|
Asosiy vositalarini ijaraga olish hisobi
|
bet | 1/2 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 346,49 Kb. | | #106989 |
Bog'liq ASOSIY VOSITALARINI IJARAGA OLISH HISOBI.
ASOSIY VOSITALARINI IJARAGA OLISH HISOBI
Annotatsiya: Tarixchilarning ma’lumotiga ko’ra, ijara (lizing) kelishuvlari haqida birinchi bor
1066 yillardagi tarixiy asarlarda ma’lumotlar keltirilgan. Unga ko’ra, Vilgelm Britaniya orollarini egallash uchun Normandiyaliklardan kemalarni lizingga olgan. Ushbu tarixiy tajribalar asosida ikki asrdan so’ng, 1248 yilda birinchi rasmiy lizing kelishuvi ro’yxatga olindi, salibdorlar navbatdagi yurishga tayyorlanish asnosida shu yo’l bilan harbiy qurolaslaha va kiyim-kechakka ega bo’lganlar. “Lizing” atamasi inglizcha “to lease” so’zidan olingan bo’lib “ijaraga olish” degan ma’noni bildiradi. Mazkur atamani iktisodiy muoamalaga kirib kelishi, “Bell” telefon kompaniyasi bilan bog’liq. Ushbu kompaniyaning rahbariyati 1877 yilda o’zining telefon apparatlarini sotmasdan, lizingga berish haqida qaror qabul qilgan edi. Ammo, asosiy faoliyatini lizing operatsiyalari tashkil etuvchi birinchi kompaniya 1952 yilda Amerika Qo’shma Shtatlarida tashkil etilgan “United States leasing Corporation” kompaniyasi hisoblanadi.
Lizing operatsiyalari bo’yicha hisob-kitobni tashkil qilish. Hozirgi vaqtda amaliyotda lizing operatsiyalari bo’yicha hisob-kitoblarning quyidagi shakllari qo’llaniladi: - hujjatlashtiriladigan akkreditiv; - inkasso; - bank o’tkazmasi; - ochiladigan hisob varaq; - bo’nak to’lovi.
Moliyaviy ijarada moliyaviy ijara obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan bog‘liq barcha risklar ijarachiga (lizingga oluvchiga) o‘tkaziladi. Bunda, lizing bo‘yicha ijaraga olingan mol-mulkning tasodifan nobud bo‘lishi yoki tasodifan buzilishi xavfi, agar lizing shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing oluvchiga bu mol-mulkni topshirish paytida o‘tadi. Ijarachining (lizingga oluvchining) buxgalteriya hisobida moliyaviy ijara aktiv va majburiyat sifatida moliyaviy ijara muddati boshlanishidagi moliyaviy ijara obyektining joriy qiymati yoki minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha, agar u past bo‘lsa, tan olinishi lozim.
Agar ijarachi (lizingga oluvchi) ijara (lizing) obyektini uni sotib olish sanasidagi joriy qiymatidan past narxda sotib olmoqchi bo‘lgan hollarda, minimal ijara (lizing) to‘lovlari barcha ijara (lizing) muddati davomidagi ijara (lizing) to‘lovlari va ijara (lizing) shartnomasida ko‘zda tutilgan ijara (lizing) obyektini sotib olish summasidan tashkil topadi.
Minimal ijara (lizing) to‘lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil bo‘lib moliyaviy ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi, agarda uni aniqlash imkoniyati bo‘lsa, aks holda ijarachining (lizingga oluvchining) qarz kapitali bo‘yicha o‘sib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.
Moliyaviy ijara muddatining boshlanish paytida ijarachi (lizingga oluvchi) va ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi) ijara (lizing) to‘lovlarini to‘lash jadvalini (tartibini) kelishib oladi va unda ijaraga (lizingga) beruvchining foizli daromadi, moliyaviy ijara obyektining qiymatini qoplash bo‘yicha majburiyatlar va ularning moliyaviy ijara muddati davomida taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Ijarachining (lizingga oluvchining) moliyaviy ijara obyektini yaxshilash (obodonlashtirish, qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va shunga o‘xshash boshqa) xarajatlari moliyaviy ijara obyekti qiymatini ko‘paytiruvchi kapital quyilmalar sifatida aks ettiriladi.
|
| |