‘ra tasniflangan bo‘lib, keng tarqalganlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • komfortlilik darajasiga ko‘ra;

    • qabul qilish hajmiga ko‘ra;

    • funksional maqsadiga ko‘ra;

    • joylashuviga ko‘ra;

    • xizmat ko‘rsatish davomiyligiga ko‘ra;

    • ovqatlanish xizmatlari mavjudligi bo‘yicha;

    • mijozlarning turish davomiyligi va boshqa. Bularning chizmasini quyidagicha ifodalash mumkin (13-rasm)


    13-rasm. Mehmonxonalarni tasniflash belgilari

    Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga xizmatlar bozorlaridagi narx - navoga qarab mehmonxona xizmatlarini taklif qiladi. Tarixga e'tibor beradigan bo'lsak, u vaqtlarda joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi, ya'ni jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar va aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar mavjud bo'lgan. Vaqtini yo'lda o'tkazishga majbur bo'lgan odamlarda tanlash imkoniyati bo'lmagan. Bugungi kunda mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchilarga joylashtirish korxonalarining turli xil shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy klassga mansub bo'lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o'z didi va puliga qarab o'zi uchun ma'qul variantni tanlash imkoniyatiga ega. Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig'imiga, qavatlariga, konstruksiyasining tipiga, shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy), joylashgan yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo'ljallanganligiga, oziq-ovqat bilan ta'minlanganligiga, narx - navo darajasiga qarab farqlanadi. Loyihalash paytida bu omillarning barchasi hisobga olinadi va mehmonxona xonalarining tarkibiga, binoning tuzilishiga va shu kabilarga ta'sir ko'rsatadi.





    Download 7.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 7.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehmonxona binosining tipologiyasi

    Download 7.01 Mb.