• Yangi davr (XVI asr – XX asr boshi)
  • Mehmonxona Turar-joy ko’rinishidagi hostel. (Polsha Irakov) 10-11 rasm. Kapsula ko’rinishidagi hostel. (Yaponiya)
  • Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti




    Download 7.01 Mb.
    bet6/12
    Sana10.05.2022
    Hajmi7.01 Mb.
    #20627
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    diplom ishi. PARVINA
    9, ANVAR MAMATMUMINOV, marketing, k g 7-mavzu, Mustaqil ish bajardi Tekshirdi-www.fayllar.org, Yurak ishemik kasalligi (Yu. I. K)-fayllar.org, Economic theory - lecture 8 (1), 24, 2017. Askarova A.Sh.СОВРЕМЕННАЯ, 14-yanvar
    Raboti Malik Shoh raboti -Oʻrta Osiyodagi qoraxoniylar turkiy sulolasi vakili Shamsalmulk tomonidan qurilgan monumental meʼmoriy yodgorlik (taxminan 1069—79). Qadimgi Buxoro — Samarqand yoʻlining Choʻli Malikdagi yirik chegara va savdo bekatida bunyod etilgan. Katta karvonsaroy, hozirgi Navoiy shahri yaqinida. Bizgacha uning faqat peshtoq qismi (diametri — 12,6 m.) saqlangan. Jan. minorasi (balandligi 5,5 m) 1930-yilgacha mavjud boʻlgan. P.M. karvonsaroy vazifasidan tashqari, istehkom, qoʻrgʻon sifatida ham muhim rol oʻynagan. Rabot katta keng hovli (22,5x22,5 m) va atrofi oʻralgan 2 qavatli xona-hujralardan iborat boʻlib, ularga sopol quvurlar orqali suv oʻtkazilgan. Markaziy qismi toʻridagi muhtasham saroy oldi bir qatorli ravoqli ayvon (7,5x13 m) 2 qanotiga joylashgan. 20 ta gʻishtin ustun ishlangan. Unga janubdagi peshtoqli darvoza orqali kirilgan. Atrofi qalin devorlar bilan oʻralgan (jan. va shim. balandligi 2,35 m, gʻarb va sharqiy qismi 1,5 m, uz. 84–86 m, old devor balandligi 12 m ga yaqin). Maydonga qaragan janubiy tarzi oʻrtasidagi ulkan peshtoq (boʻyi 18 m, eni 12 m) Oʻrta Osiyoda eng qad. boʻlib, 8 qirrali yulduzlar, turli handasiy shakllar mavjud. Ikki chekkasida burj boʻlib, ular oʻzaro baland devor bilan ulangan. Devor oʻrtasida piltavor burjlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bogʻlangan. Devor yuqorisi gʻishtin kufiy xatlar bilan hoshiyalangan. Burjlar tepasida ravoqli koʻshk boʻlib, undan atrofni kuzatish qulay boʻlgan. Koʻshk ostida ganchdan yasalgan ikki qator yirik sharafa va kufiy xat halqasi koʻzga tashlanadi. Rabot devorlarining oʻzagi xom gʻishtdan (28x28x6,5 sm) terilgan, sirti pishiq gʻishtdan (24x24x4 sm) ishlangan. Bezaklari, asosan, gʻishtin, oz miqdorda oʻyma ganch naqshlar ham uchraydi.


    Yangi davr (XVI asr – XX asr boshi)
    XVI asrda dastlabki qahvaxonalar ochildi. Ular o‘sha davr madaniy va adabiy hayotining markazlariga aylandi. g‘arbiy Yevropada qahva va choy kabi ekzotik ichimliklarning tarqalishi qahvaxonalarning paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratdi. Yevropada dastlabki qahvaxonalar 1652 yili Londonda va 1683 yili Venada ochildi. Xususan, Venada birinchi marta asal va sut qo‘shilgan qahva taklif qilindi. XVII asr oxiriga kelib Yevropa qit’asida qahvaxonalar ancha keng tarqalgan hodisaga aylandi. Yirik shaharlarda ularning soni bir necha o‘ntaga yetar edi. 1553 yilda Parijda birinchi restoran – «Tur d’Arjan» restorani ochildi. Bu restoran keying ikki asr mobaynida o‘ziga xos muassasa bo‘lib qoldi, chunki uning yagona funksiyasi faqat ovqatlantirishdan iborat edi. «Restoran» atamasining o‘zi keyinroq , XVIII asrning ikkinchi yarmida muomalaga kirdi. Janob Bulanjening Parijdagi tunu-kun ishlaydigan tavernasida asosiy taom hisoblangan sho‘rva «restorantes» (fransuz tilida «quvvatbaxsh, tiklovchi» degan ma’noni anglatadi) deb atalar edi. 1789-1799 yillardagi Buyuk fransuz inqilobi davrida fransiyalik mashhur oshpazlar boshqa davlatlarga chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. Yangi joyda ular restoran biznesi bilan shug‘ullandilar. Natijada restoran g‘oyasi butun dunyoga tarqaldi. XIX asr o‘rtalaridan «a la carte» (a lya kart) menyusidan foydalanila boshlandi. Mijoz taklif qilingan ro‘yxatdan o‘ziga ma’qul taomni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. 1898 yilda Londonda «Savoy» mehmonxonasi ochildi. Uning boshqaruvchisi Sezar Rits (hozirda Rits- Karlton mehmonxonalari uning nomi bilan ataladi), bosh oshpazi esa – Jorj Agyust Eskofe edi. Bu ikki odam mehmonxonalar qoshida restoranlar tashkil etishda chinakam inqilob sodir etdi. Eskofe o‘z davrining buyuk kulinarlaridan biri edi. U kulinariya bo‘yicha nashr etgan ma’lumotnoma hamda oshxonada joriy etgan brigade pudrati bilan dong taratdi. Mehmondo‘stlik korxonalarining rivojlanishida AQSH alohida o‘rin tutadi. Tarixchilarning fikricha, birinchi karvonsaroy bu yerda Yevropadan ancha keyin, 1607 yilda paydo bo‘lgan. Dastlabki tavernalardan biri 1634 yili Bostonda ochildi. 1642 yilda Nyu-Yorkda (o‘sha davrda u Yangi Amsterdam deb atalar edi) tavern gollandlar tomonidan ochildi. Shu davrdan boshlab tavernalar jamiyat hayotining markaziga, askarlar va tijoratchilar uchrashadigan joyga aylandi. Ular nafaqat shaharlarda, balki katta yo‘llar yoqasida, ayniqsa, chorrahalarda ravnaq topdi. Nyu-Yorkning Brodvey ko‘chasidagi 70 xonali «Siti-otel» qo‘shma Shtatlarda ochilgan birinchi mehmonxona bo‘ldi. Bu muhim hodisa 1794 yilda sodir bo‘ldi. 1829 yilda Bostonda «Tremont» mehmonxonasi – AQShdagi birinchi klassli, koridor xizmatchilari, registratura (resepsiya) ga ega, nomerlarning eshiklari qulflanadigan va hatto mehmonlarga bepul sovun beriladigan ilk mehmonxona ochildi. Bu AQShda mehmonxona bumi boshlanishiga turtki berdi. Sharqiy qirg‘oq shaharlarida, so‘ngra g‘arb va Janubda ko‘plab mehmonxonalar ochildi. XIX asr oxiriga kelib bu yerda mehmonxonalarning ikki turi – katta, hashamatli, shinam mehmonxonalar hamda kichkina, eskirgan , arzon narxda xizmatlar taklif qiluvchi mehmonxonalar tarqalgan edi. 1831 yilda Nyu-Yorkda ochilgan mashhur «Delmoniko» restorani AQShdagi birinchi restoran hisoblanadi. O‘sha davrda AQShda restoran ishining rivojlanishiga fransuz an’analari katta ta’sir ko‘rsatdi. 1852 yilga kelib AQShning birinchi klassli har bir mehmonxonasi o‘z fransuz bosh oshpaziga ega edi. Menyu ham an’anaga ko‘ra fransuz tilida yozilardiki, bu ingliz zabon mijozlar uchun muayyan qiyinchiliklar tug‘dirardi. «Delmoniko» restoranining sohiblaridan biri Jon Delmonikoning sa’y-harakati bilan birinchi marta ikki tilli menyu joriy etildi. Unda taomlarning fransuz va ingliz tilidagi nomlari qarama - qarshi joylashtirilgan edi. Bu an’ana saqlanib qoldi va yillar o‘tib butun jahonda keng tarqaldi. XIX-XX asrlar chegarasida mehmondo‘stlik sanoati muhim tarmoqqa aylandi. Mehmonxona birlashmalari, sindikatlar, aksiyadorlik jamiyatlari, korporatsiyalar mehmonxonalar qurish, kadrlar tayyorlash, narxlarni belgilash masalalari bilan shug‘ullana boshladi. XX asr boshida faoliyat ko‘rsatgan bunday uyushmalar orasida London mehmonxonalar sohiblari sindikati, Fransiya «Mehmonxona sohiblari uyushmasi»ni qayd etish mumkin. 1906 yilda jahonning turli mamlakatlarida joylashgan 1700 mehmonxonani birlashtirgan Mehmonxonalar sohiblari xalqaro uyushmasi tashkil topdi.
    Inson uchun dam olish zarurati eng muhim zaruratlardan biri hisoblanganidek, dam olish borasida insonlarning qarashlari turlichadir. Kimdir tinch va sokinlikda yolg’izlikni xush ko’radi. Kimdir do’stlar davrasida musiqa va o’yin kulgu bilan o’tkazishni xush ko’radi. Yan bir toifa vakillari bor, ular tabiat qo’ynida sayohat qilib o’zlari tayyorlagan ovqatlardan lazzatlanishni, yoki diqqatga sazovar go’shalarni aylanib ma’naviy ozuqa olishni xush ko’radi. Qisqa qilib aytganda sayohatchi dam oluvchilardir. Lekin sayohat qilib dam olish haqida gap ketganda, hammaga birdek mos keladigan narsani tanlash juda qiyin. Sayohatga chiquvchi insonlar orasida okeandagi qimmatbaho mehmonxonani tanlashni afzal ko'rganlar bor va kimdir pulni tejashni va ko'proq byudjet variantini tanlashni xohlaydi. Agarda sayohat uzoq muddat davom etadigan bo’lsa byudjet muammosi sayyohlarni arzon mehmonxonalarga va hostellarga murojot qilishga undaydi. Hostellar, ko'pincha, sayyohlar uchun juda qulay bo'lgan shahar markazida joylashgan bo’ladi. Bunday "dam olish markazi" ga borish oson va qulay bo'ladi. Shuning uchun, sayyohlar arzon turar-joy binolari sifatida hostellarga murojat qiladi. Hostellar nafaqat turar joy, balki qiziqarli tanishlar, muloqot kabi butunlay boshqa dam olish imkoniyatini taqdim etadi. Hostellarda sakkiz kishilik xonalar bilan bir qatorda, o'z dushi bilan ajoyib bir va ikki kishilik xonalar mavjud va ularning ba'zilari mehmonxonalar bilan raqobatlasha oladi. O’z o’rnida hostellarning kelib chiqish tarixiga bir oz nazar tashaymiz. Birinchi hostellar yyеvropada aniqrog’ aytadigan bo’lsak Germaniyada paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Germaniyada sayyohlar uchun foydali bo'lgan hosteller kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Kambag'al yosh sayohatchilar uchun arzon mehmonxona g'oyasi birinchi marta nemis o'qituvchisi Richard Shearmanda paydo bo’di. Bu ajoyib g’oyaning dastlabgi ko’rinishi 1912-yildada, yеvropada Altena shahrida qadimgi qal'ada binosida namoyon bo’lgan. Bu hostel har bir tashrif buyuruvchi kishilarda olam-olam ajoyib ta’surot qoldira boshlagan. Shu tariqa hostellarning keyingi davda rivojlanishiga asos bo’lgan.

    Hostel (inglizcha hosteli "hostel") - mehmonlarni qisqa yoki uzoq muddatli turar joy bilan ta'minlaydigan, odatda xonada qo'shimcha qulayliklarsiz bo’lgan yotoqxonalar tushuniladi.


    Hostelning afzalliklari:

    • turar joy narxi har qanday mehmonxonadan va kvartiradan arzonroq;

    • yangi tanishlar, turli mamlakatlardan kelgan sayyohlar bilan muloqot;

    • shaharda katta raqam, turli tanlov;


    Hostelning kamchiliklari:

    • Hostelda tashrif buyurish va tark etish vaqti soat ertalab 5 dan kechki 11 gacha. Bu esa yashovchi mehmonlarni bezovta qilishi aniq.

    • Shaxsiy makonning buzilishi.

    • Birgalikda dush va tualetdan foydalanishingiz kerak bo'ladi, ba'zida xonada yorug'lik ham muammo bo’ladi.

    Hostel ikki turga bo'linishimiz mumkin:





    • uy-joy binolari ko’rinishidagi hostellar

    • kapsula turdagi hostellar.

    Ushbu turga mansub hostellar kam va ko’p qavatli turar-joy binolarining ma’lum bir qavatlarida ochilashi mumkin. Yoki turli qavatlarida joylashgan bo’lishi mumkin. Bu to’g’risida kengroq tushuncha hosil qilish uchun, xorij tajribasi misolida ko’rib chiqsa bo’ladi.





    8-9 rasm. Mehmonxona Turar-joy ko’rinishidagi hostel. (Polsha Irakov)




    10-11 rasm. Kapsula ko’rinishidagi hostel. (Yaponiya)

    Kapsula turdagi hostel, kapsula - mehmonxonalardan farq qiluvchi sayyohlar uchun turar joy turidir. Kapsula g'oyasi Yaponiyada bir necha o'n yillar oldin kashf etilgan kapsula mehmonxonalaridan olingan. Kapsula, silindr yoki parallelepiped shaklida ajratilgan yotoq bo'lib, uning hajmi bir yoki ikki kishi uchun mo’ljallangan bo’ladi. Ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin. Odatda, kapsulalarning uzunligi ikki metrdan ortiq va kengligi bir metrdan ortiq, bu hatto baland bo'yli odamni ham joylashtirish uchun yеtarli bo’ladi. Hostel va Kapsulalarning o’ziga xos jihatlari: hostellarda-umumiy yashash xonasi, mustaqil ravishda pishirish imkoniyati bo'lgan oshxona, umumiy hammom mavjud va qo'shimcha xizmatlar mavjud b’lishi mumkin. Kapsula esa faqat bir kishi uchun yashga mo’ljallan kichik joy. Bizning mamlakatimizda kapsulalarga qaraganda ko’proq hostellarga ehtiyoj mavjud.





    Download 7.01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 7.01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston badiiy akademiyasi kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti

    Download 7.01 Mb.